Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
43.1K subscribers
28K photos
6.82K videos
109 files
10.6K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HAMDA ANDIJON VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMKORLIGIDA “MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMIDAGI O‘ZGARISHLAR: HUQUQIY ASOSLAR, MUAMMO VA YECHIMLAR, XORIJIY TAJRIBALAR (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)”


MAVZUSIDAGI MINTAQAVIY ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILADI.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ichiga oladi:

1-yo‘nalish: Maktabgacha ta’limga innovatsion yondashuv: muammo va yechimlar.

2-yo‘nalish: O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim modernizatsiyasiga yo‘naltirilgan davlat siyosati va uning asosiy jihatlari.

3-yo‘nalish: Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning dolzarb masalalari.

4-yo‘nalish: Aniq fanlar va IT-informatsion texnologiyalarni o‘qitish samaradorligini oshirishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar.

5-yo‘nalish: Tabiiy fanlar sohasining rivojlanish istiqbollari.

6-yo‘nalish: Jismoniy tarbiya va sport sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

7-yo‘nalish: Maktab o‘quvchilarini ikki xorijiy til va bitta kasbni egallab bitirishlarini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirish:

Konferensiyada ishtirok etish bepul bo‘lib, qatnashish istagidagi pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari o‘z muallifligidagi maqolalarini Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi quyidagi
(@Adpi_konferensiya_2023) havola orqali yuborishlari mumkin.

Maqolalar joriy yilning 25-noyabrga qadar qabul qilinib, 30-noyabr kuni elektron to‘plam holatida nashr etiladi.

Konferensiya yig‘ilishi joriy yilning 4-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Barcha ziyoli ustozlarimiz va ta’limga befarq bo‘lmagan keng jamoatchilik vakillarini konferensiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida yosh avlodga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 8-noyabr kuni Asaka tumanidagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, ma’naviyatchilar hamda psixologlar ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda "Tinchlik qadri" videofilmi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Arziyev, tuman hokimi N.Mo’minov va targ'ibot guruhi a'zolari tomonidan o'quvchilar davomatini qat'iy nazorat qilish, chet davlatlariga chiqib ketishni oldini olish, joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ertamiz egalari bo‘lgan yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda maktab ma'naviyatchilari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologdan_tavsiyalar

Tanqidning 4 oltin qoidasi

Ota-onalar farzandlarining xatti-harakatlariga nisbatan juda ko‘p tanqidiy munosabatlarda bo'ladilar. To’g’ri, tanqid ba’zan juda zarur, lekin har narsada bo'lgani kabi bunda ham me’yor bo‘lgani yaxshi. Ammo bolani tanqid qilishda juda ham ehtiyotkor bo‘lish zarur.

Bir qator shartlarga rioya qilingan holda qilingan to‘g‘ri tanqid doimo yaxshilikka yo‘naltiriladi.

Respublika tashxis markazi psixologlari tomonidan berilgan ushbu tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Marafon doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob - bilim bulog‘i”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim - faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol bo‘yicha “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “Yetakchi ekspress”, “Sport - tinchlik elchisi” kabi mavzularda 11 ta aksiya, ko‘rgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy- adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Loyihaning asosiy maqsadi bugungi globallashuv davrida yoshlarning ta’lim-tarbiyasini tizimli yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan madaniy hordiq dasturlarini joriy etish orqali bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g'oyaviy tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish hamda ilm-fan va ma’rifatga qiziqtirishdan iborat.

Farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboli hamda yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, 4-10-noyabr kuni Andijon shahridagi 56-umumta’lim maktabida Respublika fan olimpiadasining Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan 1 ming 362 nafar iqtidorli o‘quvchilar 5 ta fanlar kesimida o‘zaro bellashdilar.

Joriy yilning 10-noyabr kuni ushbu fan olimpiadaning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 45 nafar bilimdon o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida boshqarma boshlig‘i R.Karimov tomonidan yosh avlodni bilimli va barkamol qilib tarbiyalash yo‘lida ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlar sohiblariga alohida pul mukofotlarining ta’sis etilganligi ham kelajagimiz egalariga motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi zarur ekanligi ta’kidlandi.