Allaev Uz
14.4K subscribers
1.62K photos
424 videos
15 files
1.79K links
www.asaxiy.uz internet-do'koni ( @asaxiyuz ) va Asaxiy Books nashriyoti ( @asaxiybooks ) asoschisi, tadbirkor.

Bog'lanish: [email protected]

Anonim murojaat: https://t.iss.one/questianonbot?start=332983-1839_605745778b

Reklama: @asaxiymedia
Download Telegram
Yangi yildan hayotini oʻzgartiradiganlar mavsumini ochiq deb eʼlon qilaman. Eslatib oʻtaman, mavsum oʻrtacha 15-20 kun davom etadi.


#atomodatlar
@allaevuzb
Bitkoin 16 yoshga kiribdi.

2009-yil 3-yanvar kuni Satoshi Nakamoto ilk 50ta bitkoinni generatsiya qiladi.


#kripto
@allaevuzb
Bitkoin haqida gap ketsa, mana bu voqeani eslayman:

2010-yilda Laszlo Hanyecz 10000 bitkoinga bir dona pitsa sotib olgan. Bu tarixda kriptovalyuta vositasida qilingan ilk xariddir. 2024-yilga kelib bitkoin narxi 100 000 AQSh dollariga yetdi. Bu 2010-yildagi o'sha pitsani tarixdagi eng qimmat pitsaga aylantiradi. U bugungi kursga urilsa, 1 mlrd dollarga tenglashgan boʻladi.


#kripto
@allaevuzb
Forwarded from Rashid Tojiboev (heyrashid)
​​Aviabiletlarning narxi: nega yoningizdagi yo‘lovchi sizdan arzon (qimmat) to‘lagan? Nega Amazon’da bir xil mahsulot narxi bir necha barobar farq qiladi? Starbucks’dagi qahvaning boshqalarida qanday farqi bor, yoki McDonald’s burgerlarini-chi? Nima uchun Nike kompaniyasining Vyetnamdagi ishchilari oyiga 1$ evaziga ham ishlashga rozi? Nega 2008-yilgi inqirozda kompaniyalar kelajakda qurilishi kerak bo‘lmagan uylarni qurdi va oqibatda Yevropa va Yaponiya davlatlari zarar ko‘rdi?

Bir mahsulot ichki bozordan ko‘ra tashqi bozorda arzonroq sotilsa, nega uni qayta bojxonada ichki bozorda foyda bilan sotmaymiz? Tahoe haydash orzungiz shimolliklarga qanchaga tushishini bilasizmi? Nima uchun foyda daromaddan ustunroq? Kichik (katta) guruhlarning o‘zaro tez kelisha olishining (olmasligining) sababi nimada? Hammamiz pirogdagi ulushimizni emas, uni kattarishini o‘ylashimiz kerakmi? Xalqaro savdoda bir davlatning muvaffaqiyati boshqa davlatning mag‘lubiyatini anglatadimi?

Ushbu savollarning javobini "Yalang‘och iqtisodiyot" kitobidan topasiz. Bu kitob sodda insonlar uchun iqtisodiyotni o‘rgatuvchi kitob emas. Aksincha, u iqtisodiyotni hech qachon o‘qib o‘rganmagan aqlli kishilarga atalgan.

👉@rashidtojiboev👈
Sun'iy intellekt masalasida xavotirlarni prognoz qilishganda bir narsada adashishdi.

Necha yildan beri sun'iy intellekt ish o'rinlarini olib qo'yishi haqida xavotirlar yangraydi. Bu xavotirlar asosan eng oddiy ishchilar eng birinchi o'z ishlarini yo'qotishlarini aytishadi. Amalda, bugun butunlay boshqa holatni ko'rmoqdamiz. Sun'iy intellekt kuzatuv, ma'lumotlar yig'ish va tavsiya evaziga hamshiradan ko'ra shifokorning ishini olib qo'yishi ehtimoli ko'proq bo'lmoqda. Unga ma'lumotlarni kiritsa, u to'g'ri tashxis qo'yib, dori yozib berishini tizimlashtirish osonroq. Lekin, inson tomiriga igna suqish sun'iy intellekt qilishi qiyin bo'lgan ish.

Xuddi shunaqa, sun'iy intellekt qishlog'imizdagi sartarosh Qo'ldosh akaning emas, Tokio markazidagi stilistning o'rnini olib qo'yish ehtimoli kattaroq bo'lib qolmoqda. Chunki oddiy dasturiy ta'minot yuz va bosh o'lchamlari, soch va terining rangidan, modadan kelib chiqib, sizga mos turmakni stilistdan yaxshiroq tanlab berish ehtimoli oshib bormoqda.

Sun'iy intellekt musiqa bastalashi oddiy darajaga tushib qoldi. Natijada, sun'iy intellekt konservatoriyada dars beradigan professor bastakorning o'rnini egallashi ehtimoli to'ylardagi "Shurik doiradast"ning o'rnini olib qo'yish ehtimolidan katta. Shunchaki, Shurik aka sun'iy intellekt bastalagan musiqani dumirlatib cholaveradi to'yda.


Xullas, yaqin 30-40 yilda demografiya maummosidan qiynalayotgan birinchi dunyoga xizmatlar sohasida juda katta hajmda kadrlar kerak bo'ladi. Til biladigan, tolerant, jamiyat va davlat qonunlarini hurmat qiladigan, boshqalarga muammo yaratmaydigan migrant oltinga teng bo'ladi.

Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz.

#mulohaza
@allaevuzb
Hozirda yozilayotgan tweetlarning 20 foizidan ortig‘i sun’iy intellekt tomonidan ya’ni robotlar tomonidan yozilayotgani aytilmoqda. Bu o‘n millionlab soxta profillar borligi, ular boshqalarni inson ekanligiga ishontirib, insondek kontent yaratayotganini anglatadi. Instagramdagi go‘zal qizlarning necha milliontasi hozirda amalda sun’iy intellekt orqali yaratilayotganini hatto bilmaymiz ham.

Buni nimasi yomon dersiz. Bu o‘ta xavfli jarayon. Deylik, siz ijtimoiy tarmoqda kim bilandir bahsga kirishdingiz. Siz argumentlaringiz kuchli bo‘lsa, narigi tomonning fikrini o‘zgartirishingiz, kamida ta’sir o‘tkazishingiz, o‘z fikringizni himoya qilishingiz mumkin. Endi, fikrini o‘zgartirmaydigan sun’iy intellekt bilan bahsga kirishdingiz. U hech qanaqasiga sizning fikringizni qabul qilmaydi, o‘zinikini o‘zgartirmaydi. Uning vazifasi o‘z algoritmlaridan foydalanib sizning fikringizni o‘zgartirish bo‘lishi mumkin. Bu vaziyatga unga sizga qarshi millionlab botlar yordamga kelishi mumkin. Siz qancha bahsga kirishsangiz, u sizni shunchalik tahlil qiladi va shunchalik yaxshiroq biladi. Bu unga sizga ta’sir qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Tarixda birinchi marta insoniyatni ommaviy manipulyatsiya qilish, xohlagan yo‘nalishga burib yuborish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Bunga qarshi Daniel Dennetning maqolasini o‘qib qoldim. Bu manga juda qiziqarli tuyuldi. Daniel Dennit sun’iy intellektga qarshi xuddi soxta pulga qarshi kurashgandek kurashadigan qonun taklif qilmoqda. Pul paydo bo‘lgandan beri uni soxtalashtirish imkoniyati texnik tomondan doim mavjud bo‘lgan. Agar bu imkoniyat erkin bo‘lganda, butun boshli moliya tizimi savol ostiga qo‘yilar, insoniyat taraqqiyoti bu kunga yetib kelmagan bo‘lardi. Soxta pullarni taqiqlash va qat’iy jazo evaziga, butun dunyo moliya tizimi ming yillar davomida yashab qoldi. Hozirda bor naqd pul massasining faqatgina bir foizi soxta ekanligi taxmin qilinadi. Shu uchun ham odamlar pulga va moliyaga ishonadi.

Pulni soxtalashtirishga qarshi beayov kurashilganidek, Daniel Dennet insonni soxtalashtirishga qarshi ham beayov kurashish kerakligini aytmoqda. Pulga ishonchni saqlab qolishdi hukumatlar qat’iy bo‘lganidek, insonlarga ishonchni saqlab qolishda ham hukumatlar qat’iy bo‘lishi kerak. Sun’iy intellektdan oldin bir kishi o‘zini boshqa kishining o‘rniga davo qilsa, u qonunan qattiq jazolangan. Endi shu ishni sun’iy intellekt qilsa, hozircha jazo mexanizmi mavjuda emas. Endi sun’iy intellekt o‘zini odam o‘rniga ko‘rsatish imkoni paydo bo‘lgach, u insonlar o‘rtasida ishonchga, shuningdek ijtimoiy tartibga putur yetkazishi mumkin.

Dennerga ko‘ra, hukumatlar soxta insonlarni soxta pulni taqiqlagandek qat’iyat bilan taqiqlashlari kerak. Gap faqat alohida shaxsning deepfake videosini yaratish va tarqatish haqida ketmayapti. Umuman, xohlagan bot yoki robotni o‘zini inson o‘rnida tanitishga taqiq qo‘yish haqida ketmoqda. Qonun qabul qilinsa, texnik tomondan platformalarni bunga majburlash imkoniyati nazariy tomondan mavjud va amalga oshirsa bo‘ladi.

Yangi zamon bizga yangi muammolar taqdim etmoqda.

#mulohaza
@allaevuzb
Eng ko'p tabiiy resurslarga ega mamlakatlar:

▪️ Rossiya. Tabiiy resurslarning umumiy qiymati: 75 trillion dollar.
▪️AQSh. Tabiiy resurslarning umumiy qiymati: 45 trillion dollar.
▪️ Saudiya Arabistoni. Tabiiy resurslarning umumiy qiymati: 34 trillion dollar.
▪️ Kanada. Tabiiy resurslarning umumiy qiymati: 33 trillion dollar.
▪️ Eron. Tabiiy resurslarning umumiy qiymati: 27 trillion dollar.

#qiziq
@allaevuzb
Ilon Maskning haqiqat haqidagi davolari mani xavotirga soladi. U twitter orqali haqiqatga erishish, haqiqatni topish haqida ko‘p gapiradi. Shuningdek, sun’iy intellekt haqiqat himoyachisi bo‘lishi kerakligi, u haqiqatni topishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlaydi.

Tarixan, haqiqatga davo qilganlar insoniyat uchun xavf bo‘lgan. Oldin davo haqiqatni topishdan boshlangan, keyin mening yoki bizning haqiqatimiz haqiqiy haqiqat degan davoga o‘tilgan. Yakunda, tanlangan haqiqiy haqiqatni qabul qilmaydiganlar jazolangan, qon oqqan, urushlar bo‘lgan. Gitler ham, Stalin ham yoki boshqa har qanday xavfli g‘oya, ularning boshchilari haqiqatni davo qilishgan. O‘zlarining haqiqatlarini haqiqiy haqiqat deb, ko‘nmaganlarga ozor yetkazishgan.

Haqiqat nisbiy tushuncha, makonga, zamonga, muhitga qarab o‘zgaradi. Bir kishining, bir guruhning, bir millatning, bir g‘oyaning haqiqati boshqasinikidan farq qiladi. Va haqiqatning o‘zi ham zamonga qarab o‘zgarib boradi. Hatto, ilm-fanning haqiqati ham o‘z-o‘zini tuzatish mexanizmi sababli o‘zgarib boradi.

Umumiy, tarixiy voqelikni ko‘rsa, haqiqatni davo qilgan har qanday ideologiya, shaxs yoki guruh mani xavotirga soladi.

Ilon Mask buyuk tadbirkor, innovator. Lekin, u twitter orqali saylovlarda pozitsiya olgandan boshlab uni faqat tadbirkor sifatida ko‘rishni bas qilish kerak. Endi u siyosatchi, siyosiy figura. Xavfliligi, uning qo‘lida boshqa siyosatchilardan farqli ravishda katta informatsion infratuzilma bor. Bu uning xavfini yanada oshiradi.

#mulohaza
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Худди шундай" YouTube канали 2-жаҳон уруши ҳақидаги бир неча қисмли видеолар чиқараётган эди. Бу мавзу ҳақидаги сонлар тугаши арафасида яна бир катта мавзуга қўл уришибди: Салиб юришлари.

Яқинда бу мавзудаги видеолар циклининг биринчи сони чиқибди. Унда салиб юришининг бошланишига олиб келган ҳолат ва илк юришлар қандай кечгани ҳақида маълумот берилган. Ёутубеънинг ўзбек сигментида мавзуларни бир бирига улаб, тушунтириб барадиган лойиҳаларни кўпаётгани одамни хурсанд қилади.

Қўллаб қувватлаш керак: www.youtube.com/watch?v=3lkxnkFnmmw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Спайдер-Ман: Милес Моралес ўйинида қишки вайб жуда кучли акс эттирилган. Қорли Манҳаттан кўчалари, ёритилган бинолар ва совуқ ҳавода курашаётган Милес ўйинга ўзига хос атмосферани олиб келади. Ўйин давомида, қишки манзаралар ва шаҳар қор билан қопланган бўлиб, енгил шамол ва қор томчилари таъсирини кучайтиради. Бу ҳолат ўйиннинг ҳиссий томонини янада бойитади ва қишки шаҳар муҳитида жаҳонни қутқариш учун курашиш ҳиссини кучайтиради.

Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/Kh3mn5DtxWw?si=ovkFpYXYCJWtmkf6
Sun'iy intellekt haqida gap ketganda, chatdan boshqa nima qildi oʻzi deb aytishmoqda.
Bu sun'iy intellekt hayotga qanchalik kirib borganligini tushunmaslikdandir.
Bugunning oʻzida kompyuterlar bizga kredit berish yoki bermaslik, bizni ishga olish yoki olmaslik, hatto bizni jazolash yoki jazolamaslik kabi qarorlarni bermoqda. Algoritmlar kuchaygan sari sunʼiy intellektning qaror berish imkoniyati sizning hayotingizda koʻplab masalalarni hal qilib boradi. Sizga yoqadimi yoki yoʻqmi, katta ehtimol bilan koʻp masalalarda taqdiringizni aynan sunʼiy intellekt hal qiladi. Nima isteʼmol qilishingizdan boshlab, nimaga ishonishingiz va qanday yashashingiz kerakligigacha.


#mulohaza
@allaevuzb
Trampning Grenlandiya va Kanada haqidagi chiqishlarini ko‘pchilik muhokama qilmoqda. Rossiya misolida urushni ko‘rgan odamlarimiz shunchaki AQSH xohlab G‘arb davlatini bosib oladi deb o‘ylashmoqda. Ukraina ssenariysiga hammasi yaqindek.

Bu AQSH, o‘zi umuman birinchi dunyodagi siyosiy murakkablikni anglamasdan turib qilinadigan sodda xulosadir. Aslida bu navbatdagi piar va "ritorika"dan boshqa narsa deb o‘ylayman. Buni anglash uchun birinchi dunyodagi siyosiy murakkabliklarni, vakolat va qarorlar qanaqa taqsimlanishini biroz anglash yetarli bo'ladi.

Hozirgi yangi davr populist siyosatchilar davri bo‘ldi. Trampni ham mana shu populizm hokimiyatga olib keldi.
Hozir butun madaniy dunyo uning ustidan kulib turibdi. Chunki birinchi dunyoda bir kishi yoki bir guruhning xohishi bilan bunaqa katta ishlarni qilib bo‘lmaydi. Demokratik dunyoda siyosat va iqtisodiyot inklyuziv institutlar o‘rtasidagi muvozanat orqali shakllangan. Bu institutlarning birlamchi vazifasi tiyib turuvchi mexanizmlardir. Aynan shu tiyib turuvchi mexanizmlar taraqqiyotning asosidir. Endi AQSHda senat, fuqarolik jamiyati va boshqa institutlar qarshiligisiz boshqa bir mamlakat hududini egallashga harakatni faraz qilib ko'ring. Trampga bu yo‘nalishda hatto bir bir qadam tashlashga ham yo‘l qo‘yishmaydi.

Albatta, bu kabi ritorikani Putin kabi diktatorlardan emas, AQSH prezidentidan eshitish xavotirli. Lekin, bu ulardagi siyosiy murakkablik sabab reallikka aylanishdan juda yuqori ssenariy.

Hatto, bu AQSHning o‘zidan o‘tib, reallikka aylangan holatda ham dunyo muvozanatini izdan chiqaradigan holat bo‘ladi. Daniya NATOning asoschi mamlakatlaridan. U Yevropa Ittifoqining ham a’zosi. Avtomatik tarzda Grenlandiya Yevropa ittifoqi hududi hisoblanadi. Endi AQSHni o‘zining eng yaqin siyosiy va harbiy hamkorlariga urush ochish ssenariysini o‘ylab ko‘ring. Bu ssenariy yaqin kelgan holatda hozircha o'zini tiyishga majbur Xitoy, Rossiya va Eronning harakatlarini faraz qiling.

Donald Trampda muzokaralarda bir odat bor, u muzokarani eng yomon ssenariydan kirib boshlaydi. Keyin, qadamma-qadam pozitsiyalar yaqin keladi. Katta ehtimol bilan, bu safar ham Kanada va Yevropa ittifoqi bilan muzokaralarda yoki shunchaki qaysidir siyosiy qarorlarda kuchli pozitsiya olish uchun qilingan ritorika bo‘lishi mumkin.

Oldinda butun boshli 4 yil turibdi. Trampning oldingi 4 yilligi kabi bu 4 yil ham populistik chiqishlarga boy bo‘ladi.

Bu kunlarda piar qilib berilgan bayonotlarning bo‘lsa dunyoga bitta zarari bo‘ladi. Bu Putin, Syi Jinping va Erdoganga o‘xshagan haqiqatdan hudud egallashni ko‘zlagan liderlarga bayonotlarda va harakatlarda legitimlik beradi. Bu endi butunlay boshqa hikoya, lekin xavfli hikoya.

#siyosat
@allaevuzb
Allaev Uz
Trampning Grenlandiya va Kanada haqidagi chiqishlarini ko‘pchilik muhokama qilmoqda. Rossiya misolida urushni ko‘rgan odamlarimiz shunchaki AQSH xohlab G‘arb davlatini bosib oladi deb o‘ylashmoqda. Ukraina ssenariysiga hammasi yaqindek. Bu AQSH, o‘zi umuman…
Bu masalani davomini aytsam, Trampning ritorikalaridan koʻra Ilon Maskning Germaniya va boshqa mamlakatlarda radikal oʻng partiyalarni qoʻllab quvvatlashi xavfliroq va bu xavf realroq. Masalan, Germaniyada Mask AFDni ochiqdan ochiq qoʻllab quvvatlamoqda. Germaniya kansleri Scholz buni saylovlardan oldin toʻgʻridan toʻgri mamlakatning ichki ishlariga aralashish deb baholadi.

Shuningdek, Mask Buyuk Britaniyadagi ultra oʻng partiyalarga 100 million dollar moliyaviy yordam ham vada qildi. Uning koʻmagi bilan Tramp saylangani ilhomlantirgan shekilli, endi barcha saylovlarga aralashib hal qilib bilaman deb oʻylaganga oʻxshayapti.

Maskda hozir media taʼsir va kuchli algoritmlar bor. Bu toʻgʻridan toʻgri demokratik modelni xavf ostiga qoʻymoqda.

Bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, radikal oʻng saylovlarda gʻalaba qozonishi dunyo uchun ham, u yerda yashaydigan bizning vatandoshlarimiz uchun ham, kelajakda boradigan talaba va ishchilarimiz uchun ham birdek xavfli. Bu yana yopilish, rasizm va millatlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar koʻpayishi, buni orqasidan hududiy talablar bilan yangi urushlar ehtimolini ochadi.

Butun dunyoda oʻzini oqlagan globalizm va demokratiya oʻta og'ir sinovdan oʻtadigan davrga kelmoqdamiz va bu butun insoniyat uchun xavfli.


#siyosat
@allaevuzb
Forwarded from Paiziev24
10,000 соат қоидаси..

Биз такси соҳасида иш бошлаганимизда, Индияда Зафар ака билан келган ғоядан амалий татбиққача бўлган жараён куп вақт талаб қилди. 100 та машина сотиб олиш ва уларни тўлиқ автоматлашган ERP тизимида ишлайдиган компанияга айлантириш учун бир йилдан кўпроқ вақт керак бўлган эди. Ўша вақтларда GM дан машина харид қилишнинг ўзи йиллаб кутишни талаб қиларди.

Технология бизнесидан такси бизнесига ўтиш, айниқса, такси парклари эгалари ва ҳайдовчилар билан ишлаш жараёни жуда қизиқ ва мураккаб эди. Менинг IT соҳасидаги одам сифатида такси бизнесини ичига кириб ўрганишимга асосий сабаб — бозордаги талабнинг катталиги ва соҳанинг ноэффективлиги бўлди.

2013 йил февраль ойида 100 та машина рейсга чиққанида биз кўплаб янги муаммоларга дуч келдик. Масалан:
- Машиналарнинг эҳтиёт қисмларини ўғирликдан ҳимоя қилиш.
- 200+ ҳайдовчини ёллаш ва иш жараёнини йўлга қўйиш.
- Ҳар куни машиналарни икки марта сменага чиқариш.
- Корпоратив сотув бўлимларини ташкил этиш.
- Ҳайдовчиларнинг норозиликларини ҳал қилиш ва улар билан музокаралар ўтказиш.

CityTaxi компаниясига асос солганимизда, бозордаги асосий муаммолардан бири — час-пикларда машиналарнинг етишмаслиги ва такси мижозга 45-55 дақиқада етиб бориши одатий ҳолат экани эди. MyTaxi ни ишга туширганимизда, машиналар 20-25 дақиқа ичида мижозга етиб бора бошлади. Бу мижозларни ҳайратда қолдирди: машиналар тез етиб боришарди ва мижозларни қўнғироқсиз топа бошлашди. Хозир мижозлар сабри 5-10 минут ва бу нормал холат.
7 йил (15.000 соат) актив такси сохасида булдим.

Ҳар қандай бозорда мижозларни ҳайратлантирган хизмат ёки маҳсулот вақт ўтиши билан нормага айланади, талаблар эса доимо ошиб бораверади. Биз учун энг қизиқ йўналиш — бозор (маркетплейс) самарадорлигини алгоритмлар орқали ошириш эди.

Ҳар доим муҳим метрикаларни кузатиш учун дэшбордлардан фойдаланардик. Шу тажрибани Express24 ни ишга туширар эканмиз, биринчи кунданоқ қўллаганмиз.

Ресторанлар ва мижозлар зичлиги маркетплейс самарадорлигини ошириб, етказиб бериш вақтини қисқартиришини кузатдик. Алгоритмлар орқали қуйидаги жараёнларни назорат қилардик:
- Курьернинг ресторанга бориш вақти.
- Ресторанда кутиш.
- Мижозга етказиб бериш
ва яна 100 га якин бошка метрикалар

Бу вақтни секундларга қисқартириш орқали курьерларга кўпроқ буюртмаларни бажариш имконини берганмиз. Овкат етказиш сохасидан 2017 йил бошидан хисобласам 8 йил ишлабмиз (16500 соат)

Хозирги йўналиш: Юк ташиш логистикаси

Ҳозир биз логистика соҳасидаги маркетплейс муаммоларини ечиш устида ишлаяпмиз. Юк ташувчилар турли брокерлар ва юк доскаларидан (loadboards) юклар олади, лекин қарор қабул қилишда кўплаб параметрларни ҳисобга олишга тўғри келади.

Бу жараённи кўпчилик тажриба ёки интуиция деб аташи мумкин. Хозир бизнинг қизиқишимиз шу масалани фақат алгоритмлар орқали эмас, балки сунъий интеллект (AI) ёрдамида ҳал қилиб, биз билан ишлайдиган компанияларни бозорда самарадорроқ қилишга қаратилган.

Бу соҳадаги ечимларни тўлиқ ривожлантириш учун, аниқ, ҳали 10,000 соатдан ортиқ вақт сарфлашимизга тўғри келади.

Нима демокчиман, ихтиерий сохада сал тузукрок иш килмокчи булсангиз узокрок горизонтда план килинг ва Малколм Гладуэлл айтганидаек у сохада 10,000 соат вакт ишлатинг.

@paiziev24
ННТларга шароит яратиш керак, лекин назоратни йўқотмаган ҳолда

Хорижий давлатлар элчихоналари, Ўзбекистоннинг нодавлат ташкилотлари, фаоллар ва ҳукуматнинг соҳага масъул ташкилотлари ўртасидаги мулоқот эътибордан бироз четда қолгандек.

Gazeta.uz нинг ёзишича, йиғилишда Европа вакиллар Ўзбекистондан ННТларни назорат қилмаслик ва чекловларни ўрнатмасликни сўраган.

Адлия масъули 3 йил ичида нодавлат ташкилотлар четдан салкам 175 млн доллар олганини, шу даврда мурожаатларнинг атиги 0,6 фоизи рад этилганини айтяпти. Демак, деярли тўсиқ йўқ.

Лекин, Европа Иттифоқи нодавлат ташкилотлар хорижий ҳамкорларидан пул олиш жараёнларини яна юмшатиш кераклиги ҳақида фикр билдирибди. Ҳар қандай давлат ўз тартиб-қоидаси ва қонунларига эга. Албатта ННТлардан душман ясаш нотўғри, лекин пулини назорат қилманглар дега гап ғалати. Ким нимага, нима мақсадда юборяпди? Бу хисоботларни бериб боришни нимаси ёмон?

Бу борада Зафарбек ўз фикрини билдирди, унга қўшиламан: Давлат ННТларга шароит яратиб берган ҳолда уларнинг молиявий олди бердисини тўлиқ назорат қилиши керак.
Forwarded from Allaev Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бир млрд долларлик шартномага эришган одам ҳиссиётлари экан.

Стресс билан ўхшармикан деб ойлар давомида етиб келасан. Ўхшамаса нималар бўлишини ҳам яхши биласан. Переговорлар сўнгги босқичида игнани устида ўтиргандек ўтирасан ва ўхшайди. Воқеа бутун бизнес келажагини ўзгартиради.

Таниш ҳиссиёт.

#biznes
@allaevuzb
Humo хусусийлаштирилди

Хусусийлаштириш дастурларига мувофиқ “Миллий банклараро процессинг маркази” АЖнинг 100 фоиз давлат акцияларини сотиш бўйича очиқ савдолар бошланди ва Мажбурий таклифларни топшириш босқичида 6 номзод иштирок этишга таклиф қилинди.

Ушбу босқичда Маълумотларни ошкор қилмаслик ҳақидаги битимни имзолаган номзодларга Жамиятнинг хусусийлаштириш бўйича маслаҳатчи – «Deloitte» халқаро компанияси томонидан тайёрланган молиявий, солиқ, ҳуқуқий ва экологик фаолияти бўйича комплекс таҳлилий ҳисоботлар билан танишиш, шунингдек, Жамиятнинг бошқарув органи билан учрашиш имкони берилди.

Шунингдек, номзодларга Давлат активларини бошқариш агентлигининг 2024 йил 30 сентябрдаги эълонига мувофиқ, “Савдонинг асосий шартлари ҳақида”  («Term sheet»)ги Битим тақдим этилди.

Белгиланган муддатда Маслаҳатчига Жамиятни сотиб олиш бўйича учта иштирокчидан Мажбурий таклифлар (ВО) келиб тушди. “Paynet” АЖ 65 миллион АҚШ долларга Humo тўлов тизимини сотиб олди.

Жамиятни хусусийлаштириш натижалари Давлат активларини хусусийлаштириш ва мувофиқлаштириш бўйича Давлат комиссиясининг тегишли қарори билан тасдиқланган.

#humo #sotildi
@allaevuzb
Yangi yilda O‘zbekistonliklar qanaqa kitoblarni o‘qishdi?

Bayram kunlarida bu yili 6 kun dam olish imkoni bo‘ldi. Shu kunlarda O‘zbekistonda qaysi kitoblar ko‘proq o‘qilganligini Yandex Plus orqali bilsak bo‘ladi.

Yandex foydalanuvchilari yaxshi bilishadi, Yandex Plus obunasini olinsa, u orqali Yandexning hamma xizmatlarini chegirma asosida ishlatish mumkin. Plus ichiga qo‘shimcha to‘lovsiz kitoblar (Yandex Books), musiqa (Yandex Music) va kinolar (Kinopoisk) ham qo‘shilgan.

Yandex bergan ma’lumotlarga ko‘ra shu kunlari motivatsion, moliyaviy savodxonlik, liderlik haqida kitoblar ko‘proq o‘qilgan. Kitoblar orasida “Boy ota, kambag‘al ota”, “Befarqlikning nozik san’ati” kabi hatto kitob o‘qimaydigan odamlarga ham tanish kitoblar bor.

Shuningdek, shu kunlari bolalar kitoblari ham ko‘p o‘qilgan.

Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar:

1. Даниэль Канеман «Думай медленно… Решай быстро», 2011

2. Джордж Самюэль Клейсон «Самый богатый человек в Вавилоне», 1926

3. Марк Мэнсон «Тонкое искусство пофигизма. Парадоксальный способ жить счастливо», 2016

4. Роберт Тору Кийосаки, Шэрон Лехтер «Богатый папа, бедный папа», 1997

5. Дэвид Кэмерон Джиканди «Счастливый карман, полный денег. Формирование сознания изобилия», 2001

6. Роберт Грин «48 законов власти», 1998

7. Джен Синсеро «НИ СЫ. Будь уверен в своих силах и не позволяй сомнениям мешать тебе двигаться вперед», 2013



Eslatib o'taman, yaqinda "Asaxiy Books" chiqargan kitoblarni ham Yandex bilan shartnoma qilib, ularning ilovasiga elektron va audio shaklda qo'shgandik.

#kitob
@allaevuzb
Yangi yil ta’tilidagi sevimli kino janri

Shuningdek, Yandex Plus eng ko'rilgan kinolar haqida ham ma'lumot bermoqda.
Yangi yil haftasida Kinopoisk xizmati foydalanuvchilari orasida komediyalarommabop bo'lgan. Ular orasida «Небриллиантовая рука» va "Баба Яга спасает Новый год" yangi yil filmlari, «Красная поляна» va «Папины дочки. Новые» seriallari, Jeki Chan ishtirokidagi "Panda operatsiyasi" komediyasi, Uill Smit ishtirokidagi «Плохие парни до конца» ekshn-komediyasi hamda o'zbek tilida "Mister Taka" (Mister Echki) filmi kabilar bor. Mahalliy kontentdan "Ovoz. Bolalar" musiqiy shousi ham yuqori o‘rinlarga kirdi.

Boshqa janrlarga kelsak, o‘zbekistonliklar dam olish kunlarida «Клюквенный щербет» melodrama serialini, «Прометей» detektiv trillerini va satirik bodi-xorror janridagi "Substansiya" filmini tomosha qilishdi.

"Substansiya" mashhur ekshn va ko‘ngilochar filmlar hamda ko‘rsatuvlar orasida ajralib turadi. Bu memlarga aylangan filmni OAVda mashhurligi bilan bog‘liq bo'lsa kerak. "Substansiya" filmi Kann kinofestivalida eng yaxshi ssenariy uchun mukofotga sazovor bo‘ldi va 5-yanvarda o‘tkazilgan "Oltin globus" mukofotida Demi Mur "Substansiya" filmidagi roli uchun "Komediya yoki myuziklda eng yaxshi ayol roli" nominatsiyasida haykalchani qo‘lga kiritdi.

TOP 10:
1. Операция «Панда», 2024, Китай
2. Плохие парни до конца, 2024, США
3. Mister Taka (Мистер Козёл), 2024, Узбекистан
4. Папины дочки. Новые, сериал 2023-2025, Россия
5. Небриллиантовая рука, 2024, Россия
6. Баба Яга спасает Новый год, 2024, Россия
7. Клюквенный щербет, сериал 2022-2024, Турция
8. Ovoz. Bolalar (Голос. Дети), 2024, Узбекистан
9. Субстанция, 2024, Франция, Великобритания, США (комедия, триллер, боди-хоррор)
10. Прометей, сериал 2024, Россия (триллер, детектив, фантастика)


#kino
@allaevuzb
Bir qator musiqaga ham qiziqib ko'rdim.

Qizig'i Yandex Musicda mahalliy artistlar orasida eng ko'p Shoxruh va Konsta tinglanibdi. Rep o'ylaganimdan ancha mashhur shekilli bizda. Chunki top 10da Qozog'istondan Jah Khalib degan repper kiribdi.

TOP 10:
1. Konsta
2. Shoxrux
3. Jah Khalib
4. Xcho
5. MACAN
6. Баста
7. MONA
8. MOT
9. Miyagi & Эндшпиль
10. Колыбельные


Raqamlar Yandex Plus tomonidan taqdim etilgan.


#musiqa
@allaevuzb