Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Andijonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 105 ming nafarga yetdi

Viloyatimizda, 2023-yil 18-aprel holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 104 897 nafarni tashkil etdi.

Joriy yil 1-yanvardan 17-aprelga qadar 25 689 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu borada Andijon shahar (4016), Asaka (2770), Shahrixon (2531) va Oltinko'l (2158) tumanlari yetakchilik qilmoqda.

Sohalar kesimida:
🔹Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 6021;
🔹Maishiy xizmatlar bo‘yicha 11540;
🔹Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 1932;
🔹Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 3973;
🔹Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 1838;
🔹Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 385 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

148 mingga yaqin taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qildi

🚕 Bugungi kunda oʻzini oʻzi band qilganlar 1,5 milliondan oshdi. Shundan 148 mingga yaqini taksi haydovchilari. Mehnat staji va kelgusida pensiya olish istagidagi 7594 nafar haydovchilar tomonidan 2 mlrd 127 mln soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

📍Ayni yoʻnalishda oʻzini oʻzi band qilganlar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchi. Keyingi oʻrinlardan Samarqand, Toshkent, Buxoro hamda Andijon viloyatlari joy olgan.

👉O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

👉
"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay
#ozini_ozi_band_qilish

Andijonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 137 ming nafarga yetdi

Viloyatimizda, 2023-yil 1-noyabr holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 136 822 nafarni tashkil etdi.

Sohalar kesimida:

🔸Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 21 003;
🔸Maishiy xizmatlar bo‘yicha 60 463;
🔸Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 16 683;
🔸Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 17 314;
🔸Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 17 715;
🔸Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 3 644 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Eslatib o'tamiz ❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

2024-yil oxiriga qadar
haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashuvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi.

Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

Litsenziya varaqasi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (340 ming so‘m) miqdorida undiriladi.

Litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart.

Ular bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar avtomobilining tom qismiga “TAXI” belgisi o‘rnatiladi.

Boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

👉PQ-311-son, 07.07.2022-yil.

👉 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda, oshgan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq toʻlashga oʻtadi.
——————-
#самозанятость

С 2024 года доходы самозанятых, полученные в результате трудовой деятельности и превысившие 100 млн сумов, облагаются налогом в порядке, установленном для индивидуальных предпринимателей, со дня превышения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi qanday aniqlanadi?
👉Ular aylanmadan olinadigan soliqni necha foiz stavkada to‘laydi?
👉YTTlar kabi xodimlarni ishga yollashi mumkinmi?
👉YTTlarga berilgan soliq imtiyozlari ularga ham tatbiq qilinadimi?
👉2023-yilda daromadi 100 mln so‘mdan oshganlar 2024-yildan boshlab YTT kabi soliq to‘lashga o‘tadimi?
👉Daromadi 100 mln so‘mda oshganda oshgan qismi uchun soliq hisoblanadimi yoki to‘liq summa uchunmi?
👉Ijtimoiy soliq ixtiyoriy to‘lanadimi?


Shu va mavzuga oid boshqa savollarga Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmonov batafsil javob berdi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS #ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

Joriy yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadi 100 mln soʻmdan oshganda, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) kabi soliq to‘lashga o‘tishi belgilandi.

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan, lekin 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar AOS toʻlovchilari hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi, 461-modda

Shunga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham daromadi 100 mln soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran AOS toʻlashga o‘tadi.
👉15-fevral – AOS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni

Hisobot topshirish uchun my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi, u yerdan "YTTlarning tovar aylanmalari boʻyicha hisobot shakllari" tugmasi tanlanadi.
👉AOS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads