AlQuranuz-Shayx Alijon qori
136K subscribers
4.24K photos
1.82K videos
3 files
5.04K links
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Download Telegram
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON SHIORI

“Bas, faqat Allohgagina qoching …”
(“Zoriyot” surasi, 50-oyat).

Ushbu oyatni Ramazon shiori qilib oling!
👉 Gunohlardan, harom ishlardan, g’aflatdan va osiylikdan qochib, Allohga sig’ining!

❗️ Zero, “Allohga qochayotganlar” oz emas, siz ulardan ortda qolishni istamasangiz kerak?!

Shashtingiz pasaysa, dangasalik kayfiyati paydo bo’lsa, Allohga qochayotganlar”dan ortda qolayotganingizni o’ylang!

👉 Shunda sizdagi shijoat va himmat yana yangilanadi!

🤲 Allohim! Bizni Ramazonda Sening roziliging uchun yelib-yuguradiganlardan qilgin!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

SIZ RO’ZADORSIZ

Va ularga johillar xitob qilsa, “Salom”, deydilar” (“Furqon” surasi, 63-oyat).

👉 Ramazonda turli haqorat yoki kamsitishlarga duch kelishingiz tabiiy.
❗️ Unutmang! Siz ro’zadorsiz!

Johillar bilan teng bo’lib, ularga javob qaytarishingiz sizga munosib emas!

Zero, hamma aytilgan so’z ham javobga loyiq emas!

🤲 Allohim! Ramazonda bizni xushmuomalalik xulqi bilan ziynatla!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON UCHUN DO’ST

Va sodiqlar ila birga bo’linglar” (“Tavba” surasi, 119-oyat).

Ramazon uchun do’stlaringizni tanlab oling!
👉 Ro’za tutishingizga yordam beradigan …
👉 Tarovihlarda yelkama-yelka qoim turadigan …
👉 Savob va yaxshi ishlard siz bilan musobaqalashadigan do’stlarni tanlang!

❗️ Chunki do’stingizning siyrati, odati, axloqi va tutgan yo’li sizga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Zero, Rasululloh ﷺ shunday deganlar: “Kishi o’z do’stining dinidadir. Shunday ekan, kim bilan do’st bo’layotganingizga nazar soling” (Abu Dovud, Termiziy va Ahmad rahimahullohlar rivoyati).

🤲 Allohim! Bizga Ramazonni sodiq do’stlar bilan o’tkazishni nasib et!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZONNI G’IYBATDAN SAQLANG

Bir-birlaringizni g’iybat qilmanglar! (“Hujurot” surasi, 12-oyat).

Ramazonda qilgan savob amallaringizni muhofaza qiling!

G’iybatdan ehtiyot bo’ling!

👉 G’iybat qanchadan-qancha ro’zadorlarning savobini ko’kka sovurgan!
👉 G’iybat qanchadan-qancha solihlarning amalini bekor qilgan!
👉 G’iybat qanchadan-qancha insonlarni Allohning g’azabiga duchor qilgan!

🤲 Allohim! Ramazonimizni g’iybat ofatidan muhofaza et!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON IKROMI

“Yo’q! Balki szlar yetimlarni IKROM qilmassizlar”
(“Fajr” surasi, 17-oyat).

Ushbu oyatda ikrom qilishga targ’ib bor.

Yetimlarga, miskin va faqirlarga faqat moddiy yordam berish bilan cheklanmay, ularni ikrom qilish darkor.

Ramazonda xayru ehson ko’p bo’ladi. Shu bois bu oyda IKROM xulqi shakllantirib olish maqsadga muvofiq.

❗️ IKROM nima?

👉 Hurmat qilish;
👉 Yaxshilik qilish;
👉 Go’zal muomala qilish;
👉 Saxiylik qilish;
👉 Izzat-ikrom qilish;
👉 Obro’sini, sha’nini himoya qilish;
👉 Past nazar bilan qaramaslik;
👉 Xo’rlamaslik;
👉 Baxillik qilmaslik …

🤲 Allohim! Ramazonda buzni ikrom xulqi ila ziynatlagin!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON TAROZISI

Ular namozga doimo dangasa hollarida kelarlar va doimo yoqtirmay infoq qiladilar” (“Tavba” surasi, 54-oyat).

Ramazon mazkur ikki yomon xislatni davolash uchun qulay fursat!

Tarovih namoziga borishdan oldin imoningizga nazar soling!
❗️Dangasalikni his qilyapsizmi? Uni darhol muolaja qiling!

Kimgadir zakot berayotganingizda yoki infoq-ehson qilayotganingizda o’zingizni qanday his qilyapsiz? Og’rinyapsizmi?
❗️ Qalbingizdagi dunyo muhabbatini ozaytiring!

Imoningizni Ramazon tarozisiga soling!

🤲 Allohim! Ramazonda imonimizni mustahkam qil!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON YIG’ISI

Infoq qilishga narsa topa olmaganlaridan mahzun bo’lib, ko’zlaridan yoshlar to’kiladi (“Tavba” surasi, 92-oyat).

Ha, shunday insonlar ham bor! Ular biror savobli amaldan mahrum bo’lib qolsalar, ko’zlarida yosh paydo bo’ladi.

Siz-chi?! Bomdodda uxlab qolib, namoz o’qimaganingiz uchun yig’laganmisiz!
Tarovih namozini qoldirganingiz uchun mahzun bo’lganmisiz?

❗️Unutmang! Ramazonda solih amallarning savobi bir necha barobar ko’paytirib beriladi!

Shunday ekan, Ramazonda qila olmagan savobli amal uchun bir necha bor ko’proq yig’lashimiz kerak!

🤲 Allohim! Ramazondagi savob amallarni qoldirmay bajarish uchun bizga quvvat ato qil!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON TAVBASI

“… Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni
sevadi (“Baqara” surasi, 222-oyat).

Agar biror gunoh ishga qo’l urgan bo’lsangiz, nafsingizga shunday deng:
👉 Bu jangda shaytonga yengilding!
👉 Lekin umudingni butkul uzma!
👉 Zero, Alloh tavbalarni qabul qiladi!
👉 Alloh nafaqat tavbani qabul qiladi, balki tavba qiluvchini yaxshi ko’radi ham!

So’ng tavbangizni amalda isbotlang:
👉 Gunoh qilgan barmoqlaringiz bilan tasbeh va istig’for ayting!
👉 Ko’zlaringiz osiyligini Qur’on sahifalariga nazar solib yuving!
👉 Oyoqlaringiz xatosini tarovihlarda qoim bo’lib o’chiring!
👉 Tilingizdan chiqqan nojo’ya so’zlarni Allohning zikri bilan poklang! …

🤲 Allohim! Ramazonda bizni chin tavba qiluvchilardan qil!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON MUHABBATI

“Va U mag’firat qiluvchi, muhabbati zo’r zotdir”
(“Buruj” surasi, 14-oyat).

Agar kimgadir ozor berib, so’ng undan uzr so’rasangiz, sizni kechirishi mumkin.
❗️ Lekin sizga nisbatan yana muhabbat paydo bo’lmaydi, sizdan ko’ngli qoladi.
Agar Allohga tavba qilib, mag’firat so’rasangiz, U sizni kechiradi.
❗️ Agar tavbangiz chin bo’lsa, Alloh sizni sevadi : Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi (“Baqara” surasi, 222-oyat).

Ramazonda Allohning mag’firati va muhabbatini qozonib qoling! Bu oyda ko’proq tavba va istig’for ayting!

🤲 Allohim! Ramazonda O’z mag’firating va muhabbatingdan bizni baxramand qil!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON XARAJATI

“Bas, kim zarra og’irlikda yaxshilik qilsa ham ko’radir”
(“Zalzala” surasi, 7-oyat).

👉
Agar Alloh sizni kechirishini istasangiz, siz ham kechirimli bo’ling!
👉 Agar Allohning rahmatini xohlasangiz, odamlarga mehribonlik qiling!

Ramazonda Allohdan nima so’ramoqchi bo’lsangiz, o’sha narsani odamlarga ulashing!

Ramazon “xarajati”ni Allohdan nimani istashingizga qarab sarflang!

🤲 Allohim! Ramazonda bizga “kasodga uchramaydigan” tijorat bergin!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZON SUHBATI

“Va badbaxt undan
(va’z-nasihat, eslatmadan) chetda bo’ladir” (“A’la” surasi, 11-oyat).

Ramazon – va’z-nasihat, mav’iza va ilmiy suhbatlar oyi.
Alloh bularni bir so'z bilan “ESLATMA” deb nomlagan.

Ramazondagi ESLATMAlardan g’aflatda qolmang!

❗️ Chunki bu eslatmalarda sizning dunyo va oxiratdagi baxt-saodatingiz kaliti yashiringan!

Baxtli bo’lishni istaysizmi? Unda Ramazon ESLATMAlariga quloq tuting!
❗️Zero, oyatda aytilganidek: “Va badbaxt undan chetda bo’ladir”.

🤲 Allohim! Ramazondagi ilmiy suhbatlardan manfaat olishni nasib et!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

RAMAZONDAGI G’IYBAT

Bir-birlaringizni g’iybat qilmanglar (“Hujurot” surasi, 12-oyat).

Kunduzi kunning issig’ida ro’za tutasiz …
Tunlari bedor bo’lib tarovih namozlarida qoim bo’lasiz …
Qur’onni xatm qilib, zikru duolar bilan mashg’ul bo’lasiz …
Xayru ehson qilib, insonlarning hojatini ravo qilasiz …
Turli savob amallarni bajaraman deb, yelib-yugurasiz, xorib-charchaysiz …

❗️ So’ng bir kishi keladi va siz mashaqqat bilan bajargan mazkur amallaringizni tortib oladi!

‼️ Bu – Ramazondagi g’iybat!

©️ Ahmad Iso al-Ma’saroviy

🤲 Allohim! Ramazonda bajargan solih amallarimizni g’iybatga “yem” qilmagin!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON__SHUKUHI

FARISHTALAR SALOMI

“Sabr qilganingiz uchun sizlarga salom bo’lsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!!!”
(“Ra’d” surasi, 24-oyat).

Bu farishtalarning jannat ahliga aytadigan salomi!
Siz ham bu so’zlarni eshitishni istaysizmi?

Unda:
👉 Ochlikka sabr qiling!
👉 Tashnalikka chidang!
👉 Tarovihlardagi xatmi Qur’onlarga bardosh bering!
👉 Nafsingiz istaklariga qarshi turishda chimdamli bo’ling!

Shunda Rayyon jannatida farishtalar sizni ham mazkur salom bilan qarshi oladi, insha Alloh.

🤲 Allohim! Rayyon jannatida farishtalarning salomini eshitishni barchamizga nasib qil!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON_SHUKUHI

02.03.2025 sanada "Mirbobo Ota" jome masjidida bo'lib o'tgan ilmiy ma'rifiy suhbatdan video lavhalar.


Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RAMAZON_SHUKUHI

04.03.2025 sanada "Eshon Buva" jome masjidida bo'lib o'tgan ilmiy ma'rifiy suhbatdan video lavhalar.


Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM