Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Andijon_tumani

#Sayyor_qabul

Yangi O’zbekistonda har bir fuqaro davlat e’tiborida.

Islohotlar quruq raqamlarda emas balki, eng avvalo aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro'zg'orida o'z aksini topishi zarur.

Viloyat 4-sektor rahbari hamda Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbar xodimlari mazkur tumandagi aholi bilan uchrashuv o’tkazib ularni qiynab kelayotgan fundamental savollariga asosli javoblar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori ijrosi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Andijon tumani 4-sektor rahbari o’ziga biriktirilgan 18 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o’tkazilib, yetakchilar faoliyati yaqindan o’rganildi.

Yoshlar yetakchilariga mahalllarda yoshlarning muammolarini yechishda Vazirlar Mahkamasining 250-son qarori talablarida asosida “Yoshlar daftari”ga kiritish orqali muammolariga yechim topish va ularni doimiy banligini ta’minlash topshirig’i berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Barcha islohotlar xalqimiz uchun

Andijon tumani 4-sektor hududidagi Do’ngqishloq MFY “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo’lib, Yondama, Hamkor, Yoshlik ko’chalarida jami 6 km ichki yo’llar asfaltlashtirish rejalashtirilgan. Hozirda 2 ta ko’chada asflatlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Ma’lumki, iyul oyi Andijonda “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida Andijon tumani 4-sektor rahbari 55-o’rta ta’lim maktabida yoshlar bilan muloqot o’tkazdi.

Muloqotda, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yo’naltirish ular o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish masalalari ko’rildi. Uchrashuv jarayonida sektor rahbari tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish choralari belgilandi. Yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni daromadlarini oshirish hozirgi dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Yoshlar o’zlari qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar oldilar. Ishlash istagidagi yoshlar ro’yhatlari o’sha joyda shakllantirib, nazoratga olindi.

Yig'ilish so'nggida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 8 nafar yoshga avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o'quv kurslari xarajatlari uchun - 9 600 000 so'm, 1 nafar yoshga oliy ta'lim muassasasi to'lov kontrakti uchun - 1 500 0000 so'm, 15 nafar yoshga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o'tash badali uchun 85 500 000 so'm, jami 96 600 000 so'm pul mablag'lari to'lab berilganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Mahallalarimiz kundan kun chiroy ochmoqda…

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “2022 – 2026-yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan Andijon tuman 4-sektorida Do‘ngqishloq va Sadda tagi mahallalari Obod mahalla dasturiga kiritilgan.

🏗 Bugungi kunda ushbu mahallalarni me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Andijon tumani Sadda tagi mahallasi "Obod qishloq davlat dasturi"ga kiritilgan bo‘lib, mazkur mahalla o‘zgacha chiroy ochmoqda. Mahalla ahli chin ma’noda shukronalik keltirmoqda.

🏡 Bundan tashqari mahallada turkiya texnologiyasi asosida yig‘ma uylar ham qurib bitkazilmoqda.

Rasmlarda mahallaning oldingi va hozirgi holatini ko‘rishingiz mumkin...

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

AYOLLARGA KO‘MAK BERILDI

Bugungi farovon hayotimiz va ertangi kelajagimiz ayollarimizga bog‘liq. Ayollar uchun munosib sharoitlar yaratish ularni ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon tumani 4-sektor hududidagi Sadda tagi MFYda yashovchi kam daromadli, yolg‘iz onalarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

Jumladan, Nargiza Qurbonova, Kamola Toshmatova, Dildora To‘polonova, Mohigul G‘ofurova va hamda Odinaxon Rasulovalar istaklariga ko‘ra tikuv mashinalar yetkazildi. Ularni ishini rivojlantirish maqsadida tumanda faoliyat olib borayotgan tekstil korxonasi tomonidan tikuvchi master biriktirib berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_shukronasi
#Andijon_tumani

Andijon tumani 4-sektor hududidagi Sadda tagi MFYda eng ulug', eng aziz ayyom shukuhi fuqaro Shohida Otaboyeva e'tirofida...

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sahovat_va_komak
#Andijon_tumani

Keyingi manzilimiz Andijon viloyatida 2-toifaga kiruvchi Andijon tumani bo'ldi. Hududning 4-sektoridagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi hamda ularning farzandlariga qishki kiyimlar sovg‘a qilindi.

Bu kabi ishlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Andijon_tumani

Andijon tumanida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Batafsil: 👆"
Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Andijon_tumani

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Bu galgi manzilimiz Andijon tumani Kuyganyor dehqon bozori bo'ldi. Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

🖊 Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Ehtiyojmand oilalar e’tibordan chetda qolmaydi

Andijon tumani 4-sektor rahbari tomonidan tumanning eng chekka hududi Otchopar mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat va ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi.

Shuningdek, Zavroq mahallasida ham aholining suyultirilgan gaz balonlariga bo’lgan ehtiyoji bartaraf etildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Andijon tumani 4-sektor rahbari boshchiligida qizil toifada turuvchi hududlardagi yoshlarni murojaatini o’rganish va ularga belgilangan tartibda yordamlar ko‘rsatish ishlari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan, nogironligi bor 50 nafar yoshlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Andijon_tumani

Sayyor qabullarda aholi muammolari hal etilmoqda

Aholi bilan bevosita ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Andijon tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda aholi tomonidan yechimini topmayotgan muammolar tinglanib, ularning ko'pchiligi joyida hal qilingan bo'lsa, muddat talab qilinganlari esa mas'ul xodimlarga ko'rsatmalar berildi va boshqarma boshlig'i tomonidan nazoratga olindi.

Jumladan, o’zini o’zi band qilish maqsadida subsidiya asosida 4 nafar ayollarga tikuv mashinasi, 2 nafar ayollarga esa elektr pechlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar reja-jadval asosida barcha tumanlarda o‘tkazilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Andijon_tumani

Andijon tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

👉Batafsil: "
Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|