Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
43.2K subscribers
28K photos
6.82K videos
109 files
10.6K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologdan_tavsiyalar

Tanqidning 4 oltin qoidasi

Ota-onalar farzandlarining xatti-harakatlariga nisbatan juda ko‘p tanqidiy munosabatlarda bo'ladilar. To’g’ri, tanqid ba’zan juda zarur, lekin har narsada bo'lgani kabi bunda ham me’yor bo‘lgani yaxshi. Ammo bolani tanqid qilishda juda ham ehtiyotkor bo‘lish zarur.

Bir qator shartlarga rioya qilingan holda qilingan to‘g‘ri tanqid doimo yaxshilikka yo‘naltiriladi.

Respublika tashxis markazi psixologlari tomonidan berilgan ushbu tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Marafon doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob - bilim bulog‘i”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim - faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol bo‘yicha “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “Yetakchi ekspress”, “Sport - tinchlik elchisi” kabi mavzularda 11 ta aksiya, ko‘rgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy- adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Loyihaning asosiy maqsadi bugungi globallashuv davrida yoshlarning ta’lim-tarbiyasini tizimli yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan madaniy hordiq dasturlarini joriy etish orqali bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g'oyaviy tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish hamda ilm-fan va ma’rifatga qiziqtirishdan iborat.

Farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboli hamda yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, 4-10-noyabr kuni Andijon shahridagi 56-umumta’lim maktabida Respublika fan olimpiadasining Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan 1 ming 362 nafar iqtidorli o‘quvchilar 5 ta fanlar kesimida o‘zaro bellashdilar.

Joriy yilning 10-noyabr kuni ushbu fan olimpiadaning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 45 nafar bilimdon o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida boshqarma boshlig‘i R.Karimov tomonidan yosh avlodni bilimli va barkamol qilib tarbiyalash yo‘lida ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlar sohiblariga alohida pul mukofotlarining ta’sis etilganligi ham kelajagimiz egalariga motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi zarur ekanligi ta’kidlandi.
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN RESPUBLIKA MA'NAVIYAT MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA “BIZ BIR BOʻLSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” SHIORI OSTIDA “MAʼNAVIYAT MARAFONI” LOYIHASI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN TADBIRLARDAN LAVHALAR.

(Andijon shahridagi ta'lim muassasalari)

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati