Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#MXIK #uchrashuv

Umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv

Tadbirda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari hamda DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda barcha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflar ishtirokchilar tomonidan jamoaviy baholandi, muloqotning har ikki tomoniga mos yechimlar ishlab chiqildi.

Uchrashuvning amaliy natijasi oʻlaroq, qoʻllanilayotgan MXIKlar toifalarini umumlashtirish va yaqin kelajakda joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari foydalanadigan MXIKlarni deyarli 4 barobarga qisqartirish, taomlarni tasniflashning qabul qilingan usullari bilan umumlashtirish qarori ijobiy qabul qildi.
________________
#ИКПУ #встреча

Очередная встреча с представителями общепита и ресторанного бизнеса

В мероприятии приняли участие – председатель Государственного налогового комитета Ш.Кудбиев, представители сферы общепита и ресторанного бизнеса и членов Общественного совета при ГНК.

Выслушаны мнения и предложения всех участников встречи, участниками коллегиально дана оценка внесенным предложениям, разработаны практические решения, устраивающие обе стороны диалога.

Практическим итогом встречи было решение по укрупнению используемых категорий кодов ИКПУ, их внедрению в ближайшее время. Так, представителями сферы общепита и ресторанного бизнеса положительно воспринято решение по сокращению практически в 4 раза используемых кодов ИКПУ, их унификации с принятыми методами классификации блюд.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Yoshlar_uchrashuvi

Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Andijon mashinasozlik institutida Iqtisodiyot fakultetining 3-4-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot avvalida sektor rahbari talabalar bilan bir oz hayotiy suhbat qurib, o‘z faoliyat tajribalari, rahbarlikkacha bosib o‘tgan yo‘li, yetuk mutaxasis bo‘lib yetishish uchun kerakli bo‘lgan jihatlar, shuningdek, soliq tizimidagi islohotlar, yangiliklar haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, notiq talabalar bilan muloqotga o‘tib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shuningdek, institut hamda davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliy darslar yo‘lga qo‘yilishi bo'ycha ham kelishib olindi.

Ochiq muloqotda boshqarma mutasaddilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar hamda ishga joylashish masalalari bo‘yicha talabalarga tushunchalar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#EHF

Qanday hollarda bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi?

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom (VMQ-489-son) 59-1 band bilan to‘ldirildi.
👉VMQ-471-son 22.08.2022-yil.

Soliq solish obyekti sifatida quyidagi harajat va boshqa daromadlarga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:

🔸aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
🔸aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
🔸aksiz tovarlarni realizasiya qilish narxi va tannarxi o‘rtasidagi ijobiy farq;
🔸O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, yaroqsizligi, kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
🔸uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar;
🔸REPO operatsiyalari bo‘yicha daromadlar;
🔸qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar;
🔸asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar;
🔸tekinga olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
🔸inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromadlar;
🔸qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
🔸talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar;
🔸ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlar;
🔸shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) o‘rnini qoplash summalari;
🔸valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi;
🔸aksiyador (mulkdor, ishtirokchi, muassis) yuridik shaxs foydasiga
o‘z ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechish natijasida ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromadlar yoki yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) hissalar hisobiga ko‘paytirilganda;
🔸Soliq kodeksining VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
🔸dividendlar tarzida olingan daromadlar;
🔸foizlar tarzida olingan daromadlar.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#YaTT
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zbekistonda qancha repetitorlik faoliyati ro‘yxatga olingan?

1-noyabr holatiga respublikada 1 352 nafar yakka tartibdagi tadbirkor va 4 377 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs repetitorlik xizmati ko‘rsatmoqda.

Repetitorlar soni nisbatan ko‘proq huqudlar:
📍Toshkent shahri - 1 905 nafar;
📍Jizzax viloyati - 630 nafar;
📍Samarqand viloyati - 520 nafar;
📍Toshkent viloyati - 482 nafar;
📍Farg‘ona viloyati - 318 nafar.

Repetitorlar eng kam hududlar:
📍Navoiy viloyati - 153 nafar;
📍Andijon viloyati - 150 nafar;
📍Sirdaryo viloyati - 59 nafar.

❗️Ma’lumot uchun 2022-yil 1-noyabr holatiga jami:
🔸398 076 ta YaTT o‘tgan yil mos davriga nisbatan 8% ko‘p 📈
🔹1 882 811 o‘zini o‘zi band qilgan shaxs - o‘tgan yil mos davriga nisbatan 38% ko‘p 📈.

👉 iyun oyidan buyon 162 ming nafardan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan
👉 avgust oyidan buyon 11 ming nafardan ortiq YATT ro‘yxatdan o‘tgan
__________
#индивидуальные_предприниматели
#самозанятость

Сколько в Узбекистане зарегистрировано репетиторов?

По состоянию на 1 ноября в республике 1 352 индивидуальных предпринимателя и 4 377 самозанятых граждан оказывают услуги репетитора.

Больше всего репетиторов:
📍в Ташкенте - 1 905;
📍в Джизакской области - 630;
📍в Самаркандской области - 520;
📍в Ташкентской области - 482;
📍в Ферганской области - 318.

Меньше зарегистрированных репетиторов:
📍в Навоийской области - 153;
📍в Андижанской области - 150;
📍в Сырдарьинской области - 59.

❗️Для справки. На 1 ноября 2022 года всего:
🔸398 076 индивидуальных предпринимателя - в сравнении с прошлым годом на 8% больше📈
🔹и 1 882 811 самозанятых лиц - в сравнении с прошлым годом на 38% больше📈.

👉С июня самозанятыми стали больше 162 тысяч граждан
👉С августа зарегистрировано свыше 11 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

bank kartalari orqali to‘lovlarni
qabul qilish;

onlayn-NKM joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn nazorat-kassa mashinasi sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash.

👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉2023-yil 1-yanvargacha onlayn-NKM foydalanuvchilari uchun imtiyozlar mavjud
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
________________________________
#онлайн_ККМ

С 1 января 2023 года в денежных расчетах с населением запрещается использовать онлайн контрольно-кассовую технику, у которой отсутствуют следующие возможности:

принимать платежи с банковских карт;

представлять налоговым органам информацию о местонахождении онлайн-ККМ (за исключением терминалов по приему банковских карт, используемых в качестве виртуальных касс и онлайн контрольно-кассовых машин);

для субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную продажу продукции — самостоятельно считывать и идентифицировать штрих-коды и коды цифровой маркировки.

👉№ ПП-5252 от 04.10.2021 г.

👉 До 1 января 2023 года действуют льготы для использующих онлайн-ККМ
👉 Как отражаются льготы в налоговой отчетности

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram