Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Андижон вилоятига ташрифи Бўстон туманидан бошланди. Бу ерда давлат раҳбари “Сайёра фаввораси” масъулияти чекланган жамияти томонидан ишга туширилган тўқимачилик корхонаси билан танишди.

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Андижанскую область началась с Бустанского района. Здесь глава государства ознакомился с текстильным предприятием общества с ограниченной ответственностью «Сайёра фаввораси».

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳрихон туманидаги “Elegant shoes and” корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия “Elegant shoes and” в Шахриханском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#imtiyoz

🔴Ipoteka krediti asosida uy-joyga muhtojlar uchun kvartira olganman. Kredit toʻlovi summasi har oy ish haqimdan ushlab qolinyapti. Oylik ish haqidan ipoteka krediti toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyozlar beriladimi?

Boshlangʻich toʻlovi va kredit foizlari davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari JSHODSdan ozod etilgan.

Bunda, kredit yosh oila uchun ajratilgan boʻlsa, soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar, subsidiya boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-bandi

Prezidentimizning 22.11.2016-yildagi PQ-2660-son qaroriga asosan, “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi” doirasida kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka krediti va hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan jismoniy shaxs (qarzdor)larning, shuningdek ularning oila aʼzolarining (er-xotin, turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va bolalari) soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarini JSHODSdan ozod qilish 2021-yil 1-yanvardan bekor qilingan.
👉PF-6011 2-ilova 7-band 19.06.2020-y

Shundan kelib chiqib, 01.01.2021-yildan PQ-2660-son qaroriga asosan olingan uy-joy uchun ajratilgan ipoteka kreditlari va foizlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlarga soliq imtiyozi qoʻllanilmaydi.

*mehnatga haq toʻlash eng kam miqdori – 80 baravar x 920 000 =73,6 mln soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Xususan:

🔸AOS stavkasi unifikatsiya qilinganligidan kelib chiqib, mazkur soliq hisobotining hisob-kitob shaklidagi faoliyat turlari qisqartirildi;

🔸4 va 5-toifa hududlari ham faoliyat turi qatoriga qoʻshilib ushbu toifalar tanlanganda stavka avtomat oʻzgaradi;

🔸AOS hisob-kitobi 2-ilova 0204-satridan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlarning jami daromad ulushidagi 15%lik chegara olib tashlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Savol_javob

🔵O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga 2023-yil 1-yanvardan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan, jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati bo‘yicha talab bekor qilingan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki hozirda 73,6 mln so‘m) oshirildi.

Shundan kelib chiqqan holda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab o‘z daromadlaringizni ipoteka kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltirgan taqdiringizda, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 80 baravarigacha (yoki hozirda 73,6 mln so‘m) bo‘lgan daromadlar summasiga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq summasidan ozod qilinish huquqiga ega hisoblanasiz.

Sizning holatingiz bo‘yicha ushbu imtiyoz 2021-2022 yillar uchun tadbiq etilmasligi eslatib o‘tiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|