Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#4_sektor
Ko‘kdalada yangi maktab qurilib foydalanishga topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 21-aprelda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Ko‘kdala tumanida 4 ta yangi maktab qurish haqida ko‘rsatma bergandi. Bugun ana shu maktablarning birinchisi foydalanishga topshirildi.
Ko‘kdala tumanining Xo‘jaobod qishlog‘ida Davlat soliq qo‘mitasi homiyligida bunyod etilgan yangi maktabning ochilish marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, o‘qib, ulkan ilm-fan yutuqlariga erishish yo‘lida kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur hududda aholi soni ko‘pligi bois, 160 o‘ringa mo‘ljallangan eski maktabda o‘quvchilar soni 400 nafardan oshib ketgandi. Tabiiyki, o‘quv xonalarining yetishmasligi, sinfda o‘quvchilar sonining me’yordan oshiqligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsirini ko‘rsatmasdan qolmasdi.
👉Batafsil
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 9-sentabr
sentabr oyi uchun:
- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|

#savol_javob
#ozini_ozi_band_qilish
🔴 O‘zini o‘zi band qilgan "taksist"lar soliq to‘laydimi❓
🔵 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉 PQ-4742-son
▫️Shuningdek, mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravarini (300 ming so‘m) ixtiyoriy tartibda to‘lashi belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 408-moddasi
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#ozini_ozi_band_qilish
🔴 O‘zini o‘zi band qilgan "taksist"lar soliq to‘laydimi❓
🔵 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉 PQ-4742-son
▫️Shuningdek, mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravarini (300 ming so‘m) ixtiyoriy tartibda to‘lashi belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 408-moddasi
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Bo‘sh turgan obyektlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqariladi
🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
👉09.09.2022-yildagi PF-218-son farmoni
Hujjatga muvofiq:
🔹foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
🔹soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan bir oy muddatda 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi to‘lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli obyekt mulkdorlariga qaytariladi.
Eslatma❗️
👉Joriy yil 1-iyuldan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilindi.
👉Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Prezidentimiz taʼkidlaganidek oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblangan soliq qarzlaridan butunlay voz kechiladi.
————————————
#новое_в_законодательстве
У налогоплательщиков будет списана задолженность по налогам на имущество и землю за пустующие объекты
Президент Узбекистана подписал Указ «О списании налоговой задолженности, возникшей в результате применения действенного налогового механизма».
👉№УП-218 от 09.09.2022 г.
В соответствии с документом установлено, что:
🔹списывается имеющаяся налоговая задолженность по налогу на имущество и земельному налогу, возникшим в результате действенного налогового механизма, примененного по повышенным ставкам в отношении собственников неиспользуемых объектов;
🔹прекращаются судебные и исполнительские дела, связанные с взысканием налоговой задолженности.
Государственному налоговому комитету и Министерству финансов поручено в месячный срок обеспечить возврат в установленном порядке собственникам соответствующего объекта налоговых сумм, взысканных в результате применения действенного налогового механизма в период с 1 июля 2022 года до вступления в силу настоящего Указа, в счет предстоящих платежей.
Напоминаем❗️
👉С 1 июля 2022 года отменен порядок применения повышенных ставок налога на имущество и земельного налога.
👉Списание налоговой задолженности инициировано Президентом Узбекистана в ходе открытого диалога с предпринимателями.

#Sayyor_qabul
#Shahrixon_tumani
Yangi O’zbekistonda har bir fuqaro davlat e’tiborida.
Islohotlar quruq raqamlarda emas balki, eng avvalo aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro'zg'orida o'z aksini topishi zarur.
Viloyat 4-sektor rahbari, tuman hokimligi hamda viloyat va tuman korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Shahrixon tumani Bo’ston MFY hududida sayyor qabul tashkil etildi.
Aholini qiynayotgan turli muammolariga ijobiy yechim topish, xalqning dardu tashvishlarini tinglash, ularning turmush darajasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan fundamental savollariga mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan asosli javoblar bildirildi.
O’tkazilgan uchrashuvda asosan suyultirilgan gaz ta'minoti, ichimlik suvi, elektr energiya, yo’llarni shag’allashtirish hamda asfaltlash, sog’ligini tiklash va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Ularning ko'pchiligi joyida hal qilingan bo'lsa, muddat talab etiladigan hamda markaziy vakolatli organlar bilan hal bo’ladigan masalalarning yechimi bo‘yicha aniq yo‘l xaritasi tuzilib, chora tadbirlar belgilandi va sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.

#Savol_javob
Chek bermaslik bo’yicha murojaat tushganda tekshiruv qanday o‘tkaziladi?
- Sayyor soliq tekshiruvi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘tkaziladi.
Nazorat-kassa texnikasi (NKT) va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda, quyidagilar tekshirilishi belgilangan:
🔹soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
🔹xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 78-band.
Sayyor soliq tekshiruvlari tekshiruv dasturida ko‘zda tutilgan me’yoriy hujjatlarga asosan tekshiruv o‘tkazilishi tushuntiriladi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
🔸soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 68-band.
Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 90-band.
Sayyor soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?
2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi PF-5813.
Bunda, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan (PQ-5252-son 4.10.2021).
Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:
– foyda solig‘i summasiga;
– aylanmadan olinadigan soliq summasiga;
– YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasiga
bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.
Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 1-yanvardan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilishi shart.