Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
41.6K subscribers
28.3K photos
6.87K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
#RaqamliAvlod #Robotics #ITFest

🔴 Bugun "Raqamli avlod IT Fest" doirasida Respublika robototexnika musobaqasi bo'lib o'tdi.


Unda yurtimiz bo'ylab ushbu sohaga qiziquvchi yoshlar RoboSumo, RoboFutbol va Foydali ixtirolar bo‘yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishdi.

✔️Ma'lumot o'rnida: foydali ixtirolar yo'nalishi mazkur an'anaviy IT tadbiri doirasida ilk bora tashkil etilgan bo'lib, unda ishtirokchilar o'zlari ishlab chiqqan innovatsion loyihalarni namoyish etishdi. Ushbu loyihalar hakamlar hay'ati tomonidan bahob borildi.

⚡️ G'oliblarni taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yana_bir_xushxabar
#Maths_chempions
#SEAMO2023_winners

SEAMO-Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqaro matematika olimpiadasiga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan va ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSH,Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy va Oʻzbekiston mamlakatlarining o'quvchi yoshlari ishtirok etib keladi.
Respublikamizda o'tkazilgan SEAMO -2023 olimpiadasida maktabimizning 5-9 sinf o'quvchilari ishtirok etdilar va 2 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar:

🥈Kumush medal
Xakimov Xojiakbar 5-sinf
Fozilova Muslimaxon 9-sinf

🥉Bronza medal
Ahmadbekova Muattarbegim 5-sinf
Baxodirov Saidjamolxon 6-sinf
Moʼminov Muhammadsaid 7-sinf
Mamatov Abdulmajid 7-sinf
Abdusalomov Umidjon 8-sinf
Maʼmirov Ilyosbek 8-sinf
Yo'ldashev Nurmuhammad 8-sinf
Akbarov Boburbek 9-sinf

Chempionlarimizga Singapurda bo'ladigan keyingi bosqich SEAMO olimpiadasida omad tilaymiz.

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TA'LIMGA OID QIZIQARLI FAKTLAR "BILIB QO'YGAN YAXSHI" RUKNIDA

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
“HUQUQIY-MA’RIFIY BILIMDON” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bosh qomusimizning 31 yilligi munosabati bilan Respublika miqyosida ko‘rik-tanlov, loyiha va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 30-noyabr kuni Andijon shahridagi 31-umumtalim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” ijodiy ko‘rik-tanlovinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rik-tanlov shartlariga ko‘ra tuman, shahar jamoalari “Mening huquq va majburiyatlarim”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzulari bo‘yicha insholar tanlovi hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘zaro bellashmoqdalar.

Tanlov davom etmoqda...
#RaqamliAvlod #Robotics #ITFest

😊 Ishtirokchilarimiz ixtirolari bilan tanishamiz !

👨‍💻Andijon viloyati, Jalaquduq tumani 28-maktabdan kelgan 9- sinfli ishtirokchimiz Mamadaliyev Shukurbek (Barkamol avlod bolalar to'garak a'zosi).

💡U chaqmoq chaqishi orqali elektr tokini hosil qila oladigan qurima yaratdi.

Ishtirokchimizning aytishi bo‘yicha uning ixtirosi qayta tiklanuvchan va ekologik toza hisoblanadi. Ishtirokchimiz hisob-kitobiga ko'ra kuz-qish mavsumida 1 marta chaqmoq chaqishi natijasida 3ta xonadoni 1 oy davomida elektr toki bilan taʼminlab berishi mumkin.

😇Bunday iqtidorli yoshlarimiz borligidan xursandmiz. Foydali ixtirolar bo‘yicha ko‘proq maʼlumot olish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
📣DIQQAT!

📍 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-dekabr kuni soat 12:00da matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: "Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari"

🏢Manzil: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1 Dekabr-Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan hududlardagi ta'lim muassasalarida o'tkazilayotgan tadbir, aksiya va davra suhbatlari

(Fotosuratlarda: Asaka tumani 47-umumta'lim maktabi)