Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
43K subscribers
28K photos
6.82K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Joriy yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik tashkilotlari tomonidan “Vektor 4.0” (Rossotrudnichestvo) hamda Qozon federal universiteti tashabbusi bilan yurtimiz maktab o‘quvchilari uchun ta’lim “Hakaton” startaplar tanlovi o’tkazildi.

Quvonarlisi ushbu tanlovda viloyatimiz sharafini himoya qilayotgan Xonobod shahridagi 2-umumta’lim maktabining tashabbuskor o‘quvchilari tanlov natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni egallаb sovrindorlar qatoridan joy oldilar.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ularning ustozlari, ota-onalariga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda iqtidorli o‘quvchilarning kelgusidasidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qoladi.
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida yosh avlodga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 13-noyabr kuni Asaka tumanida 7-umumta’lim maktabida muassasa o‘quvchilari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda "Tinchlik qadri" videofilmi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyat hududiy boshqarmasi vakili F.Rustamova, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonova va targ'ibot guruhi a'zolari tomonidan o'quvchilar davomatini qat'iy nazorat qilish, chet davlatlariga chiqib ketishni oldini olish, joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ertamiz egalari bo‘lgan yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda maktab ma'naviyatchilari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.
ANDIJON VILOYATIDAGI TA’LIM MUASSASASALARI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYOR

(Fototasvirlarda:Jalaquduq tumanidagi 18-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti)

Jalaquduq tumani MMTB matbuot xizmati
ANDIJON VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI TOMONIDAN YANGI LOYIHA

“Yashil Andijon” ko‘rik-tanlovi

Yurtimizda jonajon O'zbekistonimizni yanada obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish, uni toza va ozoda saqlash, atrof muhitga ehtiyotkorona munosobatda bo‘lish ishlarini yangi bosqichga olib chiqilishi munosabati bilan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “Yashil Andijon” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalari quyidagi dastur havolasi orqali murojaat etishlari mumkin.
(https://t.iss.one/Media_probot)

Barcha andijonlik ziyolilarni “Yashil Andijon” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI HAMDA VODIY1.UZ TAHRIRIYATI TOMONIDAN E'LON QILINGAN "BAYROG'IM-FAXRIM, G'URURIM" KO'RIK-TANLOVIGA YUBORILGAN IJODIY ISHLAR

(Qo'rg'ontepa tumanidagi 65-Ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchilari)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Байроғим – фахрим, ғурурим” танлови!

Андижон вилоят ҳокимлиги ташаббуси билан  Андижон вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси Vodiy1.uz нашри билан ҳамкорликда 18 ноябрь — давлат байроғимиз қабул қилинган кун муносабати билан видеороликлар танловини эълон қилади.

Танловда Андижон вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси тизимидаги мактаблар ўқувчилари ўзларининг ўзгача креатив ёндашув билан олинган видеороликлари билан иштирок этмоқда.

Видеороликлар Vodiy1.uz каналида овозга қўйилмоқда.

Энг кўп овоз олган видеоролик муаллифига Андижон вилояти ҳокимлиги махсус совғаси ва "MegaTourism Sayyohlik Agentligi"нинг 3 кишилик Самарқанд ва Бухоро шаҳарларига йўлланмаси, Иккинчи ўрин соҳибига махсус соврин ва "MegaTourism Sayyohlik Agentligi"нинг юқоридаги шаҳарларга икки кишилик йўлланмаси, 3 ва 4 ўринларга соврин ва 2 ва бир кишилик йўлланмалар топширилади.

Овоз бериш 17 ноябрь соат 22:00 гача давом этади

Овоз бериш мана бу жойда
Forwarded from Ta'lim nazorati
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida onlayn Bebras olimpiadasi tashkil qilinadi

1-4 dekabr kunlari — Bebras musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik darajasidan qatʼiy nazar, barcha 4-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi. 

Bebras musobaqasi o‘quvchilarning  savodxonligi va ilmiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

📅 Musobaqa o‘tkazilish jadvali:
🔸 4-sinflar, 1-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 5-6-sinflar, 2-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 7-8 sinflar, 3-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

🔸 9-10-11-sinflar, 4-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha.

Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

7-11-sinflar eng yuqori ballar olgan ishtiroqchilar uchun ikkinchi bosqich 2024-yil yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan Yangi O‘zbekiston Universitetida offlayn tarzda tashkil etiladi. G‘oliblar uchun sovg‘alar mavjud.


Musobaqa oo.uzedu.uz tizimida o‘tkaziladi.

Natijalar 4 dekabr soat 22:00 dan keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar bo‘limida e'lon qilinadi.

🖥 Ushbu olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tng 👉 https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Forwarded from Hilola Umarova
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.