Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_NKM

🔹My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

🔹 Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.

Shundan so‘ng quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Sizning murojaatingiz;
Davlat soliq organi tomonidan yozilgan javob xati;
Davlat soliq organi tomonidan tuzilgan o‘rganish maʼlumotnomasi;
Holat yuzasidan tadbirkorlik subyekti vakilining tushuntirish xati;
Obyektni tashqi va ichki foto surati;
Noto‘g‘ri urilgan chek nusxasi;
Davlat soliq organi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘ralgan hujjatlar nusxasi.

QQSni hisoblashda “QQS guvohnomasi”ni ilova qilish kifoya.

Eslatma: QQS hisoblashda summani to‘liq tiyinigacha ko‘rsatish lozim. Chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

❗️Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉VMQ-255-son 12.05.2022-yil

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?
👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

HURMATLI FUQAROLAR VA SOLIQ TO`LOVCHILAR❗️

📍Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalari faoliyatida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Davlat soliq qo‘mitasining [email protected] elektron pochtasiga yoki telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot hamda davlat soliq boshqarmasining @anddsbanticorbot telegram botiga va📞(74) 223-95-23; (74) 223-95-22 “Ishonch telefoni” orqali bizga murojaat qiling!

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#Yer_va_mol_mulk_soligi

🗓7 kun qoldi❗️❗️❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashni unutmang!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Argos
#Taqdirlov

Mamlakatimizda shu kunlarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohatlar kadrlar siyosatida ham o'z aksini topmoqda. Bu borada shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan va qo'llab-quvvatlanayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining alohida o'rni bor.

Jumladan, agentlikning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan "Zamonaviy xalqchil davlat xizmatining yangi bosqichi sari" shiori ostida tashkil etilgan tanlovda "Eng shijoatli kadr yordamchisi" nominatsiyasida viloyat davlat soliq boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish bo'limi davlat soliq katta inspektori Nazirov Ahmadjon Avazbek o'g'li g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-oktabr

oktabr oyi uchun:


- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).

sentabr oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_NKM

Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?

Buning uchun komitent tomonidan quyidagilar bajarilishi lozim:

1️⃣Soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ERI kaliti yordamida kiriladi.
2️⃣Xizmatlar qatoridan “Korxona komissionerlari ro‘yxatini shakllantirish” tanlanadi.
3️⃣“Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
4️⃣Ochilgan oynaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
▫️ yuridik shaxs STIRi yoki YaTT JShShIRi;
▫️ vositachilik shartnomasi raqami;
▫️MFO;
▫️ hisob raqam;
▫️ shartnoma tuzilgan sana;
▫️ shartnoma amal qilish muddati boshlanish sanasi;
▫️ shartnoma amal qilish muddati tugash sanasi.
5️⃣Shundan so‘ng “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.

❗️Har bir vositachi haqidagi ma’lumotlarni alohida kiritish lozim.

Ushbu funksiya soliq organlarida komitent va vositachi soliq bazasini avtomatik aniqlash uchun yaratilgan.

Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuqoridagi tartibda kiritmasa, vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida noto‘g‘ri aks etadi.

Tovarlar vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilinganda, vositachi onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida ushbu mahsulot nomi ostida komitent STIR/JShShIRini ko‘rsatishi shart.

Komitentning STIR ko'rsatilgan chek ma'lumotlariga asosan, agar komitent o'z vositachisini ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsa, chek summasi avtomatik ravishda komitent hisobotida aks ettiriladi. Komitent esa vositachi haqini hisoblab chiqaradi va hisobvaraq-faktura shakllantirish hamda hisobdan hisobga o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi.

Ushbu funksiyani onlayn-NKM yoki virtual kassalarda vositachi mustaqil faollashtiradi yoki dasturini yangilash yuzasidan texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM)ga murojaat qilishi mumkin.

Sub-vositachi tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirishi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Bilasizmi

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
_________
#знаете_ли_вы

🟢Доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду, не облагаются налогом на доходы физических лиц.
📗
п.19-1 ст.378 НК

👉
У студентов не требуется наличие электронной цифровой подписи при постановке на учет договоров аренды

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#Yer_va_mol_mulk_soligi

🗓5 kun qoldi❗️❗️❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashni unutmang!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Talabalar turar joylarni ijaraga olgani uchun soliq to‘lamaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram