Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
43.6K subscribers
27.9K photos
6.81K videos
109 files
10.6K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | TA'LIM MASKANLARIDA QISHGA TAYYORGARLIK ISHLARI YUZASIDAN HUDUDIY KO'RGAZMALI SEMINAR 03.112023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | KO'ZI OJIZ VA ZAYIF KO'RUVCHI BOLALAR INTERNATI. ASAKA TUMANI 03.112023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida yosh avlodga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-noyabr kuni Marhamat tumanidagi ta'lim muassasalari rahbarlari va maktab ustozlari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda "Tinchlik qadri" videofilmi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonova hamda Viloyat otinoyisi Sh.Qosimovalar tomonidan o'quvchilar davomatini qat'iy nazorat qilish, chet davlatlariga chiqib ketishni oldini olish, joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ertamiz egalari bo‘lgan yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda maktab ma'naviyatchilari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♻️Булоқбоши туманидаги 4-умумий ўрта таълим мактабида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида туман ҳокими Ў.Мамуров ташаббуси билан мактаб ўқитувчилари ва ўқувчилари ҳамкорлигида “Устозлар” ва “Битирувчилар” боғи барпо этилди.

Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати
@buloqboshipress
#SAT
#Andijon_shahri

📣 Andijon shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tadigan SAT imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.

📆Imtihon sanasi: 2023-yil 2-dekabr
📃Imtihon turi: Digital
💸Imtihon narxi: $103
🔗Ro'yxatdan o'tish: 🌐 Bu yerda
📍Manzil: Andijon shahridagi Prezident maktabi

📌Ro‘yxatdan o‘tishning so'nggi muddati 17-noyabr bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.

📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati 

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Joriy yilning 5-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati MMTBning obuna uchun pul sarflamoqda mazmunidagi xabarlar yuzasidan

MUNOSABAT


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi "Ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-294-sonli qarori 1-bandining b-qismida 2023-yildan boshlab tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusxa davriy bosma nashrlar va 67 nusxa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusxalarini yuborish amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni xarid qilib olish tartibi joriy qilinadi-deya ta'kidlangan.

Bunda, tegishli davlat organlari tomonidan xarid qilib olish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Aynan mazkur qaror asosida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi 10 xil turdagi nashrlar obunasi uchun shartnoma imzolagan.

Boshqarmaning Majburiy ijro bo'limi tomonidan qarz mablag'lari yuqorida ko'rsatilgan qaror ijrosini ta'minlash maqsadida shartnomalar imzolanishiga mutlaqo aloqasi yo'q bo'lib, mavjud qarzlar bosqichma-bosqich to'lab borilishi rejalashtirilayotganligini ma'lum qilamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi

Yangi - formativ-summativ baholash tizimiga o’tgan tajriba-sinov maktablarida ilk bor I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash jarayonlari bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasiga asoslangan ushbu tizim va jarayonlar haqida o’qituvchilar hamda o’quvchilar fikriga quloq tutdik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#doktorant_minbari

Ilmiy izlanish olib borish bilan maktab taʼlimi rivojiga qanchalik hissa qo‘shish mumkin?

Maktab taʼlimi samaradorligida mavjud muammolarga ilmiy yechimlar berishda bugun tadqiqotchidan nimalar talab qilinadi?

Yuqoridagi savollar bilan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti doktorantiga yuzlandik. Doktorant minbari loyihamizning bu galdagi suhbatdoshi Aziza Usmonova.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Асосий фан олимпиадалари бошланди
——————
Ўқувчи-ёшларни билим кўникмаларини янада ривожлантириш ва уларни ҳар томонлама қўлаб-қувватлаш мақсадида Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан “Асосий фан олимпиадалари” синовлари ташкил этилди.

Жорий йилнинг 4-10 ноябр кунлари 9-11 синф ўқувчилари ўртасида ўтказилиши режалаштирилган олимпиадаларида 1 минг 356 нафар билимдонлар математика, физика, информатика, кимё ва биология фанлари бўйича беллашадилар.

Ҳудудий босқич ғолиблари, ота-оналар, устозлар ва жамоатчилик вакиллари иштирокида бўлиб ўтган очилиш маросимида вилоят ММТБ раҳбари мазкур беллашувларда барча ўқувчиларга омад тилади.

@andpress