Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
43.3K subscribers
27.9K photos
6.82K videos
109 files
10.6K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
HUDUDLARDA O'QITUVCHILARNI TA'LIM JARAYONLARINI YANADA YAXSHILASH YUZASIDAN TAKLIFLARINI O'RGANISH, MUAMMO VA ULARNI YECHIMLARI BILAN ISHLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA BAG'ISHLANGAN QURULTOYDAN LAVHALAR

(Fotolavhalar:Asaka tumani)

Asaka MMTB matbuot xizmati
HUDUDLARDA O'QITUVCHILARNI TA'LIM JARAYONLARINI YANADA YAXSHILASH YUZASIDAN TAKLIFLARINI O'RGANISH, MUAMMO VA ULARNI YECHIMLARI BILAN ISHLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA BAG'ISHLANGAN QURULTOYDAN LAVHALAR

(Fotolavhalar:Bo'ston tumani)

Bo'ston MMTB matbuot xizmati
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
INSTITUT PROFESSOR-O'QITUVCHILARI TOMONIDAN DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA SEMINAR-TRENINGLAR OLIB BORILMOQDA

🔰Har sohada jadal rivojlanayotgan mamlakatimizda xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o’rganishga bo’lgan e'tibor, qiziqish va talab kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa pedagog xodimlarga yangi o’quv adabiyotlarini yaratish, chet til o’qitishning interfaol usullarini amaliyotga joriy etish, turli ta’lim musssasalari bilan hamkorlik qilish, o’zaro aloqalarni kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Ayni shu maqsadda Andijon davlat chet tillari institutining "Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi" kafedrasi professor-o'qituvchilari M.Yaqubova, Sh.Moydinova, B.Jalilov, H.Abduvaliyeva, D.Mahkamova, A.Ataboyev va talabalar Andijon shahridagi 4-DMTTda bo'ldilar va u yerda chet tili o'qitish bo'yicha tarbiyachilarga uslubiy ko'maklar berdilar.

📌©️Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🌐Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇

🌍adchti.uz📝
Telegram 📝Facebook💻Instagram🎞YouTube
XO‘JAOBODDA O‘QUVCHILARNI IKKITA TIL VA BITTA KASBNI EGALLASHLARINI TA’MINLASH MAVZUSIDA VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI

Xabaringiz bor, viloyat hokimi tashabbusi bilan viloyatimizdagi ta'lim muassasalarda yosh avlodni bilimli va raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda ularga kasb-hunar sirlarini o'rgatish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilib bir qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ta'lim muassasalaridagi o'quvchilarini ikkita til va bitta kasbni mukammal egallashlarini ta'minlash maqsadida joriy yilning 7-noyabr kuni Xo‘jaobod tumanidagi 14-umumta’lim maktabida viloyat seminari tashkil etildi.

Ochilish marosimida so‘z olgan boshqarma boshlig‘i R.Karimov hamda tuman hokimi O‘.Shukurovlar tomonidan ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar yoshlar hayotida o‘z aksini topishi alohida ta’kidlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar ushbu maktab kesimida kasb-hunarga o‘rgatish ustaxonalari va xorijiy tillar yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ushbu maktabda yo‘lga qo‘yilgan tajribalar bilan tanishdilar.

Seminar so‘nggida boshqarma rahbariyati, nuroniylar, tumandagi ta’lim fidoyilari va pedagoglar ishtirokida “Yashil Makon” aksiyasi ham tashkil etildi.