Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
42.6K subscribers
28.1K photos
6.82K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI ANDIJONDA...

Xabaringiz bor, hududlardagi ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda mavjud muammo va takliflar bilan ishlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hududlarda boʻlmoqda.

Ushbu tashriflarning navbatdagisi Andijon viloyatiga boʻlib, Asaka tumanidagi "Jasorat maktabi" sifatida tanlab olingan 25-IDUMda yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E.Karimova Asaka tumanidagi metodik tayanch sifatida tanlab olingan 9-DMTT tarbiyachilari bilan suhbat qurib, bugungi kun tarbiyachisi bolajonlarni ham ma'nan ham jismonan barkamol etib voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratishi lozimligini ta'kidladi.

Tashrif davomida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik Mahorat instituti na'munasida Bobur shahrida qad rostlayotgan "Andijon Pedagogik mahorat markazi" yangi binosining qurilish ishlari bilan ham tanishildi.

Telegram | Facebook | Web sayt
ANDIJONLIK 10 YOSHLI MAKTAB OʻQUVCHISI IELTSDAN 6,5 BALLNI QO’LGA KIRITDI

Xabaringiz bor, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama bilimli kadrlar etib tarbiyalash, ayniqsa o'quvchilarni xorijiy tillarni puxta egallashlariga ko'maklashish yo'nalishida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Mazkur tashabbuslar natijasida Andijon viloyatida ham bir qator ilg'or o'quvchilar maktab davridanoq xorijiy tillarni bilish yo'nalishidagi xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritmoqda.

Xususan, Marhamat tumanidagi 1-umumta’lim maktabi 4-sinf o‘quvchisi Azizbek Avazbekov Xalqaro IELTS setifikatida 6,5 ballni qo‘lga kiritdi.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi iqtidorli o‘quvchimizni mana shunday ulkan yutuqlari bilan tabriklab qoladi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram |
Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

ANDIJONDA "MAHORATLI OʻQITUVCHI-MILLAT TAYANCHI" SHIORI OSTIDAGI
TOʻRTINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BOʻLIB OʻTDI

(Soʻlim Xonobod shahrida tashkil etilgan tadbir "Zoʻr TV" kanalining "Bu kun" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

ANDIJONDA "MAHORATLI OʻQITUVCHI-MILLAT TAYANCHI" SHIORI OSTIDAGI
TOʻRTINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI DOIRASIDA O'QUV-MASHG'ULOTLARI TASHKIL ETILDI

(Andijon shahridagi 3-umumta'lim maktabida tashkil etilgan tadbir "Andijon" telekanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
RESPUBLIKA O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI UCHUN JOYLASHUVLAR ANIQLANDI

👥 Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

🗓 Matematika – 22-avgust
🗓 Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari – 23-avgust

📚Andijon viloyati bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tadigan maktablar:
Andijon shahar "22-sonli maktab
Birlashgan MFY, Birlashgan ko‘chasi, 73-uy "
Xonobod shahar "2-sonli maktab
Bunyodkor MFY, Buyuk zamin ko‘chasi, 1-uy"
Andijon tumani "17-sonli maktab
Qo‘shariq MFY, Vatanparvar ko‘chasi"
Asaka tumani "25-sonli maktab
Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2-uy"
Baliqchi tumani "35-sonli maktab
Iftixor MFY, Oydin ko‘chasi, 16-uy"
Buloqboshi tumani "43-sonli IDUM
Buyuk Turon MFY, Naqshbandiy ko‘chasi, 120-A uy"
Bo‘ston tumani "1-sonli maktab
Maorif MFY, Maktab ko‘chasi, 19-uy"
Jalaquduq tumani "2-sonli maktab
O‘roqchitepa MFY, Tashlama ko‘chasi, 9-uy"
Izboskan tumani "6-sonli maktab
Daminboychek MFY, A.Temur ko‘chasi, 43-uy "
Marhamat tumani "40-sonli maktab
Guliston MFY, Mustaquillik ko‘chasi, 135-uy"
Oltinko‘l tumani "2-sonli maktab
Markaz MFY, Yangi xayot ko‘chasi, 5-uy"
Paxtaobod tumani "37-sonli IDUM
Yuqori MFY, Yuksalish ko‘chasi, 1-uy"
Ulug‘nor tumani "20-sonli maktab
Shaharobod MFY, O‘zbegim ko‘chasi, 17-uy"
Shahrixon tumani "6-sonli maktab
Abdusamat MFY, R.Yodgorov ko‘chasi, 34-uy"
Qo‘rg‘ontepa tumani "1-sonli maktab
Ustoz MFY, Maktab ko‘chasi, 1-uy"
Xo‘jaobod tumani "2-sonli maktab
Andijon MFY, Andijon ko‘chasi, 31-uy"

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi
TUMAN, SHAHARLARDA "MAHORATLI OʻQITUVCHI-MILLAT TAYANCHI" SHIORI OSTIDAGI TOʻRTINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BOʻLIB OʻTDI

(Fotolavhalarda: Xonobod shahrida bo'lib o'tayotgan forum jarayonlari)

Xonobod shahar MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt