Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
42.1K subscribers
28.3K photos
6.86K videos
109 files
10.7K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
✍️ Вазир ўринбосари томонидан Андижондаги мактабларнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди

Юртимизда ёш авлодга муносиб таълим-тарбия бериш, бунинг учун таълим муассасаларида етарлича шарт-шароитлар яратиш масалаларига алоҳида эътибор берилмоқда.

💎 Жорий йилнинг 25 октябрь куни Халқ таълими вазири ўринбосари Иброҳим Жўраев томонидан вилоятдаги таълим муассасаларини 2022-2023 йилги куз-қиш мавсумига пухта тайёрлаш борасида олиб борилаётган ишлар, мавжуд муаммо ва камчиликлар муҳокама этилди.

🔔 Вазир ўринбосари туман, шаҳар халқ таълими бўлимлари эксплуатация хизматларининг мазкур масалаларга доир саволларига жавоб бериб ўтди.

Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/792

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Xorijiy tillar
🇺🇿🤝🇫🇷 Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Fransiya elchixonasi tomonidan YANGI loyiha!

Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start beramiz! Gʻoliblar 2022-yil dekabr oyida Fransiyaning Nitsa shahriga yoʻl olishadi!

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich shartlari:

1. Ishtirokchilar 2 yil va undan yuqori pedagogik tajribaga ega universitet yoki maktabda fransuz tili oʻqituvchisi boʻlishi lozim;
2. B1 va undan yuqori xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari kerak (DELF, DALF, TCF);
3. Tanlov ishtirokchisi ilgari Fransiya hukumati yoki Agentlik tomonidan taqdim etilgan grantlar sohibi boʻlmagan boʻlishi lozim.

2-bosqich shartlari:
1. Saralangan ishtirokchilar Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan suhbatdan oʻtadilar

🏆Tanlov gʻoliblari 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi!

🕒 Tanlovga arizalar 31 oktyabr 23:59 gacha qabul qilinadi!

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola 👉 LINK
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun + 998 90 9373917 raqamiga murojaat qiling

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН

Юртбошимиз томонидан халқ билан мулоқот ва инсон қадрини улуғлаш йўналишида қатор ислоҳотларни йўлга қўйиш, халқни рози қилиш масалаларида тизимлар мутасаддиларини бевосита жойларга чиққан ҳолда ўрганиш ишларини амалга ошириши юзасидан бир қатор кўрсатма ва топшириқлар белгилаб берилган.

Ушбу топшириқлар ижросини таъминлаш жорий йилнинг 28 октябр куни Жалақудуқ тумани Педагогика коллежида соат 10:00да Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси бошлиғи томонидан қабул ўтказилишини маълум қиламиз.

Ҳурматли фуқаролар!
Сизларда халқ таълими соҳасига оид қизиқтирган масала ёки тизимни ривожлантириш бўйича таклифлар мавжуд бўлса ҳудудингиздаги халқ таълими бўлими мудири ёки вилоят халқ таълими бошқармасига мурожаат килишингиз мумкин.

Мурожаат учун: +998918781571
Ўзбекистон Республикаси Карлар жамияти раиси Г.Шодиева бошчилигидаги республика ишчи гурухи аьзолари ҳамда вилоят прокуратураси бўлим бошлиғи Х.Джалолов Хўжаобод туманидаги 17-кар болалар ва заиф эшитувчи болалар махсус-мактаб интернатида бўлдилар.

Ташриф буюрувчидар мактабларда дарс жараёнларининг ташкил этилиши, ўқувчиларга яратилган шароитлар ва уларни қийнаб келган муаммоларни ўргандилар.

Аниқланган ижобий ишларни оммалаштириш ва аниқланган камчиликларни бартараф этиш юзасидан масьулларга тегишли кўрсатмалар берилди.
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI |ANDIJON SHAHRI 4-MAKTABDA OCHIQ DARS 26.10.2022 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Forwarded from ANDIJON_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | XO'JAOBOD TUMANI. 17-MAXSUS MAKTAB INTERNATI 27.10.2022 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Live

Юртбошимиз томонидан халқ билан мулоқот ва инсон қадрини улуғлаш, халқни рози қилиш масалаларида тизимлар мутасаддиларини бевосита жойларга чиққан ҳолда ўрганиш юзасидан берган топшириқлари ижросини таъминлаш мақсадида Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси томонидан Жалақудуқ туманидаги Педагогика коллежида "Сайёр қабул" ўтказилмоқда.

Сайёр қабулда бошқарма бошлиғи в.б Гулхаё Омонова томонидан фуқаролар ва педагоглар томонидан билдирилаётган мурожаатлар ўрганилмоқда.

Сайёр қабул давом этмоқда...
#Tavsiya_qilamiz

📍 VILOYATDAGI RASMIY YANGILIKLARDAN BIRINCHILARDAN BO'LIB XABARDOR BO'LING

Ayni tezkor va shiddatli davrda axborotdan to'g'ri foydalanish, siz izlayotgan ma'lumotlar ishonchli manbalarga asoslanganligi eng muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Andijon viloyati hokimligining rasmiy kanali sizni aynan ana shunday axborotlar bilan ta'minlab turadi. Bu yerda siz:

👉 Eng ishonchli
👉 Eng tezkor
👉 Eng foydali
👉 Eng xolis yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.

🌐 Andijon viloyati hokimligining rasmiy kanali: https://t.iss.one/andpress.
#Эслатма

Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси томонидан куз-қиш мавсумининг кириб келиши муносабати билан вилоятдаги барча туман (шаҳар) халқ таълими бўлимлари қошида ишонч телефонлари фаолияти йўлга қўйилди.
Forwarded from IZBOSKAN TUMAN MMTB
Rasul Kusherbayevga Izboskan tumanida 15-DIMI faoliyati tog'risidagi murojaat yuzasidan rasmiy numosabat 

Maktab-internatida 300 o’rinli yotoqxona, 300 o’rinli oshxona mavjud. 2021-yilda ta’lim muassasasida kapital rekonstruksiya amalga oshirilgan bo’lib, yangi yotoqxona binosi qayta jihozlanib foydalanishga topshirilgan.

Oktabr oyida ob-havoning keskin pasayib ketishi munosabati bilan muassasa yotoqxonasida isitish ishlari 2022-yil 19-oktabr kunidan  boshlandi. Qozonxona quvurlaridagi suvni to’kib yangilash jarayonida 2 soat vaqt mobaynida isitish tizimida yuzaga kelgan holat uchun ma’muriyat ota-onalardan uzr so’raydi. Kelgusida bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun barcha choralar belgilandi.

Maktab-internati 9-sinf o’quvchilarining ota-onalaridan birining 27-oktabr kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kusherbayev Rasul Xidiraliyevich  kanaliga yo’llagan murojaati ta’lim  muassasasining Kasaba uyushmasiKuzatuv kengashi, Ota-onalar qo’mitasi a’zolaridan tarkib topgan  Ishchi guruhi tomonidan tezkorlik  bilan o’rganib chiqildi.

2022-yil 28-oktabr kuni o’quvchilar, ota-onalar ishtirokida yig’ilish va suhbatlar o’tkazildi. Ta’lim muassasasida o’quvchilarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan ota-onalarning fikr va takliflari o’rganildi.

Yig’ilish yakuni bo’yicha o’quvchilarga yaratilgan  sharoitlarni yanada yaxshilash, ovqat sifatini oshirish,  kuz-qish mavsumini  barqaror o’tkazish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ma'lumot uchun:
15-DIMI da 297 nafar iqtidorli o’quvchilarga  35 nafar yuqori malakali pedagoglar ta’lim-tarbiya bermoqda. 2020-2021 o’quv yilida maktab-internatini bitirgan 29 nafar 11-sinf o’quvchilarning barchasi (100 %) oliy  o’quv yurtlariga o’qishga qabul qilingan;

2021-2022 o’quv yilida 44 nafar bitiruvchidan 41 nafari (93 %) i oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishga muyassar bo'lgan. 2021-2022-o’quv yili yakunlari bo’yicha 15-DIMI tumanda 1-o’rinni, viloyatda 18-o’rinni respublikada 95-o’rinni  qo’lga kiritdi.

Izboskan tumanidagi 15-DIMI ma’muriyati