Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#QQS

QQS hisobotining 3-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (Bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

🔸Norezident jismoniy shaxslar daromadi hamda ularga hisoblangan daromad soligʻi summalari hisobotning 5 va 6-ilovalarida koʻrsatilayotgani sababli hisob-kitobning 014-satri va 4-ilovasi chiqarib tashlandi;

🔸Norezidentlarning xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan oladigan (fraxtdan) daromadlariga 6% soliq stavkasini qoʻllash uchun mazkur daromadning imtiyozli qismi hisobotning 2-ilovasi (0611 – 0619-satrlari) da koʻrsatiladi;

🔸Ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi boʻyicha hisoblanadigan soliq bazasi (040-satri 6-ustun) va soliq summasi (060-satri 6-ustun) hisobot 1-ilovasining 040-satridagi summa asosida avtomat shakllanadi.
▫️Hisobotning 1-ilovasi 0401-0410-satrlarida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari boʻyicha imtiyoz summasi (mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar) va soliq summasi koʻrsatiladi;

🔸Hisobotning 070-satrida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha hisoblangan JSHODS aks ettiriladi. Joriy yildan mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan soliq summasi (070 va 071-satr yigʻindisi) soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi (186-kod)da alohida shakllanadi. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobotning 5-ilovasi 7-ustunida koʻrsatiladi.

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining yangi paket kodi: 11101_16

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Bilasizmi

🚫2023-yil 1-apreldan QQS bo'yicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi

🔹Byudjet mablag'lari hisobidan ko'rsatiladigan geologiya xizmatlari bo'yicha aylanma

🔹Pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo'yicha aylanma

🔹Byudjet mablag'lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va Innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo'yicha aylanma

🔹2023-yil 1-iyuldan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo'riqlash bo'linmalari xizmatlari

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Hurmatli soliq toʻlovchilar!!!

2023-yil yanvar oyidan boshlab Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)ning (46-kod) hisobot shakli oʻzgarganligi sababli, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi (186-kod) uchun yangi shaxsiy hisobvaraqasi ochildi.

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti taqdim etilganda, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi uchun tegishli soliq kodi hamda gʻazna hisobraqami avtomat shakllanadi.

Mazkur soliq turi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limi so‘ngra “Soliq turlarini yangilash” tugmasi bosiladi.

Agarda soliq toʻlovchi, hisobot taqdim etmasdan, toʻlovlarni amalga oshirmoqchi boʻlsa, mazkur soliq kodini (186-kod) ochish uchun soliq organiga murojaat qilishi lozim (bog‘lanish uchun telefon raqamlari “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” xizmatida mavjud).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi

📃“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.

🔹Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

🔹 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.

🔹 Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.

🔹 Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#AOS

Andijon viloyatida 3,4 ming nafardan ortiq AOS to‘lovchi qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

2023-yilning dastlabki oyida viloyatida faoliyat yuritayotgan 3 462 ta aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdilar:

2 838 ta subyekt - 20 million so‘mlik,
624 ta subyekt - 30 million so‘mlik tartibni tanladilar.

Ta'kidlash joiz, ushbu tartib tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

🔹soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

🔹bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

🔹tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qarori bilan tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi

Endilikda vositachi shartnomasi asosida tovar (xizmat) realizatsiyasini amalga oshiruvchi komitentlar komissioner tomonidan chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashi mumkin (bunda komitent shaxsiy kabinetida vositachini (komissioner) ro'yxatdan o'tkazgan bo'lishi lozim).

Soliq to‘lovchilar yangi imkoniyatdan my3.soliq.uz portali shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limida test rejimida foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, my.soliq.uz sayti “Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti”dagi “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limining bir qator menyulari my3.soliq.uz saytida joriy qilindi.
Jumladan:
▪️tadbirkorlar tomonidan onlayn-NKM (virtual kassa) hamda Marketpleys orqali shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish;
▪️vositachi tomonidan shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish.

📌Ma’lumot uchun, my.soliq.uz saytidagi onlayn nazorat-kassa texnikasi xizmatlari bosqichma-bosqich my3.soliq.uz saytiga o‘tkaziladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishchi_guruh

Davlatimiz rahbarining Andijonga tashrifi davomida ijtimoiy soha muassasalari isitish tizimini Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etish bo‘yicha Andijon tajribasi bilan tanishish maqsadida Qoraqolpog‘iston Respublikasi moliya vaziri va viloyatlarning moliya boshqarmasi boshliqlari hamda soliq boshqarmasi boshlig'ining o‘rinbosarlari tashrif buyurdilar.

Tashrif jarayonida qator ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Bo‘ston tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan bo‘lib, obyektlar Turkiya texnologiyasi asosida "Kozlusan" isitish tizimi bilan ta’minlangan.

Shuningdek, "Yangi Andijon" massivida qurilgan ko‘p qavatli uylar hamda Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarni "Hayot maktabi"ga tayyorlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha Andijon tajribasi bilan tanishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|