Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
42.6K subscribers
28.1K photos
6.82K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | CHET TILLARINI O'QITISHDA YANGI METODIKALAR 15.11.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Joriy yilning 16-noyabr kuni "Buloqboshi tumani 23-umumta'lim maktabida qurilishlar tugamayapti" sarlavhasi ostidagi xabarlarga

MUNOSABAT


Mazkur holat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Ushbu ta'lim muassasasidagi qurilish-ta'mirlash ishlariga ma'sul bo'lgan qurilish tashkiloti bilan tuman hokimligi qurilish bo'limi hamda tuman MMTBlar tomonidan uchrashuv o'tkazilib qurilish ta'mirlash ishlari davom ettirilishiga kelishib olindi.
ANDIJONLIK O‘QITUVCHI MAOSHIDAN A’LOCHI O‘QUVCHILARIGA STIPЕNDIYA BЕRDI

“O‘quvchilarim ko‘zidagi quvonch olayotgan maoshimdan ko‘ra ko‘proq huzur bеradi”
, — deydi Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova.

30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan ijodkor pedagog ta’lim jarayoniga ko‘plab yangiliklarni joriy etib, o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan ularning qiziqishini fanga oshirib kelmoqda.

Yorqinoy Mamatisaqova o‘z ustida ishlab, tinimsiz izlanishi jarayonida xorijlik pedagoglar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yaxshi tajribadan xabar topdi. Bu tajribani o‘zi ta’lim beradigan 10-"B" sinfida o‘tkazib ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Fidoyi pedagog 1-chorak yakuni bo‘yicha 4 nafar a’lochi o‘quvchini aniqlab, ularga sinf rahbarligi uchun to‘lanayotgan maoshidan "Ustoz stipendiyasi" berishni yo‘lga qo‘ydi. Yana 12 nafar a’lochi o‘quvchilarini taqdirlab, kelgusida boshqa o‘quvchilarning ham yaxshi o‘qishi uchun motivatsiya bera boshladi.

— II chorakdan stipendiya olish uchun ko‘p o‘quvchilarim harakat qilmoqchi. Bir oyda sinf rahbarlik uchun oladigan maoshim o‘quvilarimga ketsa ham ularni rag‘batlantirishdan zavqlanaman. Boisi, bu stipendiyani joriy qilganimdan so‘ng o‘quvchilarimning ota-onasi qo‘ng‘iroq qilib, rahmat aytishdi. Farzandi uyga pul solingan konvertni ochmay olib borib, ota-onasiga berganini quvonch bilan gapirishdi. Oila davrasida ochilgan konvertni uy to‘riga qo‘yib qo‘yishibdi. O‘quvchilarim ko‘zidagi quvonch menga u olayotgan maoshimdan ko‘ra ko‘proq huzur berdi.


Sinfda tarbiyasi og‘ir o‘quvchilari ko‘p bo‘lgani uchun har bir o‘g‘il-qiz qiziqishini aniqlab olib, jamoaviy o‘yinlar tashkil etadi. Natijada, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ham ustozi bilan yaqin munosabatda bo‘lib, sinfda ta’lim sifati oshishiga erishiladi.

Batafsil:https: https://uzedu.uz/y3/news/1333


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Вилоят ҳокими топшириқларига асосан куз-қиш мавсумига тайёргарлик кўриш ишлари янада жадаллаштирилди.

Андижон шаҳридаги 2-кичик даҳа ҳудудида жойлашган 38-ДМТТ фаолияти вилоят раҳбари томонидан ўрганилиб, бир қанча камчиликлар юзасидан алоҳида кўрсатмалар белгилаб берилган. Кўрсатмалар асосида масканда бир қанча қўшимча ишлар ташкил этилмоқда.

Ҳозирда маскандаги иситиш тизимининг барқарор ишлаши таъминланган. Ер майдонларида кузги экинлар экилиб, ҳудудни ободонлаштириш, бино қисмларида кузги қўшимча таъмирлаш жараёнлари амалга оширилмоқда.

Саҳифа: @andpress
Forwarded from Xo'jaobod tumani MMTB
Бугун Хўжаобод тумани 40-Давлат ихтисослаштирилган Мактаб-Интернатида Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинганлигининг 32 йииллиги муносабати билан байрам тадбири бўлиб ўтди.

Тадбирда бир гуруҳ фахрий харбийлар иштирок этиб, улар муассасада ўзининг билимга тиришқоқлиги, фидойилиги ва Ватанга бўлган муҳаббати ҳамда устозлари томонидан берилган топшириқларни ўз вақтида бажариб келаётганлиги билан бошқа тенгдошларига наъмуна бўлаётган “ВАТАН ТАЯНЧИ” отряди аъзоларига Ўзбекистон Республикаси Мудофаа Вазирининг “ВАТАН ТАЯНЧИ” БОЛАЛАР ВА ЎСМИРЛАР ҲАРБИЙ ВАТАНПАРВАРЛИК ҲАРАКАТИ
кўкрак нишони топширилди.

https://t.iss.one/Xojaobod_MMTB