Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
41.9K subscribers
28.3K photos
6.87K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi

2023-yilning 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi.

Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo'ladi.

Diagnostikada pedagog kadrlarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahorati test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkaziladi.

Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.

Tabaqalashgan taʼlim dasturlarida malaka oshirish kurslarining mazmuni o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

2024-yildan boshlab, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar onlayn (masofaviy) taʼlim shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar offlayn (anʼanaviy) shakldagi malaka oshirish kurslariga yuboriladi.

Qayd etish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy taʼsir ko‘rsatmaydi.

Quyida fanlar kesimida o‘qituvchilarning diagnostikadan o‘tish reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"KONSTITUTSIYA-HUQUQLARIMIZ KAFOLATI" SHIORI OSTIDA HUDUDLARDA O'TKAZILAYOTGAN TANLOVLARDAN LAVHALAR

(Fotosuratlarda: Buloqboshi tumanidagi insho tanlovi)
Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Toshkent shahrida joylashgan Muhammad Al-Xorazmiy maktabida o'tkaziladigan "Raqamli avlod IT-FEST" haftaligi musobaqasiga Robo-futbol, foydali ixtirolarning ekologiya yo'nalishi va hakaton yo'nalishlarida qatnashish uchun yetib borishdi.

Iqtidorli o'quvchilarmizni ushbu tanlovdagi ishtiroklarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
"BRILLIANT EDUCATION" NTMLARIDAGI O'QUVCHILARIMIZ YUTUQLARI

Xabaringiz bor, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama bilimli kadrlar etib tarbiyalash, ayniqsa o'quvchilarni xorijiy tillarni puxta egallashlariga ko'maklashish yo'nalishida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Mazkur tashabbuslar natijasida Andijon viloyatida ham bir qator ilg'or o'quvchilar maktab davridanoq xorijiy tillarni bilish yo'nalishidagi xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritmoqda.

Xususan, Andijon shahridagi “Brilliant Education” nodavlat ta’lim muassasasi 10-sinf o‘quvchisi Anastasiya Kapustina hamda 11-sinf o‘quvchisi Mehrangiz Xoshimovalar ham Xalqaro IELTS setifikatida 8,0 ballni qo‘lga kiritdilar.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi iqtidorli o‘quvchilarmizni mana shunday ulkan yutuqlari bilan tabriklab qoladi.
#xushxabar_Asaka_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi_

Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO)ga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan va olimpiada orqali o‘quvchilarning matematik bilimi va savodxonligi sinovdan o'tkaziladi.
Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSh, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning o‘quvchi yoshlari ishtirok etib keladi.
        SEAMO-2023 xalqaro matematika olimpiadasida O'zbekistondan 150 nafar o'quvchi qatnashib, O'zbekiston sharafini munosib himoya qildi. Ular orasida Andijon viloyati Asaka tumani ixtisoslashtirilgan maktabidan ishtirok etgan Xakimov Eldorbek Sardorbek o'g'li kumush medal sohibi bo'ldi.
        Olimpiada g'oliblari bo'lgan o'quvchilar Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan o'quvchilar uchun matematik bilimlarni yanada oshirish bo'yicha tashkil etiladigan bir haftalik o'quv kursida ishtirok etadi. Shundan so'ng o'quvchilarga xalqaro darajadagi diplomlar topshiriladi.
#RaqamliAvlod #Robotics #ITFest

🔴 Bugun "Raqamli avlod IT Fest" doirasida Respublika robototexnika musobaqasi bo'lib o'tdi.


Unda yurtimiz bo'ylab ushbu sohaga qiziquvchi yoshlar RoboSumo, RoboFutbol va Foydali ixtirolar bo‘yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishdi.

✔️Ma'lumot o'rnida: foydali ixtirolar yo'nalishi mazkur an'anaviy IT tadbiri doirasida ilk bora tashkil etilgan bo'lib, unda ishtirokchilar o'zlari ishlab chiqqan innovatsion loyihalarni namoyish etishdi. Ushbu loyihalar hakamlar hay'ati tomonidan bahob borildi.

⚡️ G'oliblarni taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yana_bir_xushxabar
#Maths_chempions
#SEAMO2023_winners

SEAMO-Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqaro matematika olimpiadasiga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan va ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSH,Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy va Oʻzbekiston mamlakatlarining o'quvchi yoshlari ishtirok etib keladi.
Respublikamizda o'tkazilgan SEAMO -2023 olimpiadasida maktabimizning 5-9 sinf o'quvchilari ishtirok etdilar va 2 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar:

🥈Kumush medal
Xakimov Xojiakbar 5-sinf
Fozilova Muslimaxon 9-sinf

🥉Bronza medal
Ahmadbekova Muattarbegim 5-sinf
Baxodirov Saidjamolxon 6-sinf
Moʼminov Muhammadsaid 7-sinf
Mamatov Abdulmajid 7-sinf
Abdusalomov Umidjon 8-sinf
Maʼmirov Ilyosbek 8-sinf
Yo'ldashev Nurmuhammad 8-sinf
Akbarov Boburbek 9-sinf

Chempionlarimizga Singapurda bo'ladigan keyingi bosqich SEAMO olimpiadasida omad tilaymiz.

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TA'LIMGA OID QIZIQARLI FAKTLAR "BILIB QO'YGAN YAXSHI" RUKNIDA

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
“HUQUQIY-MA’RIFIY BILIMDON” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bosh qomusimizning 31 yilligi munosabati bilan Respublika miqyosida ko‘rik-tanlov, loyiha va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 30-noyabr kuni Andijon shahridagi 31-umumtalim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” ijodiy ko‘rik-tanlovinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rik-tanlov shartlariga ko‘ra tuman, shahar jamoalari “Mening huquq va majburiyatlarim”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzulari bo‘yicha insholar tanlovi hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘zaro bellashmoqdalar.

Tanlov davom etmoqda...