Andijon viloyati soliq boshqarmasi
843 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Murojaat asosida jarima qo‘llanilmaydi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani tadbirkorlarining ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videomurojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Xarid uchun chek bermaslik, xaridor plastik kartasidan shaxsiy plastik kartaga pul o‘tkazishni so‘rash (P2P), plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlar bo‘yicha fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun “Soliq hamkor” tizimi amaliyotga kiritilgan.

Onlayn NKT orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida avtomatik aks etadi.

Murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganiladi.

Yaʼni, xabarning asosliligi masofadan turgan holda shoxobchadagi onlayn NKT ko‘rsatkichlari va boshqa maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Xabar o‘z tasdig‘ini topganda biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda tekshiruv o‘tkaziladi. Aksincha bo‘lsa murojaat rad etiladi.

Videomurojaatdagi holat o‘rganilganda joriy yil 8-sentabrda fuqaro A.K. tomonidan tizim orqali 17 ta murojaat (2,5 soat oralig‘ida) qoldirilgani maʼlum bo‘ldi. Hozirgi kunda murojaatlar o‘rganishda, tekshiruv o‘tkazilmagan hamda jarima qo‘llanilmagan.

❗️Tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda tadbirkorlar uchun bir xil sharoit yaratish, “yashirin iqtisodiyot”ga barham berishga eʼtibor qaratadi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlardan maqsad soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashdir.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 12-sentabr

sentabr
oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

uchinchi chorak uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

avgust oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Самарқанд саммити: ўзаро боғлиқликдаги дунёда мулоқот ва ҳамкорлик" сарлавҳали мақоласи

Статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Самаркандский саммит ШОС: диалог и сотрудничество во взаимосвязанном мире"

Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ShHT2022
#SCO2022
#ШОС2022

🇺🇿 Samarqand ShHT sammitiga tayyor

🇺🇿 Samarkand is ready for SCO Summit

🇺🇿 Самарканд готов к саммиту ШОС

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

Andijonda 3 ta tuman va shahar DSIga yangi boshliqlar tayinlandi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔹 Lochinbek Qurbonov - Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Izzatulla Botirov - Marhamat tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Baxtiyor Maxsudov - Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#bilasizmi

Soliq qarzi nima?

Bu hisoblangan va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, moliyaviy sanksiyalar va penyalar.

Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha ham alohida aniqlanishi mumkin.

Soliq qarzi qanday to‘lanadi?

Soliq qarzini to‘lash to‘lash quyidagi tartibdagi amalga oshiriladi:
1) soliqlar summasi;
2) hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.
Soliq kodeksi 55-modda

👉Soliq qarzini avtomatik so‘ndirish
__________
#знаете_ли_вы

Что такое налоговая задолженность?

Это сумма начисленных и не уплаченных в установленные сроки налогов, в том числе авансовых и текущих платежей по ним, финансовые санкции и пени.

Налоговая задолженность может определяться как по всем налогам, так и по каждому из них в отдельности.

Как погашается налоговая задолженность?

Последовательно в следующем порядке:
1) сумма налогов;
2) начисленные пени;
3) штрафы.
ст.55 НК

👉Погашение налоговой задолженности путем автоматической переброски

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#MXIK

Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi ishga tushirildi

Mahsulot va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining yangilangan talqinida quyidagi yangi funksiyalar mavjud:

▫️MXIKlarining har bir bo‘limi uchun qulay qidiruv tizimi;

▫️tovarlar va xizmatlarga biriktirilgan qatʼiy va tavsiya etilgan o‘lchov birliklarini ko‘rish;

▫️tovar va xizmatlarga biriktirilgan imtiyozlar ID raqami;

▫️mahsulot (xizmat)lar kodining butun zanjirini ko‘rish imkoniyati;

▫️katalog tuzilmasi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar.

Yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun tasnif.soliq.uz sayti bosh sahifasining “Elektron katalog” oynasidagi “Jadvalda ko‘rish” tugmasini bosing.

MXIK asosida mahsulotlarga shtrix-kod va QR-kodni generatsiya qilish uchun yaratilgan texnik imkoniyat muhim yangilik hisoblanadi. Bu xususiyat kelgusida MXIKga bog‘langan mahsulotlarning shtrix-kodini (QR-kod) skanerlash orqali aylanmadan olib chiqishni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Shuningdek "Mahsulot haqida batafsil ma'lumot" yangi bo‘limi qo‘shildi. Unda mahsulot (xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi va h.k.) haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Mahsulot kartochkalari bosqichma-bosqich to‘ldirib boriladi.

‼️Eslatib o‘tamiz, “Soliq” mobil ilovasida (“Tasnif” bo‘limi) shtrix-kodni skanerlash orqali mahsulotning amalda bo‘lgan MXIK kodini bilib olishingiz mumkin. Hozirda milliy katalogga 180 mingdan ortiq turdagi mahsulot kiritilgan va ro‘yxat kengayib bormoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

👉 MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish
👉 MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

QQS: Murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilinadi

DSQ Raisi Sherzod Kudbiyev tomonidan markaziy apparat tuzilma rahbarlari va hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda QQS qoplanadigan salbiy farq summasini qaytarib berish bilan bog‘liq bo‘lgan muaommolar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaslik, sansolarlikka yo‘l qo‘yish va boshqa holatlar masʼul xodimlarga alohida ko‘rsatib o‘tilib, qatʼiy ogohlantirish berildi.

Xususan, QQS qoplanadigan salbiy farq summasini qaytarish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etish topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq,

🔹01.11.2022 yildan
nazorat qiluvchi organlar tomonidan:
▫️tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi;
▫️tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida maʼlumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

🔹Nazorat qiluvchi organlar:
▪️“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi;
▪️tadbirkorlik subyektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik subyekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas;
▪️tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlarini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, tarqatma material va qo‘llanmalar bilan taʼminlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida amalga oshiradi;

🔹Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslikka haqli, agar:
🔸tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
🔸tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmagan yoki u xabardor etilmagan bo‘lsa;
🔸tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmasa;
🔸nazorat qiluvchi organlar Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortsa.

🔹01.01.2023 yildan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

📃Shuningdek, mazkur qaror bilan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida yangi imkoniyatlar

Soliq mobil ilovasining yangilangan versiyasi zamonaviy dizaynda qayta ishlangan (Android/iOS). Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun asosiy sahifada ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining telefon raqami ko'rsatilmaydi (faqat ID-raqami ko'rsatiladi).

Barcha mavjud xizmatlar 3 toifaga bo'lingan:
▫️Umumiy;
▫️Shaxsiy;
▫️To'lov.

Ushbu toifalarning har birida:
✔️to'liq ishga tushirilgan
🔄 ishlab chiqish jarayonidagi
yaqin vaqtlarda rejalashtirilgan xizmatlar aks ettirilgan.

Endi Soliq mobil ilovasida:
🔸mamlakat ichidagi sayohat uchun keshbek olish;
🔸soliq qarzlarini to'lash;
🔸Shtrix-kodni skanerlash orqali Milliy katalogdagi mahsulotlar yoki xizmatlar MXIK kodini bilib olish mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq
hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xatlov

Soliq qarzdorligini undirish maqsadida hududlarda olib borilayotgan xatlov tadbirlari

Batafsil: "Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|