Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tabrik #yangi_yil_2024

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni Yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda davlat soliq xizmati organlarining mahalla darajasiga tushib ishlash tizimi joriy etildi. Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar tashlandi.

9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning ish samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi
hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi. O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ham munosib hissasi borligi men va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Shu bilan birga bu katta masʼuliyat ekanligini barchamiz his etmoqdamiz.

Davlat soliq xizmati organlarining sadoqatli va mehnatkash jamoasi yangi yilda ham jonajon Vatanimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli kunlarda xalqimizni yangi2024-yil bilan yana bir bor muborakbod etaman!

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads