Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
40.6K subscribers
28.4K photos
6.91K videos
109 files
10.8K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Oʻquvchilarda “Muhandislik”, “Robototexnika”, “Dasturlash” yo‘nalishlari bo‘yicha kognitiv faollikni oshirish hamda ularning ijodiy va eksperimental qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan olimpiadada viloyatdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 56 nafar oʻquvchilari 4ta yoʻnalish boʻyicha bellashdilar.

Har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan shakllantirilgan 2ta jamoa oʻz robotlari bilan chiziq bo‘yicha harakatlanish, to‘siqlarni aylanib chiziq bo‘yicha harakatlanish, propellerli mini yuk mashinasini yaratish, kо‘prik konstruksiyasini qurish, dasturlash kabi topshiriqlarda yosh konstruktorlar qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqaning 5-8- va  9-11-sinflar o‘rtasida Andijon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari jamoasi 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.  

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10 DEKABR-O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN

She'r:
Abdulla Oripov
Bastakor:
Mutavakkil (Mutal) Burxonov
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | BULOQBOSHI TUMANI 31-MAKTAB O'QUVCHISINING SHE'RIY KITOBI TAQDIMOTI 08.12.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | O'QITUVCHILAR UCHUN TEST SINOVLARI 08.12.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбекистон_тарихи
#4_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Qadimgi Qang‘ va Davan" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixining qadimgi davri davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
“Жадидлар: миллий ўзлик, истиқлол ва давлатчилик ғоялари” мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига

Участникам международной конференции «Джадиды: национальное самосознание, идеи независимости и государственности»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bugun quyidagi fan o'qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari

Toshkent shahar, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari uchun soat 9:00-10:00 ga qadar.

Texnologiya fani o‘qituvchilari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar;

Qashqadaryo, Navoiy va Namangan viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar;

Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Toshkent shahar Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari

Respublika bo'yicha barcha Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Tarbiya fani o‘qituvchilari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati Tarbiya fani o‘qituvchilari o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati Tarbiya fani o‘qituvchilari o‘qituvchilari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Farg‘ona va Xorazm viloyati Tarbiya fani o‘qituvchilari o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari

Respublika bo'yicha barcha Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

12-dekabr kungi diagnostika test jarayonlarida ishtirok etadigan o'qituvchilar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin" fondi va MMTVning "Mehrli maktab" qo‘shma loyihasi doirasida gospital pedagogikada malaka oshirish bo‘yicha onlayn kurslar boshlandi.

Ishtirokchilar — Toshkentdagi "Mehrli maktab" gospital turdagi maktab pedagoglari va maktabning Andijon, Farg‘ona va Nukusdagi filiallari o‘qituvchilari. Kurslarning asosiy modullari gospital maktab sharoitida ta’lim faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va boshqarish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, gospital maktabda axborot siyosatining o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlanadi.

O‘quv mashg‘ulotlarini A.I.Gersen nomidagi Davlat pedagogika universiteti va "УчимЗнаем" gospital maktablar loyihasining tajribali o‘qituvchi-amaliyotchilari olib boradi. Ular tizimlashtirilgan va mazmundor shaklda o‘z bilimlari bilan bo‘lishadilar.

O‘qitish onlayn ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va munozaralar shaklida olib boriladi. Malaka oshirish kurslari 2024 yil iyun oyiga qadar davom etadi.

В рамках совместного проекта Фонда Zamin и МДШО «Mehrli maktab» начались онлайн-курсы повышения квалификации по госпитальной педагогике.

Участники курсов — педагоги госпитальной школы «Mehrli maktab» в Ташкенте и преподавательский состав филиалов школы из Андижана, Ферганы и Нукуса.

Основными модулями курсов станут организация, осуществление и управление образовательной деятельностью в условиях госпитальной школы; развитие кадрового потенциала; особенности информационной политики в госпитальной школе.

Курсы проводят опытные преподаватели-практики Государственного педагогического университета им. А. И. Герцена и Проекта госпитальных школ «УчимЗнаем», которые в структурированной и содержательной форме делятся своими знаниями.

Обучение проходит в форме онлайн-лекций, практических занятий и дискуссий. Курсы повышения квалификации продлятся до июня 2024 года.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Мактаб, боғча, шифохона ва бошқа ўқув муасса биноларининг иссиқлиги ўрганилмоқда
——————
Хабарингиз бор, ижтимоий соҳаларнинг иситиш тизими ДХШ асосида модернизация қилиниб, ишга туширилган.

Андижондаги барча шаҳар-туманлар, барча масъул идоралар ва мутасаддилар иштирокида мазкур масалалар алоҳида муҳокама этилди.

Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов ижтимоий соҳа объектларида шу бугунги кундаги ҳолат ҳақида маълумотларни бирма-бир ўрганди.

Ҳар бир шаҳар-туман ҳокими, сектор раҳбарлари, тиббиёт бирлашмаси, ММТБ бошлиғи билан иситиш тизими фаолияти, мавжуд муаммоларга ойдинлик киритилди.

ДХШ бўйича масъул саналган тадбиркорлар фаолиятига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Саҳифа: @andpress
📣📣📣📣📣

📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!

⚡️ Joriy yilning 15-26—DEKABR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili va 📘Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM