Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Paxtaobod_tumani

Barcha islohotlar inson qadri uchun...

Aholi muammolarini o‘rganish, ularni ijobiy hal etish orqali yurtdoshlarimizni bugungi islohotlardan rozi bo‘lishlariga erishish maqsadida 4-sektorga biriktirilgan hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Paxtaobod tumanida tashkil etildi.

Unda viloyat 4-sektor rahbari, viloyat va tuman tashkilotlari mutasaddilari hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Aholi tomonidan murojaat qilinayotgan sog‘ligini tiklash, bank kreditlari, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, kommunal xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar kabi murojjatlarga mas’ullar tomonidan ijobiy yechim izlandi. Ish bilan ta’minlash bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar shu joyning o‘zida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida doimiy ish bilan ta’minlandilar.

Yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordamlar oziq-ovqat ko‘rinishida berildi. Nogironligi bor aholi vakillariga ular uchun kerak bo‘ladigan tibbiy uskunalar topshirildi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yashash xonadoni ta’mirtalab axvolga kelib qolgan fuqarolarga xonadonini ta’mirlashlari uchun 4-sektor tomonidan qurilish materiallari yetkazib berildi. Uy sharoitida o‘zini o‘zi ish bilan band qilish istagida bo‘lgan aholi vakillariga tikuv mashinalari topshirildi.

Albatta, joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularning qiynayotgan muammolarini hal etish orqali bugungi islohotlardan rozi bo‘lishlariga xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mobil_ilova

2 mlnga yaqin fuqarolar “Soliq” mobil ilovasidan foydalanmoqda

“Soliq” mobil ilovasida 2022-yil boshidan 1 887 370 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 500 mingdan ortig‘i “Keshbek”, “O‘zini o‘zi band qilish”, “Soliqlarni to‘lash”, “Soliq hamkor” kabi xizmatlarning aktiv foydalanuvchilaridir.

🔍“Soliq” mobil ilovasi
Google Play va AppStore maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi eng ommabop mobil ilovalar reytingining TOP-15 taligida;

🌍Similarweb, DigitalRank(TM) maʼlumotlari bo‘yicha, Oʻzbekistonda “Moliya” toifasidagi eng ommabop mobil ilovalar reytingining TOP-5 taligida qayd etilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq mobil ilovasi va uning imkoniyatlari” mavzusidagi matbuot anjumani doirasida mobil ilova bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.
_____________________
#мобильное_приложение

Почти 2 млн граждан пользуются мобильным приложением «Soliq»

С начала 2022 года
в мобильном приложении «Soliq» зарегистрировались 1 887 370 граждан. Из них более 500 тысяч – это активные пользователи таких услуг, как «Кешбэк», «Регистрация самозанятого лица», «Оплата налогов», «Налоговый партнер».

🔍Мобильное приложение «Soliq»
входит в ТОП-15 рейтинга популярных
мобильных приложений в Узбекистане по версии Google Play и AppStore

🌍входит в ТОП-5 рейтинга популярных мобильных приложений Узбекистана в категории Finance согласно Similarweb, DigitalRank(TM)

Подробная презентация состоялась в рамках пресс-конференции Государственного налогового комитета на тему «Мобильное приложение Soliq: апдейт и новые возможности».

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlarni “Soliq” mobil ilovasida qulay va oson toʻlang

Soliq (
Android/iOS) ilovasida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi soliq turlari boʻyicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig'i 423-modda

jismoniy shaxslar uchun yer solig'i 440-modda

Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 393-modda

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etish asosida JShShODS 397-modda

YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq 408-modda

YATT qat’iy belgilangan daromad solig‘i 383-modda

penya 110-modda

Toʻlovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasining JShShIRi koʻrsatish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun esa FACE ID orqali avtorizatsiyadan oʻtish kifoya. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo'qligini aks ettiradi.

❗️Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng barcha tushumlar “Toʻlangan soliqlar tarixi” boʻlimida saqlanadi.
___________
#мобильное_приложение

Оплачивайте налоги легко и просто в мобильном приложении "Soliq"

В приложении Soliq
(Android/iOS) для удобства налогоплательщиков – можно узнать о задолженности и произвести оплату по следующим видам налогов:

налог на имущество физических лиц ст.423 НК

земельный налог физических лиц ст.440 НК

налог на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду ст.393 НК

НДФЛ на основании декларации о совокупном годовом доходе
ст.397 НК

соцналог для ИП и самозанятых лиц ст.408 НК

фиксированный налог на доходы ИП ст.383

пеня ст.110 НК

Перед платежом достаточно указать ПИНФЛ владельца имущества (земельного участка), а самозанятому лицу – пройти авторизацию с помощью FACE ID. Система автоматически отразит задолженность либо ее отсутствие.

❗️После оплаты в разделе "История оплаченных налогов" сохраняются все квитанции.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Xojaobod_tumani

Sayyor qabulda hech bir murojaat e'tiborsiz qolmadi

Xo‘jaobod tumanida viloyat 4-sektor rahbari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova
#matbuot_anjumani

OAV vakillari Davlat soliq qo‘mitasining Soliq mobil ilovasi va uning yangi imkoniyatlari bilan tanishdi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2022-yil 1-noyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshadi. 👉PQ-366-son

🏚Shu jumladan, Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Andijon shahar DSI bosh hisobchisi V.G‘oziyevaning faoliyati yuzasidan qilingan murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rgangan holda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

V.G‘oziyevaning faoliyati yuzasidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan xizmat o'rganish o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida xodimlarga ish haqi va ustamalar to‘g‘ri hisoblanib, naqd pul hamda plastik ko‘rinishida to‘lab kelinganligi aniqlandi.

Xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida oylik ish haqi hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha hech qanday e’tirozlari yo‘qligini bayon etdilar.

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan materialda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-noyabrdan...

👉Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

👉Eksport qiluvchi tashkilotlarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar, foyda solig‘i va AOS bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar qo‘llaniladi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 10 taga ko‘payadi.

👉Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichi start oladi: suv isitish qozonlari, konditsioner, sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich hamda barcha turdagi lampalar.

👉Birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etiladi.

👉Dori vositalari va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli shartnomani imzolagan holda faoliyat yuritishi lozim.

👉Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklarini mol-mulk va yer soliqlarini to'lashdan ozod etish muddati tugaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_NOYABR_2022.pdf
174.2 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil noyabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на ноябрь 2022 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram