Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
41.5K subscribers
28.3K photos
6.87K videos
109 files
10.8K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OBOD MAKTABLARDA TA'LIM JARAYONLARI...

(Andijon tumanidagi 3-umumta'lim maktabi)

Andijon tumani MMTB matbuot xizmati
TA'LIMGA OID MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

Xabaringiz bor, kelajak avlodga munosib ta’lim va tarbiya berish masalalari umummilliy dasturga aylanib, Yangi O‘zbekistonning rivojlanishi yo‘lidagi eng muhim omillardan biri xisoblanadi.

Mazkur masala yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 1-dekabr kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida viloyat hokimi o'rinbosari K.Komilov boshchiligida viloyat, tuman, shahar MMTB hamda Moliya bo'limlari boshliqlari, boshqarma hodimlari va ma'sullar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda K.Komilov tomonidan mutasaddilarga ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumi betalofat o'tkazish, maktablarda ta'lim sifati samaradorligini oshirish, ulardagi ma'naviy muhitni yanada yaxshilash hamda bitiruvchilar bilan manzilli ishlash yo'nalishlarida tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berib o'tildi.
Xabaringiz bor, 3 Dekabr- Xalqaro nogironlar kuni munosabati viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan qator tadbir, loyiha va aksiyalar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon shahridagi "Qo'g'irchoq teatri"da metin iroda sohiblari uchun bayram tadbiri o'tkazildi.

Kuy-qo'shiq va sahna ko'rinishlariga boy madaniy tadbirda 300ga yaqin bolajonlar ishtirok etib, maroqli hordiq chiqardilar.
Joriy yilning 2-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Shanba ish kuni xisoblanmasada yig'ilishda jalb etilmoqda" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan

MUNOSABAT


Darhaqiqat, Andijon viloyatidagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga ko'maklashish, maktablarda ta'lim sifati samaradorligi oshirish hamda ma'naviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 2-dekabr kuni Andijon viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ammo mazkur yig'ilishda ta'lim muassasalari vakillariga qulaylik yaratish hamda xavfsizlik nuqtai-nazaridan ZOOM platformasi orqali ishtirokchilar o'z ish joylaridan qatnashishlari belgilangan.

Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda iddao qilinganidek shanba kuni ta'lim muassasalari uchun dam olish kuni emasligi, ularda faoliyat ko'rsatayotgan rahbarlarga shanba kunlari uchun ham belgilangan tartibda oylik ish haqlari xisoblanishini ma'lum qilamiz.
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga borib, o'quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdim.

Suhbat davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari menda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM