Andijon mahallalari
3.4K subscribers
3.53K photos
1.09K videos
5 files
640 links
🇺🇿O'zbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

📲 Murojaat uchun: +998742233006
Download Telegram
“Mahalla ligasi” sport musobaqasi o‘tkazildi

Oltiqo‘l va Bo‘ston tumanlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish va mahallalararo hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Mahalla ligasi” sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 30 yoshdan yuqori fuqarolar ishtirok etib, turli sport turlari bo‘yicha bellashdilar. Jami 59 ta mahalladan kelgan ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbirda tuman hokimliklari, Mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va sport tashkilotlari vakillari qatnashdi. Eng asosiysi, ishtirokchilarning jamoaviy ruhdagi harakatlari yuqori baholandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI.

🔹Mahallani qo'llab-quvvatlash kengashining birinchi yarim yillik yakuniga bag'ishlangan "Mahalla raisi - bu mahallaning vijdoni" mavzusida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🔹Kengash yig‘ilishida "mahalla yettiligi"ga mas'ul bo'lgan boshqarma, ijtimoiy va kommunal sohalarning viloyat rahbarlari, shuningdek tuman (shahar) hokimlari ishtirok etdilar.

🔹Yigilish kun tartibiga ko'ra, kambag'allikni qisqartirish, ishsizlik, jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olish. Murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarini mahallaning o'zida hal qilish. “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish. Yoshlar bandligini ta'minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va “Raqamli mahalla” tizimini joriy etish kabi dolzarb masalalar yuzasidan mas'ullar tomonidan o'tgan olti oy davomidagi hisobotlari tinglandi.

🔹Shuningdek, yig‘ilish yakunida yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan aniq rejalar belgilab olindi.

Sahifa @and_mahalla
2
⚡️"Raqamli mahalla" raislar uchun beminnat ko'makchi

Xabaringiz bor, hozirgi kunda O'zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyati to'liq raqamlashtirilib, "Raqamli mahalla" platformasi joriy etildi. Mazkur plaforma ayni paytda takomillashtirilib, hamkor tashkilotlar bilan integratsiya qilindi.

Andijon viloyatida “Raqamli mahalla” platformasidan samarali foydalanishga qaratilgan o'quv seminarlari ish boshladi. Uning dastlabkisi Mahamat tumani mahallalari raislari uchun tashkil etildi.

Mazkur seminar doirasida platformaning imkoniyatlari, yangi joriy etilgan modullar hamda tizimlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, Marhamat tumani hokimi “Raqamli mahalla” platformasi imkoniyatlarini yuqori baholab, mazkur tizimni faoliyatga keng joriy etish zarurligini qayd etdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️ “Mening mahallam” filmining umummilliy taqdimoti o‘tkaziladi

⚡️ Joriy yilning 26-iyul kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi hamkorligida “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan suratga olingan "Mening mahallam" nomli musiqali komedia janridagi badiiy filmining umummilliy taqdimoti o‘tkaziladi.

🎥 Mazkur film taqdimoti nafaqat O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida, balki respublikamizning barcha viloyatlarida ham bir vaqtning o‘zida tomoshabinlarga namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu esa film taqdimotini haqiqiy umummilliy voqeaga aylantiradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

🎬 Filmda o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat, hamjihatlik, qiyin va quvonchli kunlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lish kabi yuksak insoniy fazilatlar yorqin tasvirlangan.

Kinokartinada rollarni Dilorom Karimova, Farxod Abdullayev, Shohruh Hamdamov, Lola Eltoyeva, Tolib Moʻminov, Moʻmin Ibrohimov kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.


Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#foydali_malumot

Moychechak (romashka) choy — sokin uyqu uchun.

Yalpiz choy — ovqat hazm qilish uchun.

Zanjabil
(imbir) choy — ko‘ngil aynishi va kuyishga qarshi.

Matcha ko‘k choy — qarishga qarshi.

Qora choy — suyaklar salomatligi uchun.

Ko‘k choy — tetiklik uchun.


Sahifa @and_mahalla
👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla ligasi” sport musobaqasi o‘tkazildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish va mahallalararo hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Mahalla ligasi” sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 30 yoshdan yuqori fuqarolar ishtirok etib, turli sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

Sahifa @and_mahalla
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таваллуд куни муносабати билан хорижий давлатлар, ҳукуматлар, парламентлар, нуфузли халқаро ташкилотлар, етакчи хорижий компаниялар раҳбарлари, таниқли жамоат, дин ва спорт арбоблари, мамлакатимизнинг барча ҳудудлари ва хориждаги юртдошларимиздан самимий қутловлар келмоқда.

Мактубларда Ўзбекистон Президенти раҳбарлигида аҳоли фаровонлигини ошириш, мамлакат барқарорлиги ва изчил тараққиётини таъминлаш, унинг халқаро нуфузини мустаҳкамлашга қаратилган ортга қайтмас сиёсий ислоҳотлар ва ижтимоий-иқтисодий янгиланишлар дастурини самарали амалга ошириш борасида эришилган юксак натижалар қайд этилган.

Президентимизга мустаҳкам соғлик ва масъулиятли давлатчилик фаолиятида янги муваффақиятлар, Ўзбекистоннинг кўп миллатли халқига эса тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилаклари изҳор этилган.

Шунингдек, бугун давлатимиз раҳбарининг кўплаб мамлакатлар етакчилари билан телефон орқали мулоқотлари режалаштирилган.

В связи с днем рождения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают сердечные поздравления от глав иностранных государств, правительств, парламентов, авторитетных международных организаций, ведущих зарубежных компаний, видных общественных, религиозных и спортивных деятелей, наших соотечественников со всех регионов страны и за рубежом.

В посланиях отмечаются достигнутые под руководством Президента Узбекистана высокие результаты в области эффективной реализации программы необратимых политических реформ и социально-экономических преобразований, направленных на повышение благосостояния населения, обеспечение стабильности и устойчивого развития страны, укрепление ее международного авторитета.

Выражаются искренние пожелания крепкого здоровья и новых успехов в ответственной государственной деятельности, а также мира, благополучия и процветания многонациональному народу Узбекистана.

Сегодня также предусматривается проведение Президентом нашей страны телефонных разговоров с главами ряда государств.

Facebook|Instagram|X
1