Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
41.6K subscribers
28.3K photos
6.87K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONDA "TURON TEATR MAKTABI" VA "IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI" KOʻRIK-TANLOVLARINING HUDUDIY BOSQICHLARIDA GʻOLIB BOʻLGAN JAMOALAR ISHTIROKIDA BAYRAM TOMOSHALARI DAVOM ETMOQDA...

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Андижонимизда Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 34 йиллик тантанасига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтмоқда.

Айни дақиқаларда Шуҳратбек Абдураҳмонов барча Андижон аҳлини ва шу жумладан, бутун юртдошларимизни тарихий сана муносабати билан самимий табриклаб ўтмоқда…

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyor

ANDIJON VILOYATIDAGI TA'LIM MUASSASALARI YANGI 2025-2026-OʻQUV YILIGA TAYYOR...

👉 Videolavhalarda: Asaka tumanidagi 59-umumta'lim maktabi

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyor

ANDIJON VILOYATIDAGI TA'LIM MUASSASALARI YANGI 2025-2026-OʻQUV YILIGA TAYYOR...

👉 Videolavhalarda: Andijon shahridagi 13-umumta'lim maktabi

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli ustozlar, aziz yurtdoshlar!

Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom — Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jonajon Oʻzbekistonimizda hurmatli Prezidentimiz rahbariligida ulkan tarixiy islohotlarning guvohi hamda ishtirokchisi boʻlish bizga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Albatta, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk maqsadlarimizga erishish oʻgʻil-qizlarimizning bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bogʻliq.

Shunday ekan, fursatdan foydalanib kelajak bunyodkorlarini har tomonlama barkamol, bilimdon va maʻnaviy yetuk qilib tarbiyalash yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizga – siz fidoyi hamkasblarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Mustahkam sogʻlik-salomatlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, ona yurtimiz tinch, xonadonlarimiz fayz-u barakaga toʻla boʻlsin!

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Eʼzoza Karimova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тирбандликни олдини олиш ўз қўлимизда

Жамоат транспорти қулайликларидан фойдаланинг!

2 сентябрь куни юртимизнинг барча мактабларида биринчи қўнғироқ жаранглайди. Жорий йил ҳам "Билимлар куни"да болажонларни таълим муассасаларига олиб бориш ёки талабаларнинг олий таълим даргоҳларига шахсий автотранспорт воситаларини бошқариб келишлари айниқса, шаҳар марказларида кўплаб тирбандликларни юзага келтириши мумкин.

Давлат йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати фуқаролардан бугунги кунда ҳар томонлама қулай ва жозибадор кўринишга келаётган жамоат транспортларидан фойдаланишларини сўрайди
.

👉 @YHXX_UZ
#Tabriknoma
#Mustaqillik_34_yil

Aziz hamyurtlar!

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - istiqlolimiz bayramidir.

Jonajon yurtimizning ertangi kuni bo'lmish yosh avlodga ta'lim-tarbiya berayotgan minglab ustoz va pedagoglar nomidan ushbu qutlug' ayyom bilan barchangizni samimiy tabriklagan holda Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat va rivoj tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!


Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi!

Telegram |
Facebook | Web sayt
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyor

ANDIJON VILOYATIDAGI TA'LIM MUASSASALARI YANGI 2025-2026-OʻQUV YILIGA TAYYOR...

👉 Fotoolavhalarda: Asaka tumanidagi 34-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz ustozlar, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi — bilim va ma’rifat bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugun mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yurtimiz kelajagini bunyod etishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan yuz minglab ustoz va murabbiylarimiz esa islohotlar samarasini avvalo o‘z faoliyatlari misolida kuzatib borishmoqda.

Ta’lim — bu jamiyat taraqqiyotining eng asosiy poydevori, millatni yuksak marralarga eltuvchi eng qudratli kuchdir. Maktab va oliy ta’lim dargohlariga ilk qadam qo‘yayotgan har bir o‘quvchi va talabaning ko‘zida biz ertangi kunimizni, xalqimizning buyuk orzu-intilishlarini, Vatanimizning porloq istiqbolini ko‘ramiz.

Shu bois, ta’lim dargohlariga kirib kelayotgan yoshlarimizni ilm va ma’rifat sari yetaklash, ularning qalbida ezgu orzularni uyg‘otish, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘usini mustahkamlash bugun barchamiz uchun sharafli, ayni paytda ulkan mas’uliyatli vazifadir.

Zero, bilim istab kelayotgan farzandlarimiz — bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va ishonchli tayanchidir.

Aziz ta’lim sohasi vakillari!

Sizlarni bugungi bayram — yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan yana bir bor chin yurakdan qutlayman.

Sizlarga mustahkam iroda, yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat va omad tilayman.

Bilim va ma’rifat yo‘lida qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaversin!

Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
rahbari o‘rinbosari
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Sizlarni barchangizni xalqimiz hayotida o‘ziga xos bayramga aylangan — “Bilimlar kuni” bilan chin dildan tabriklayman.

So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida ta’lim sohasiga tubdan yangicha ruh va mazmun kirib kelmoqda.

Bu sa’y-harakatlar, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga sadoqatli, bilimli va yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularning iqtidorini rivojlantirish va nurli kelajagimiz uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.

Yangi O‘zbekiston g‘oyasining yuragida ham, avvalo, zamon talabiga javob beradigan, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida o‘rin tutadi. Chunki ilm-ma’rifat taraqqiyot va yuksalishning asosiy garovidir.

Bugun ta’lim maskanlarining ostonasidan ilk bor kirib kelayotgan qariyb 740 ming nafar bolajonlarimizning ko‘zlaridagi porloq umid va ulug‘ orzular nafaqat ularning ota-onalari, yaqinlari, balki barcha ustoz va murabbiylarimizning qalbida ham muxrlanib qoladi. Chunki bilim olishga qadam qo‘ygan har bir farzandimiz — bu yurtimizning ertangi kuni, bizning eng katta suyanchimiz va ishonchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Sizlarga yana bir bor bugungi kun muborak bo‘lsin deyman. Ilm va ma’rifat dargohida katta zafarlar qozonishingizni, bilim cho‘qqilarini quloch ochib zabt etishingizni tilayman.

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Andijon viloyatidagi barcha ta'lim muassasalarida yangi 2025-2026-o'quv yili boshlanib, “Vatan uchun,
millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari va "Kelajal soatlari" o'tkazilmoqda

(Fotolavhalarda: Andijon shahridagi 19-umumta'lim maktabida o'tkazilayotgan tadbirlardan lavhalar)


Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram |
Facebook | Web sayt
#Live

Andijon viloyatidagi barcha ta'lim muassasalarida yangi 2025-2026-o'quv yili boshlanib, “Vatan uchun,
millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari va "Kelajak soatlari" o'tkazilmoqda

(Fotolavhalarda: Izboskan tumanidagi umumta'lim maktablarida o'tkazilayotgan tadbirlardan lavhalar)


Izboskan tumani MMTB matbuot xizmati


Telegram |
Facebook | Web sayt