Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#marketplace
Marketpleys-cheklari shaxsiy kabinetda aks etadi
To‘lov tizimlari operatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashmoqda:
🔹2022-yil 1-fevraldan boshlab to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — “Marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning (“P2P”, kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatilgan.
👉 PQ-5252-son 5-band 4.10.2021
Endi marketpleys orqali savdo va pullik xizmatlarni hisobga olish (tovar va xizmatlar savdosi uchun onlayn platforma) yangi axborot bo‘limida aks etadi.
▫️My.soliq.uz saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi “YuSh onlayn-NKM va virtual kassalar ma’lumotlari” xizmatlariga marketpleyslar orqali kelib tushgan barcha cheklar aks etuvchi “Marketpleys cheklari” bo‘limi qo‘shildi.
▫️Qidiruv tizimida Fiskal modul ID va chek berilgan sanani kiritib zarur marketpleys cheklarini topish mumkin.
Eslatib o'tamiz: marketpleys orqali shakllangan daromadlar avtomatik ravishda aylanmadan olinadigan soliq hisoboti 1-ilovasining tegishli satrlarida shakllanadi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#keshbek #marketplace
Masofaviy elektron to‘lovlar uchun keshbek
Endilikda:
▫️to‘lov tashkiloti
▫️tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali)
▫️ elektron tijorat platformalari – “marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi.
Soliq organlari axborot tizimlari bilan elektron to'lovlar (PAYNET, OSON, PAYME, CLICK, APELSIN va boshqalar) integratsiyasining ijobiy natijalariga ko'ra xaridlar elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek shakllanyapti.
Agar iste’molchi keshbek tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u holda marketpleyslar orqali amalga oshirilgan xarid summasining 1 %i “Soliq” mobil ilovasida avtomatik tarzda aks etadi.
Shuningdek, keshbek olish uchun elektron chekdagi QR-kodni skanerlash imkoni ham mavjud.
❗️Eslatib o‘tamiz, avtomobil, avia va temir yo‘l chiptalari xarid qilinganda, kommunal va aloqa xizmatlari uchun to‘lov qilinganda keshbek to‘lanmaydi.
👉 PQ-5252 1-qism a bandi 4.10.2021-y.
Marketpleys-cheklari soliq to'lovchining shaxsiy kabinetida aks etadi