Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
42.3K subscribers
28.1K photos
6.83K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI METODISTLARI MALAKASINI OSHIRISHGA QARATILGAN O’QUV SEMINARLARINING 3-BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitish maqsadida hududlarda o‘quv haftaliklari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-24-noyabr kunlari Andijon viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi asosida o‘quv jarayonlari tashkil etilmoqda.

Zamonaviy metodikalar, ilg’or xorijiy tajribalar va psixologik yondoshuvlar asosida tashkil etilayotgan 40 soatga mo‘ljallangan ushbu seminarlarda 1 ming 200 dan ziyod metodistlar malakalasini oshirish rejalashtirilmoqda.
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida yosh avlodga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 21-noyabr kuni Qo‘rg’ontepa tumanidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, metodistlari hamda tarbiyachilari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda "Tinchlik qadri" videofilmi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Arziyev, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonova hamda targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ertamiz egalari bo‘lgan yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda ta'lim vakillari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Танқидий таҳлил ва шахсий жавобгарлик
••••••••••••••••••••••
Асака тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги умумий ўрта таълим муассасалари директорлари ва маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари иштирокид "Долзарб ўн кунлик" доирасида ўтказилган вилоят ишчи гуруҳини ўрганиш натижалари юзасидан танқидий-таҳлилий муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.  25-умумий ўрта таълим мактабида  ўтказилган мазкур йиғилишда вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғининг ўринбосари Г.Омонова ва туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Т.Газибаевалар қатнашиб, ишчи гуруҳи аниқлаган камчилик ва нуқсонлар юзасидан масъул мутасаддиларга зарур кўрсатма ва топшиқлар бердилар.

Туман ҳокимлиги
Матбуот хизмати