Andijon viloyati soliq boshqarmasi
857 subscribers
4.38K photos
1.09K videos
75 files
3.82K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_hisobotlari

QQS hisoboti 3-ilovasi quyidagi 2 ta satr bilan to‘ldirildi
(paket kodi -10006_33)

▪️Bojxonada soliq davrlari bo‘yicha to‘langan jami QQS (joriy to‘lovlar) – 0101
▪️Bojxonada kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilgan QQS – 0102.

🔹0101-satrda soliq to‘lovchi tomonidan bojxonada 2022-yilda to‘langan soliq summasi;
🔹0102-satrda bojxonada kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilgan soliq summasi bojxona organlaridan olingan maʼlumotlarga asosan avtomat shakllanadi.

❗️QQS hisobotining 3-ilovasi *0609-satrida olib kirilgan (import qilingan) tovarlar uchun bojxonada kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan bo‘lsa, ushbu tovarlar bo‘yicha budjetga to‘lanmagan soliq summasi bojxona organlaridan olingan maʼlumotlarga asosan o‘sib boruvchi tartibda avtomat aks etadi hamda jami hisobga olinadigan QQS summasi kamayadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasini hisobga olish orqali hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga haqli.
👉Soliq kodeksi 266-modda

*0609-satrSoliq kodeksining 266-moddasiga asosan to‘lanmagan soliqlarni hisobdan chiqarish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Soliq hisoboti shakllari Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 20-aprelda 3221-4 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi

👉 Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar
_________

#налоговая_отчетность

Формы налоговой отчетности зарегистрированы Министерством юстиции 20 апреля 2022 года №3221-4

👉Инструкции по заполнению налоговой отчетности

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti to‘ldirildi

“Aylanmadan olinadigan
soliq hisob-kitobi” (paket kodi - 10104_27) ilovasiga 2 ta ustun qo‘shildi:

▫️Elektron tijorat
▫️Turizm hududida xizmat ko‘rsatish faoliyati

Mazkur ustun ko‘rsatkichlari 4-ilova “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi”ga asosan avtomat to’ldiriladi.

Bunda elektron tijorat bilan shug‘illanuvchi soliq to‘lovchilarga Elektron tijorat milliy reestriga kirish majburiyati bekor bo‘ldi.

Yangi 4-ilova – “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi” quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
010-satr - Elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi mustaqil to‘ldiriladi;
020-satr - Turizm hududida umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining jami summasi. Mazkur satr summasi 0201-satr va 0202-satr yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
0201-satr - joriy soliq davrining I-choragida soliq solinadigan jami daromad (mart oyi hisob-kitobining 050-satri) mustaqil to‘ldiriladi.
0202-satr - faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari Mazkur satr summasi 02021-satr va 02026-satr - yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
02021-satr - Mehmonxona (joylashtirish) xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02022-satr - Savdo xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02023-satr - Umumiyovqatlanish xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02024-satr - Ko‘ngilochar xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02025-satr - Turoperator xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02026-satr - Turagent xizmati mustaqil to‘ldiriladi.

010-satri raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi;

0201, 02021-02026-satrlarida 27.01.2022-yildagi PQ-104-son qaror bilan belgilangan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2022-yil 1-apreldan keyingi daromadlari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, AOS hisobotining “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” 2-ilovasiga qo‘lda to‘ldiriladigan quyidagi ustunlar qo‘shildi:
0208-satr - moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati mustafil to‘ldiriladi.
0209-satr - ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga berilgan tovarlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.
0210-satr - O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar mustaqil to‘ldiriladi.
0211-satr - Yordamchi pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.

📹Aylanmadan olinadigan soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS #soliq_hisobotlari

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_hisobotlari #AOS

17-fevral – AOS hisobotini taqdim etish va to'lashning oxirgi kuni

▫️2024-yil uchunpaket kodi 10104_33
▫️2025-yil yanvar oyi uchun paket kodi 10104_35

AOS hisoboti onlayn-NKT va EHF ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

📱 Videoqo‘llanma

Asosiy soliq stavkasi 4% saqlanib qoldi, elektron savdo uchun bu stavka 3% bo‘ldi.

Chakana savdo sohasida va dorixona tashkilotlari uchun stavkalar faoliyatni amalga oshiradigan joyiga bog‘liq.

Soliq to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada to‘lash huquqiga ega:
📉yillik jami daromadi 500 mln so'mgacha – yiliga 30 mln so‘m;
📈yillik jami daromadi 500 mln so‘mdan yuqori - yiliga 40 mln so‘'m.

Qat’iy summada aylanmadan soliq to‘lovchilar ushbu soliq bo‘yicha, dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha va moliyaviy hisobotlarni topshirmaydilar.
__________
#налоговая_отчетность #налог_с_оборота

17 февраля -
последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота

▫️за 2024 год - код пакета 10104_33
▫️за январь 2025 года - код пакета 10104_35

Отчетность по налогу с оборота по-прежнему формируется автоматически на основании данных онлайн-ККТ и ЭСФ.

📱 Видеоинструкция

Основная налоговая ставка сохранилась в размере 4%, а для электронной торговли стала 3%.

В сфере розничной торговли
и для аптечных организаций налоговые ставки зависят от места осуществления деятельности.

Налогоплательщики вправе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме:
📉с совокупным доходом не более 500 млн сумов - 30 млн сумов в год;
📈с совокупным доходом свыше 500 млн сумов - 40 млн сумов в год.

Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме не сдают отчетность по этому налогу, по доходам в виде дивидендов, а также финансовую отчетность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM