Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
42.5K subscribers
28.1K photos
6.82K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
BIZNES OMBUDSMAN HAMDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI XODIMLARI "YASHIL MAKON" AKSIYASIDA ISHTIROK ETISHDI

🍀Biznes Ombudsman hamda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari tomonidan boshlangan «Birgalikda daraxt ekamiz» chellenji Andijon tumanidagi ta'lim muassasasida ham tashkil etildi.

“Yashil makon” umumilliy harakatining kuzgi mavsumini samarali tashkil qilish va hududlarni xususan ta'lim muassasalarini ko‘kalamzorlashtirish ishlarida tadbirkorlik sub’yektlari ham o‘zining xissasini qo‘shmoqda.

Andijon tumanida tashkil etilgan mazkur loyiha doirasida tadbirkorlarning ishtirokini samarali tashkil etish yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi va amaliy ishlarga o‘tib, manzarali va mevali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida yosh avlodga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-noyabr kuni Qo‘rg’ontepa tumanidagi ta'lim muassasalari rahbarlari, maktab ma’naviyatchilari va psixologlari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda "Tinchlik qadri" videofilmi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Arziyev, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonova hamda targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan o'quvchilar davomatini qat'iy nazorat qilish, chet davlatlariga chiqib ketishni oldini olish, joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ertamiz egalari bo‘lgan yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda maktab ma'naviyatchilari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fidoyi o'qituvchi
U o'z maoshidan a'lochi o'quvchilarga stipendiya beradi.

🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈

📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.

#my5tv #markaziytv #markaziystudiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jadidchilik harakati haqida film yaratildi

Jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan "Armon" filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

❗️Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi.

👉Filmni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbek tilida : https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z

Rus tilida : https://youtu.be/ze7UeuFAozc?si=eM_HGt2h2mXp44y5

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI METODISTLARI MALAKASINI OSHIRISHGA QARATILGAN O’QUV SEMINARLARINING 3-BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitish maqsadida hududlarda o‘quv haftaliklari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-24-noyabr kunlari Andijon viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi asosida o‘quv jarayonlari tashkil etilmoqda.

Zamonaviy metodikalar, ilg’or xorijiy tajribalar va psixologik yondoshuvlar asosida tashkil etilayotgan 40 soatga mo‘ljallangan ushbu seminarlarda 1 ming 200 dan ziyod metodistlar malakalasini oshirish rejalashtirilmoqda.
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida yosh avlodga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 21-noyabr kuni Qo‘rg’ontepa tumanidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, metodistlari hamda tarbiyachilari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda "Tinchlik qadri" videofilmi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Arziyev, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonova hamda targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ertamiz egalari bo‘lgan yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda ta'lim vakillari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.