Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#e_ijara

Poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘mni tashkil qiladi

Jismoniy shaxslar 2022-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

2022-yil 1-oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.

Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.

Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obyektlari:
2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha3 240 ta;
5 mln so‘mdan ortiq 255 ta.

Eslatib o'tamiz❗️Soliq solish maqsadida 2022-yilda ko'chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
▫️Toshkent shahrida – 15 500 so‘m;
▫️Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so‘m;
▫️boshqa aholi punktlarida - 4 000 so'm etib belgilangan.

Muhim. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladi. Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lamaydi.

👉Jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini Soliq mobil ilovasida hisobga qo‘yishi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_ijarasi
#blits_intervyu

Bugungi kunda talabalarimiz ijarada turgan xonadon egasi bilan
ijara shartnomalarini tuzganmi? Ijaraga oluvchi va beruvchilar
qanday imtiyozlarga ega? Shu haqda jamoatchilik fikri

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi

Undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Xususan, har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

Kelgusi yil 1-yanvardan
har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi. Bunda:

- undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi;
- har yili 1-fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sorovnoma
#ijara

Talabalar turar-joy ijara shartnomalarini elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishdan xabardormi

Quyidagi havolalarda respublika miqyosida o‘tkazilgan so‘rovnomalar bilan tanishing👇

📍Andijon
📍Buxoro
📍Farg‘ona
📍 Jizzax
📍Namangan
📍 Samarqand
📍Surxondaryo
📍 Toshkent v.
📍 Xorazm

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari 🗓 12-oktabr kuni «Yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslari hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini to‘ldirish» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится 🗓 12 октября на тему «Заполнение налоговой отчетности по земельному налогу, налогу на имущество, за пользование водными ресурсами и недрами».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from bakiroo
Уч кун қолди: мулк ва ер солиғини тўладингизми?

"Ташаббусли бюджет" билан боғлиқ кечаги қувончли қарорлар шукуҳида эсдан чиқармаслигимиз керакки, жисмоний шахслардан олинадиган мол-мулк солиғи ва ер солиғи тўлаш учун белгиланган охирги муддат 15 октябрь. Яъни, солиқлар тўлаш учун 3 кун муддат қолди.

"Ташаббусли бюджет"га йўналтирилаётган маблағларнинг асосий манбаини айнан шу икки солиқ ташкил этади.

Kommers.uz"га кўра, сентябрь охирига 2,8 триллион сўмлик тўланмаган қарздорлик бўлган. Унутмангки, шу сумманинг 1,3 триллион сўми ғолиб бўлган жами 1782та лойиҳани молиялаштириш учун йўналтирилади.

Ўзбекистонликлар ўзлари тўлаётган солиқларни равон йўлларга, ичимлик сувига, трансформаторларга, таъмирланган мактаб ва шифохоналарга айланаётганини кўра бошлашмоқда.

Шундай экан, солиқларни вақтида тўланг ва уларнинг қандай ишлатилишига бефарқ бўлманг, назорат қилинг.
Инсоният ҳали бундан яхшироқ йўлни ўйлаб топа олгани йўқ!
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

«Yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslari hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini to‘ldirish»
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=cmVjHzjU5Zc
______
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Начался
онлайн семинар-тренинг на тему «Заполнение налоговой отчетности по земельному налогу, налогу на имущество, за пользование водными ресурсами и недрами».

🌐
Ссылка на семинар 👉https://www.youtube.com/watch?v=cmVjHzjU5Zc

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
__________
#налог_на_имущество
#земельный_налог

15 октября истекает срок уплаты физическими лицами налога на имущество и земельного налога

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

🔹Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq, а также в налоговых органах или в отделениях банка.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?
👉За какое имущество и земли физические лица уплачивают налоги?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#Yer_va_mol_mulk_soligi

🗓3 kun qoldi❗️❗️❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashni unutmang!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Bugun, 13-oktabr kuni soat 17:00 da Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti tashkil etiladi.

Uchrashuv tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq ma’murchiligining yangi raqamli instrumentlari va tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalar yuzasidan konstruktiv muoloqot tarzida o‘tkaziladi.
__________
#открытый_диалог

Сегодня, 13 октября в 17:00 часов председатель Государственного налогового комитета Шерзод Кудбиев проведет открытый диалог с предпринимателями в Центре духовности и просветительства в городе Навои.

Встреча пройдет в форме конструктивного диалога о возможностях, создаваемых для субъектов предпринимательства, новых цифровых инструментах налогового администрирования и проблемах, с которыми сталкиваются предприниматели в своей деятельности.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Sektorlar_faoliyati
#Taqdirlov

Bugun joylardagi muammolarni o‘rganish va hal etishda sektorlar faoliyatini alohida e'tirof etish joiz.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashda, ayollarning murojaat va muammolarini hal etishda o‘zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko‘rsatgan mas'ullarni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasida tuzilgan respublika komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi sektor rahbari” respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xonobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Qosimova Ziyodaxon Hakimovna faxrli 3 o‘ringa munosib deb topildi.

Qayd etish kerakki, Ziyoda Qosimova o‘zi ayol rahbar bo‘lgani uchun Xonobod shahrida istiqomat qiluvchi ayollarnining turmush sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolariga quloq tutib ijobiy hal etishda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi nomidan hamkasbimizni mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faolyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#ochiq_muloqot

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
__________
#открытый_диалог

Начался открытый диалог председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с предпринимателями в Центре духовности и просветительства в городе Навои.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar xorijdan quyosh batareyalari xarid qilish va ularni jismoniy shaxslarga sotish bilan shug‘ullanishi mumkinmi? Bu sohada qanday yangi soliq majburiyati va imtiyozlar mavjud

- Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan.
(quyidagilar bundan mustasno:
▫️qurilish materiallari;
▫️sement;
▫️shifer;
▫️yog‘och va yog‘och mahsulotlari;
▫️o‘simlik moyi;
▫️alkogolli va tamaki mahsulotlari;
▫️neft mahsulotlarining barcha turlari;
▫️qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar;
▫️audiovizual asarlar;
▫️fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar;
▫️yangi import avtomobillar;
▫️farmatsevtika tovarlarini sotish).

Bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik shart.
👉VMQ-850 ilovasi 22.10.2018-yil

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi YaTTlarga nisbatan AOS tatbiq etilmaydi.
👉Soliq kodeksi 461-modda 2-qism 1-band

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi YaTTlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda 15-qism

Ushbu vaziyatda, YaTTlar bir oy davomida 5 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda quyosh batareyalarini import qilishlari mumkin, bunda ular QQS to‘lovchisi sifatida tan olinadi.

Soliq kodeksiga asosan, YaTTlar tomonidan quyosh batareyalari realizatsiyasi uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|