AIQI_iqtidorlari
85 subscribers
1.36K photos
148 videos
48 files
509 links
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining iqtidorli talabalari ijod namunalari yoritilib boriladigan rasmiy kanal
Download Telegram
Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институтида иккинчи таълимда ўқиш истагини билдирган талабгорлардан суҳбат асосида имтиҳон жараёни бўлиб ўтди.

Маълумотларга кўра институтнинг 5 та таълим йўналишига жами 52 талабгор ҳужжат топширган бўлиб, улар белгиланган меъёрларга асосан суҳбатдан ўтмоқда.

Натижалар 30 августгача институтнинг расмий сайтида эълон қилинади. Талабаликка тавсия этилган талабгорлар ўқишни иккинчи курсдан тўлов-контракт асосида давом эттириш имконига эга бўладилар.
SO‘RAGAN EDINGIZ

«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak?

👆👆👆

#yoshkitobxon

16-maydan boshlab «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar mazkur bot orqali davom etadi.

🔎https://t.iss.one/yoshkitobxonuz
4️⃣ Bor yoʻgʻi 4 ta qadam bilan "Spark" mina olishingizga ishonasizmi? Ishonavering, Siz uddalaysiz!

Nima qilish kerak deysizmi?
❗️Shunchaki ushbu postni koʻrib chiqing.

📚Xullas ham kitob oʻqing,
🚙 ham "Spark" mining!

💫 Omadingizni bersin!

📲 Ro'yxatdan o'tish @yoshkitobxon_bot.

👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/yetakchi_kundaligi
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли профессор-ўқитувчи ва азиз талабалар.

Техник сабабларга кўра телеграм каналимизни янгиладик. Бугундан бошлаб янгиликлар, ахборотлар, эълонлар ва муҳим хабарлар янги канал орқали бериб борилади.

Каналга ўтиш: 👉 t.iss.one/aiqi_uz

Каналимизни ҳозирги кундаги обуначилари 664 тани ташкил қилмоқда. Ўйлаймизки барча обуначиларимиз янги каналга обуна бўлишади. Қадирли кузатувчилар сизларни янги каналда кутиб қоламиз.

Matbuot xizmati
⚡️⚡️⚡️Mandat e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@alisher_sadullaev
⚡️Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Prezidentimizning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan, talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi natijasida 2022/2023-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

@alisher_sadullaev
Йиллик тўлов-контракт.pdf
138.2 KB
⚡️2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir nafar talabaning to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori.

@alisher_sadullaev
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining bir guruh ko'ngilli va faol yoshlari O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan viloyat tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

20 kundan buyon davom etayotgan ushbu tayyorgarlikda talabalarimizga yetarli shart-sharoitlar yaratib berayotgani, yotoqxona, 3 mahal issiq ovqat, bayramona kiyim-bosh bilan ta'minlaganligi uchun institut rektori N.S.To'ychiboyevga minnatdorchilik bildiramiz.
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли профессор-ўқитувчи ва азиз талабалар.

Техник сабабларга кўра мазкур телеграм каналимиз фаолияти тўхтатилди.

Барчангизни янги каналга ўтиб, бундан чиқиб кетишингизни сўраймиз.

Каналга ўтиш: 👉 t.iss.one/aiqi_uz

Matbuot xizmati
Янги каналга тезроқ ўтишларингизни сўраб қолардик.

Бу канални ёпиб қўямиз.
Channel photo removed
Channel name was changed to «AIQI_iqtidorlari»
Assalomu alaykum! Men uchun aziz va qadrli bo'lgan Talabalar! Ko'nglimdan joy olgan Qalbi yaqinlarim! Barchangizni bugungi juma ayyomi bilan muborakbod etaman. Bundan tashqari aytmoqchimanki, barchaning o'z hayot yo'lida kimlar bilandir hamroh bo'lishiga va yana qayerdadir yo'llar ayro tushib ayrilishiga to'g'ri keladi. Bugun sizlar bilan mana shunday ayro tushadigan vaqtimiz ekan, qalbimda katta bir og'riq bilan sizlardan ayrilayotganimni aytmoqchiman. Ollohim barchangizni panohida asrasin! Barchangizning qalbingizdagi ezgu orzu-maqsadlaringizga yetkazsin! Sof vijdon bilan aytamanki, qo'limdan kelganicha sizlar uchun mehnat qildim va hammangizni juda-juda yaxshi ko'rdim! Har biringizning qalbimdagi o'rningiz alohida. To'g'ri, ko'p qattiq tekkan, tergagan, hatto qo'l ko'targan vaqtlarim ham bo'ldi, ammo hech birini chin yurakdan, sizni yomon ko'rib qilmadim. Kimingiznidir dilingizni bilmay og'ritgan bo'lsam - meni kechiring! Mendan rozi bo'linglar! Men barchangizdan rozi va minnatdorman! (Iloji boricha o'z guruhlaringizga ham tarqating, bu har bir talabam uchun aytishim lozim bo'lgan so'zlarim)