Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#raqamli_markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil

❗️Ushbu oʻzgartirish 01.11.2022-yidagi VM-631-son qarorga muvofiq kiritilgan.
_________
#цифровая_маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

❗️Данное изменение внесено в соответствии с ПКМ от 01.11.2022 г. № 631.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Savol_javob

- Yoshim 39 da, uy bekasiman. Uy ishlari, mol-xollarga qarash, 3 nafar farzandni tarbiyalash bilan ovora bo‘lib, biror joyda ishlamaganman. Meni nafaqa yoshiga yetganimda ish stajim bo‘lmasa, nafaqa tayinlanmasa farzandlarimni qo‘liga qarab o‘tiramanmi degan, o‘y qiynab kelayotgan edi. Yaqinda bir tanishim buni yo‘li oson, har yili soliq idorasiga to‘lov qilib borsangiz, ishlamasangiz ham ish staji hisoblanaverar ekan deb qoldi. Shu to‘g‘risida tushuntirish berishinglarni so‘rayman

🔹Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori qabul qilingan.

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxs "Soliq" mobil ilovasi orqali tez va oson ro‘yhatdan o‘tishi mumkin.

🔹Mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari (hozirda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m) miqdorida ijtimoiy soliqni ixtiyoriy tartibda to‘laydilar.

🔹To‘langan ijtimoiy soliq to‘liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi. Ya’ni, ijtimoiy soliq to‘lanishi o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun mehnat stajini hisoblash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

🔹Ijtimoiy soliq hisobot yilining 1 dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#elon

"Soliq servis" DUK jamoasi O'zbekiston xalqaro aeroportlarida Tax Free xizmati markazlariga xushmuomala, mas'uliyatli, hamda davlat tili, rus va ingliz tillarini biladigan mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Agarda siz oliy ma'lumotli, kompyuter dasturlaridan erkin foydalana oladigan, mas'uliyatli, shuningdek, sohada ish malakasiga ega, xorijiy mehmonlar bilan muloqotga kirisha oladigan mutaxassis bo'lsangiz rezyumingizni ushbu manzilda kutib qolamiz 👉[email protected]

✔️ Ish o‘rni – rasmiy.
Ish grafigi – navbatchilik asosida.
🏫 Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega ofis.
👥 Ahil jamoa.
🎒6 mln va undan yuqori bo'lgan maosh.

📍 Jamoa azosi bo'lishni hamda ishda o'zingizni namoyon qilishni istasangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent sh., Muqimiy k. 166-uy.

📲 yoki (+998) 71 202 32 82 (ichki 617, 619)
(+998) 99 818 32 82 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
__________
#объявление

Для работы в пунктах обслуживания Tax Free в международных аэропортах Узбекистана в команду ГУП “Soliq Servis” требуются коммуникабельные, приветливые и ответственные сотрудники, владеющие государственным, английским и русским языками. Знание и других иностранных языков приветствуется.

Если у Вас высшее образование, Вы уверенный пользователь ПК, пунктуальны и дисциплинированны, к тому же имеете опыт работы в сфере обслуживания и знаете, как наладить контакт с зарубежными гостями, то ждём Ваше резюме по электронному адресу 👉[email protected]

✔️Трудоустройство официальное.
🕘График работы сменный.
🏠Основной офис уютный и современный.
👥Коллектив дружелюбный.
👛З/п от 6 млн сумов и выше.

📍Чтобы проявить себя и стать частью команды, обращайтесь по адресу: г.Ташкент, ул.Мукими, 166

📲или по телефонам:
(+998) 71 202 32 82 (внутр. 617; 619)
(+998) 99 818 32 82

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-noyabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 ноября 2022 года последний день

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Obod_qishloq_obod_mahalla

Davlatimiz rahbarining «2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, Andijon viloyatida obod qishloq dasturi doirasida hududlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Andijon tumanining 4-sektor hududiga kiruvchi “Sadda tagi” hamda “Do‘ngqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida ham maktab rekonstruksiyasi, barcha sharoitlarga ega zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini bunyod etish, qishloq vrachlik punktini ta’mirlash va shu kabi tizimli ishlar "Obod qishloq" dasturi doirasida tizimli olib borilyapti.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Jalaquduq_tumani

4-SEKTOR HUDUDLARIDA KUZ-QISH MAVSUMI BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Jumladan, Jalaquduq tuman DSI boshlig‘I, 4-sektor rahbari B.Zulunov hududdagi ijtimoiy soha obektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvolini o‘rgandi.

Shuningdek, "SOFT textile XXI" xususiy korxonasi, 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi va Janubiy Olamushuk oilaviy tibbiyot birlashmasi, Yuqumli kasalliklar binosi COVID markazilariga borib u joydagi isitish tizimini, ko‘mir zahira omborlarini hamda qozonxonalarni ishlash holatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolardan biri bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari yoqilg’I bilan ishlaydigan dvigatellar bilan ta’minlandi. Qo‘shimcha vaqt talab etiladigan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Jalaquduq_tumani

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Soliq tizimida korrupsion holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar Jalaquduq tumanida ham davom ettirildi.

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimi Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbirda xodimlarga oson yoʻl bilan daromad orttirish yoki oʻzlariga bildirilgan ishonchni suisteʼmol qilgan holda korrupsiyaga qoʻl urishning zararli oqibatlari va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Albatta, tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvlar davlatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan soliq tizimida korrupsion holatlarning kelib chiqishini oldini olishida xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|