Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Asaka_tumani

Aholi murojaatlariga barham berilmoqda

Andijon viloyati 4-sektor hududiga kiruvchi Asaka tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligi, 4-sektor rahbari hamda tuman sektorlari rahbarlari, korxona va tashkilotlarning mutassaddilari ishtirok etdilar.
Aholini qiynayotgan turli muammolariga ijobiy yechim topish, xalqning dardu tashvishlarini tinglash, ularning turmush darajasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha mutassaddilarga murojaat qildilar.

Maishiy masalalardan tortib, bank krediti, tadbirkorlik faoliyatini rivojlatirishdan tortib, sog‘ligi borasidagi muammolar yuzasidan yuzlab fuqarolarning murojaatlari shu joyning o‘zida o‘rganilib chiqildi. Yashash sharoitidan kelib chiqib moddiy yordam so‘rab kelgan aholi vakillari shu joyning o‘zida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan bir martalik moddiy yordam ko‘rinishida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandilar.

Sayyor qabul davomida aholi vakillari tomonidan qilingan sog‘ligini tiklash, bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik faolyatini boshlashi yoki mavjud faoliyatini rivojlantirishi uchun qulay sharoitlar yaratish va yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, kommunal xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar va shunga o‘xshash yuzlab murojaatlarning aksariyatiga shu joyning o‘zida yechim topildi. Muddat ta’lab etiladigan xamda markaziy vakolatli organlar bilan bitadigan masalalarning yechimi bo‘yicha aniq yo‘l xaritasi tuzilib chora tadbirlar belgilab olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar
#Asaka_tumani

Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazildi

📃Soliq qonunchiligida joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida bartaraf etish maqsadida Asaka tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joriy yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berildi.

🔹Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash kabi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilanganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javob oldilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Asaka_tumani

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari hamda "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida targ'ibot tadbiri Asaka tumanida davom ettirildi.

Andijon viloyati soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Asaka tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-23 Ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|