PIIMA Bitiruvchilar Kengashi
669 subscribers
230 photos
13 videos
74 links
©️Ixtisoslashtirilgan Ta'lim Muassasalari Agentligi Bitiruvchilar Kengashi

Rasmiy:
📱https://instagram.com/alumni_piima
🖥https://youtube.com/@alumni_piima
💻https://www.facebook.com/piima.alumni
📲https://www.linkedin.com/company/105930172
Download Telegram
#bitiruvchilar_qurultoyi
#yopilish_marosimi

BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI

📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.

📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:

🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.

📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.

🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.

💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yal va Princeton kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi.

Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥41❤‍🔥1🥰1
🎓 Qurultoy yakunlandi, ammo taassurotlar hali-hanuz davom etmoqda!

Qurultoy doirasida o‘tkazilgan “Kiberxavfsizlik – Raqamli dunyoda o‘zini himoya qilish” mavzusidagi trening o‘quvchilarimiz uchun eng esda qolarli va ilhomlantiruvchi tadbirlardan biri bo‘ldi.

🧑‍💻 Tadbirimizning faxrli mehmoni – O‘zbekistonning yetakchi kiberxavfsizlik mutaxassisi, HAAD o‘quv markazi asoschisi va yuzlab yoshlarni sohaga ilhomlantirgan inson – Saud Abdulwahed bo‘ldi.

🔐 Trening davomida ishtirokchilar:
Kiberxavfsizlik gigiyenasi asoslari,
Axloqli xaker bo‘lish yo‘llari,
Bu sohaga bo‘lgan ehtiyojning dolzarbligi haqida chuqur tushunchalar oldilar.


🎁 Tadbir yakunida Saud Abdulwahed janoblari o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi, o‘z hayotiy tajribalari bilan bo‘lishdi va har bir savolga samimiy javob berdi.

🔎 Bu uchrashuv:
✔️ Yangi qarashlar,
✔️ Aniq maqsadlar,
✔️ Hamda ongli texnologik dunyoda o‘z o‘rnini topishga undov bo‘ldi.


🛡 Raqamli dunyoda o‘zingni himoya qila bilish — har bir yosh uchun zarur ko‘nikma.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 You tube | 🌐 Facebook | 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4❤‍🔥3🔥3🌚1🏆1
▶️ Bitiruvchilar Qurultoyi – OAVning e'tibor markazida

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Bitiruvchilar Qurultoyi doirasidagi tadbirlar, shuningdek, bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari tomonidan taqdim etilgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va ishlanmalar yurtimizning yetakchi OAVlarida keng yoritildi:

🚫 Oʻzbekiston 24 | Bitiruvchilar Qurultoyi

🚫 OʻzA | Ta’limda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori

🚫 Sevimli TV | Yoshlar va innovatsiyalar

🚫 Mening Yurtim | Qurultoy tafsilotlari

🚫 Toshkent | Съезд выпускников

Qurultoy - yoshlarning bilim va g‘oyalarini namoyishida muhim bir maydonga aylandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 You tube | 🌐 Facebook | 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥43👍2🤝1
🚀 UniSat 2025 – Qizlar uchun xalqaro aerokosmik muhandislik turniri

Agar siz fazo, muhandislik, IT yoki ilmiy izlanishlarga qiziqsangiz — bu loyihani o‘tkazib yubormang! UniSat – bu O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun noyob imkoniyat.

🔍Sizni nimalar kutmoqda?
4 oylik online va offline kurslar: radioelektronika, dasturlash, kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldoshlar orqali Yer kuzatuvi va meteorologiya bo‘yicha bilimlar
Amaliy mashg‘ulotlar va jamoada ishlash ko‘nikmalari
Soft va Hard Skills’larni rivojlantiruvchi Space Talents dasturi
Haqiqiy CubeSat (nanosputnik) yig‘ish, uni stratosferaga uchirish va ilmiy hisobot tayyorlash


🗓 Ishtirokchilar ro‘yxatga olinmoqda – joylar soni cheklangan!
150 nafar qiz tanlanadi, ulardan eng faol 20 nafari CubeSat yig‘ish turnirida qatnashadi.

🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: unisat.uz

⭐️ O‘z orzularingiz sari ilk qadamni qo‘ying – biz bilan birga fazoni zabt eting!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 You tube | 🌐 Facebook | 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍31🔥1🤝1
🚀 Startup Garage hamjamiyatiga qo‘shilishga tayyormisiz?

Aynan o‘sha imkoniyat qaytdi!
Agar sizda g‘oya bo‘lsa yoki shunchaki startap olamiga sho‘ng‘ishni istasangiz — bu jamoa aynan siz uchun!


♾️ Startup Garage hamjamiyati sizga nima beradi?
🔹 Kelajakdagi co-founder’larni uchratish imkoniyati
🔹 Turli loyihalar ustida ishlayotgan jamoalar bilan tanishish
🔹 Startap, texnologiya, mahsulot yaratish haqida chuqur bilim
🔹 Asoschilardan foydali maslahatlar va real tajribalar
🔹 Yangiliklar, savol-javoblar, umumiy muhokama — hammasi bitta joyda
🔹 Foydali shablonlar, tayyor resurslar va qo‘llanmalar


👥 Universitet talabalari va bitiruvchilar uchun real o'sish va bilim olish uchun eng yaxshi imkoniyat.

🛫 Qo‘shilish uchun @alumni_association ga murojaat qiling. Shoshiling, joylar soni cheklangan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 You tube | 🌐 Facebook | 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
🇺🇿 Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kunlari.

Davlatimiz rahbari 68 yoshni qarshilamoqdalar, fursatdan foydalanib mamlakatimizdagi barcha yoshlar nomidan Prezidentimizga uzoq umr, sihat salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin muhtaram Prezident!

Hurmat bilan,

Bitiruvchilar Kengashi jamoasi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 You tube | 🌐 Facebook | 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥432🔥1🤩1🏆1