Forwarded from Kreativ reklamalar | Marketing
BirBir: uch oy ichida keng ko‘lamli reklama kampaniyasisiz 300 mingdan ortiq foydalanuvchini jalb qilgan onlayn xaridlar uchun yangi xizmat
Onlayn xaridlar uchun mashhur ilovadan poytaxt aholisining har o‘ninchisi foydalanib kelmoqda. Ommaviy reklama faoliyatisiz platforma aylanmalar sonini oshirishni va kundan-kunga rivojlanishni davom ettirmoqda.
Kompaniya ta’kidlaganidek, loyiha Telegram-chatlar va ijtimoiy tarmoq guruhlarida faol xarid qiluvchi va sotuvchi foydalanuvchilarni jalb etgan holda onlayn savdoda o‘zining katta imkoniyatlarini rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan.
“Mish-mish” tarqalishi va xizmat sifati yangi foydalanuvchilarni jalb qilishda ishlashi tufayli mahsulotning tabiiy o‘sishi ustuvor hisoblanadi. Aynan shu sababli brend ommaviy axborot vositalarida katta e’lonlar bermadi va birinchi marta uch oylik ish natijalarini ko‘rsatib, o‘z jamoasi haqida ma’lumot bermoqda.
BirBir’da sotuvchi sifatida katta mablag‘ sarflamasdan, masalan, ishlatilgan buyumlarni yoki yangi mahsulotning kichik partiyalarini sotishdan boshlash mumkin.
BirBir ilovasining barcha imkoniyatlarini hozirdanoq yuklab olish va sinab ko‘rish mumkin:
👉BirBir
#marketpleys
Reklama

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Яҳё Ғуломов — илк ўзбек археологи, энг йирик ўзбек тарихчиси
Унинг китобларини ўқиб катта бўлганмиз. Эндиликда унинг ўзи ҳақида илмий тадқиқот қилинмоқда.
Қурултойда шу шахс ҳақида подкаст чиқибди. Бир инсоннинг фаолияти орқали давр ҳақида хулоса қиласиз. Томоша қилинг:
https://youtu.be/wK8w98ej6Ts?si=a0Tfz2gWwQhudYt5
#podcast
@allaevuzb

Menejmentni asosiy vazifalaridan biri - qiymat yaratish uchun harakatlarni muvofiqlashtirish.
Tarjimasi: Ko'proq pul ishlash uchun odamlarni birga harakatlantirish.
Menejmentning asosiy vazifalaridan biri - ko‘plab, biznes yoki korxona ko'lamiga qarab hatto yuz minglab odamlarning harakatlarini shunday muvofiqlashtirishki, ular birgalikda alohida-alohida erishganlaridan ko‘ra ko‘proq natijaga erishadilar.
#biznes

Forwarded from Paiziev24
Ёшлар ва Орзулар: Эртаклардан Инновацияга
Кеча YouTubeда Жамшидхон Зиёҳоновнинг "Қора Англия" деб номланган, Англиядаги ўзбеклар ҳақидаги кўрсатувини кўрдим. Бугунги кунда кўплаб ўзбек ёшлари чет элга чиқиб, асосан огир еки усиш кийин булган ишларда фаолият юритмоқда. Улар билан суҳбатлашганингизда, кўпчилигининг орзулари чегараланганлигини кўрасиз: яхшироқ машина харид қилиш ёки каттароқ уй қуриш. Бу орзуларни ҳақиқий катта мақсадларга айлантириш учун уларни болаликдан илҳомлантириш керак, деб ўйлайман.
Болалигимиздаги эртаклар бизга чегарасиз тасаввур қилишни, қийинчиликларни енгишни ва орзулар учун курашишни ўргатарди. Фантастика адабиёти эса келажакни бошқача тасаввур қилиш, инновация ва технологияларга қизиқиш уйғотарди. Ҳозир эса болаларга бунинг ўрнига мулоқот қуролари сифатида гаджетлар берилмоқда, натижада тасаввур доираси тораймоқда.
Менимча, жамиятимизда эртакларни қайта тиклаш, болалар билан биргаликда китоб ўқиш маданиятини юксалтириш керак. Фантастик китоблар болаларга чегарасиз орзу қилишни, янги ғояларни яратишни ва келажак учун ҳаракат қилишни ўргатади. Шу орқали биз ёшларимизни нафақат ўз уйини ва машинасини яхшилашга, балки бутун жамиятнинг келажагига ҳисса қўшишга илҳомлантирамиз.
Ўзбек ёшлари катта орзуларга лойиқ!
@paiziev24

Ташқи қарзимиз йўқ даврларда иқтисодий аҳволимиз қандай эди? Буни Зафарбек Солижонов пандемия мисолида тушунтириб берди. Қўштирноқ подкастнинг бу сонида, иқтисод мавзуси, давлатнинг ташқи қарзи муҳокама қилинган.
Суҳбатни кўришингизни тавсия қиламан.
🔗 https://youtu.be/-R1uTzWcQv4
#podcast
@allaevuzb
Суҳбатни кўришингизни тавсия қиламан.
🔗 https://youtu.be/-R1uTzWcQv4
#podcast
@allaevuzb
Eng yoqtirmaydigan narsalarimdan biri kitoblarni aniq maqsad bilan nimadir beradi deb o'qishdir.
Bu necha yillar davomida noto'g'ri olib borilgan kitob targ'iboti natijasi deb bilaman.
Professional, ilmiy yoki darslik bo'lmagan kitoblar nimadir aniq maqsad bilan o'qilmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar. Ular miyaga dam berishning yana bir yaxshi yo'lidir. Xuddi yaxshi kino, sayr va boshqa dam olish vositalari kabi. Shunchaki maza qilib o'qiysan va mulohaza qilasan.
Kitob o'qish jarayonida miyada yangi to'qimalar shakllanishi, mantiq va fantaziya yaxshilanishi, so'z boyligi oshishi, hayotni yaxshiroq tushinish, fokus yaxshilanishi, uyqu sifati oshishi kabi o'nlab bonuslari bor.
Lekin, badiiy kitoblar bu bonuslari uchun ham emas, shunchaki o'qiladi.
Kitob o'qidim degan odamga, bu kitob senga nima berdi deb turib baholash xato deb o'ylayman.
Yangi yilda professional kitoblardan tashqari shunchaki o'zingiz uchun maza qilib badiiy kitoblarni o'qing. Odat qilsangiz, maza qilasiz.
#kitob

2024-yil uchun kimlarga rahmat aytishim kerakligini o'ylab, ko'pchilikka aytib chiqdim.
Bugun 2024-yil uchun Uzumga rahmat aytmoqchiman. To'g'ri o'qidingiz, Uzumga.
Aynan Uzum Market raqobatchi sifatida bizga juda ko'makchi bo'ldi. Avvalo, uzum bozorda internet orqali xaridlar madaniyatini rivojlantirdi. Buning ortidan internet orqali xarid qiladigan yangi auditoriya shakllandi.
Undan tashqari u bor auditoriyani ham internet orqali xaridlar qanaqa bo'lishiga o'rgatdi. Shu vaqtgacha auditoriyada internet do'konlarga nisbatan asossiz noto'g'ri kutuvlar shakllangan edi. Endi, katta auditoriya to'g'ri kutuvlar bilan xarid qilmoqda va bu bizga nisbatan ham asossiz negativni kamaytirmoqda.
Odamlarda oddiy saytda korzinkaga tovar qo'shib, u orqali to'g'ri manzil bilan buyurtma qoldirish madaniyati shakllanganligi sababli yil davomida ancha narsa avtomatlashtirildi, xizmat sifati yaxshilandi, so'nggi 3-4 oyda mijozlar o'zgarishlarni yaxshigina his ham qilishdi. Biz bo'lsa real raqamlarda hammasini ko'rib turimmiz.
Xullas, asossiz talablar qo'yadigan auditoriya to'g'ri kutuvlar bilan to'g'ri buyurtmalar berib boshladi.
2024-yildagi bu yaxshilik uchun senga rahmat Uzum!
#rahmat

Mamlakatda ichki stabillikni ta'minlash uchun ijtimoiy tartib va aholining institutlarga (organlar) bo'lgan ishonchi juda muhim.
Mana shu ikki masaladan biri yomonlashgan holatda mamlakatda vaziyat taranglashadi, hatto natija ayanchli bo'lishi mumkin.
Strategiya tuzganda, gʻoyaviy kurashda, qarorlar yoki qonunlar qabul qilinganda, umuman har qanday vaziyatda mana shu ikkita detal doim esda turishi zarur. Ijtimoiy tartibga xavf soladigan yoki aholining institutlarga bo'lgan ishonchini pasaytiradigan narsalardan ehtiyot bo'lish, bu ikki faktorga yomon ta'sir qilinganda zarari og'riqli bo'lishini doim ko'zda tutish kerak.
Ijtimoiy tartibga yoki davlat institutlariga bo'lgan ishonchga xavf soladigan g'oyalardan ham ehtiyot bo'lish kerak, ularning salbiy natijalarini oldindan tahmin qilib bilish zarur.
Xuddi biznes o'z mijozlariga moslashganidek, davlat institutlari (tashkilotlar) ham o'ziga bo'lgan ishonchni yaxshilash uchun doimiy fuqaroga yaxshiroq xizmat ko'rsatish maqsadida moslashib borishi zarur.
Fuqarolarning institutlarga boʻlgan ishonchini pasaytiradigan harakatdan tiyilish, vaziyatlarda qaror berganda aksincha oʻsha ishonchni oshirish paradigmasidan kelib chiqib qaror berish zarur.
#mulohaza

“Виза картани фақат киноларда кўрардик!”
Байрам кунларида нафақат ўтган йил балки даврни ҳам сарҳисоб қилиш керак ўзи. Сигма Подкастнинг янги сонини томоша қилиб болалик ва ўсмирликдаги ҳаётингизнинг яхши ва ёмон кунларини эслайсиз👇👇👇
https://youtu.be/pWme5zGeJKU?si=kxKVe6kk9tFKBtGe

2025-yil 1-yanvardan boshlab tugʻilgan bolalar yangi "beta avlod" vakillari boʻlishadi.
Bu avlod boshqa avlodlardan sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotiga kirib kelgan, ular bilan oʻsgan, ekologiyaga juda eʼtiborli avlod boʻladi. Bepul jamoat transporti, har kungi hayotda qoʻshimcha reallik texnologiyasidan foydalanadigan ilk avlod ham aynan Beta avlod boʻlishi mumkin.
Hozirgi demografik temp saqlangan holatda, Beta avlod 2039-yilga borib yer aholisining 16 foizini tashkil etadi. Qiziqarli tomoni, bu avlod asosan "X avlod" tomonidan boshqariladi.
#inson

Allaev Uz
2025-yil 1-yanvardan boshlab tugʻilgan bolalar yangi "beta avlod" vakillari boʻlishadi. Bu avlod boshqa avlodlardan sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotiga kirib kelgan, ular bilan oʻsgan, ekologiyaga juda eʼtiborli avlod boʻladi. Bepul jamoat…
O'zi avlodlarga bo'lish nimaga kerak degan savol paydo bo'lishi mumkin.
Bu demografiya, sotsiologiya va marketing (biznes) uchun muhim. Shundan kelib chiqib jamiyat tahlil qilinadi.
Biznes va marketing jihatidan kelib chiqsak, avlodlarning iste'mol madaniyati, ma'lumot qabul qilishi o'z davriga xos muammo va texnologiyalarga qarab o'zgarib borgan. Biznes ham o'z auditoriyasini segmentatsiya qilganda, marketing kanallarini auditoriyadan kelib chiqib tanlaydi. Deylik, Gen Z va Gen Alpha televizor deyarli ko'rmaydi. Mijozlari asosan shu avloddan iborat bo'lgan bizneslar e'tiborni ko'proq boshqa marketing kanallariga qaratishadi. Aksincha, mijozlari asosan yoshi kattalar (Baby Boomer, Gen X) bo'lganlar, marketingni instagram va inflyuanserlarga qaratishi deyarli foydasiz.
Sotsiologiya, demografiya va siyosatda ham aholini segmentlashtirish ularning madaniyati va kundalik hayotiga mos xulosalar olish va qarorlar berish imkonini beradi.

Jahonda elektron savdo hajmi 2024-yilda 6.27 trillion AQSH dollariga yetibdi.
2029-yilda bu ko'rsatgich 8.48 trillionga yetishi aytilmoqda.
O'zbekistonda ham o'tgan yili elektron savdo tez rivojlanib, umumiy savdoning 3.2 foiziga yetgani aytilmoqda. Bu Uzum, temu kabi platformalar O'zbekiston bozorida sotuv madaniyatini o'zgartirayotganligi bilan bog'liq.
Yaqinda Yandex Lavka ishga tushgandi. Shuningdek, Yandex 2025-yilda O'zbekistonda Yandex Marketni ishga tushirish uchun yaqinda tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazdi.
2027-yilga borib elektron savdoning hajmi umumiy savdoga nisbatan 10 foizdan oshishi, raqamda bo'lsa 2.5 milliard USDdan oshishi aytiladi.

Yangi yildan hayotini oʻzgartiradiganlar mavsumini ochiq deb eʼlon qilaman. Eslatib oʻtaman, mavsum oʻrtacha 15-20 kun davom etadi.
#atomodatlar
@allaevuzb
#atomodatlar
@allaevuzb
Bitkoin 16 yoshga kiribdi.
2009-yil 3-yanvar kuni Satoshi Nakamoto ilk 50ta bitkoinni generatsiya qiladi.
#kripto

Bitkoin haqida gap ketsa, mana bu voqeani eslayman:
2010-yilda Laszlo Hanyecz 10000 bitkoinga bir dona pitsa sotib olgan. Bu tarixda kriptovalyuta vositasida qilingan ilk xariddir. 2024-yilga kelib bitkoin narxi 100 000 AQSh dollariga yetdi. Bu 2010-yildagi o'sha pitsani tarixdagi eng qimmat pitsaga aylantiradi. U bugungi kursga urilsa, 1 mlrd dollarga tenglashgan boʻladi.

Forwarded from Rashid Tojiboev (heyrashid)
Aviabiletlarning narxi: nega yoningizdagi yo‘lovchi sizdan arzon (qimmat) to‘lagan? Nega Amazon’da bir xil mahsulot narxi bir necha barobar farq qiladi? Starbucks’dagi qahvaning boshqalarida qanday farqi bor, yoki McDonald’s burgerlarini-chi? Nima uchun Nike kompaniyasining Vyetnamdagi ishchilari oyiga 1$ evaziga ham ishlashga rozi? Nega 2008-yilgi inqirozda kompaniyalar kelajakda qurilishi kerak bo‘lmagan uylarni qurdi va oqibatda Yevropa va Yaponiya davlatlari zarar ko‘rdi?
Bir mahsulot ichki bozordan ko‘ra tashqi bozorda arzonroq sotilsa, nega uni qayta bojxonada ichki bozorda foyda bilan sotmaymiz? Tahoe haydash orzungiz shimolliklarga qanchaga tushishini bilasizmi? Nima uchun foyda daromaddan ustunroq? Kichik (katta) guruhlarning o‘zaro tez kelisha olishining (olmasligining) sababi nimada? Hammamiz pirogdagi ulushimizni emas, uni kattarishini o‘ylashimiz kerakmi? Xalqaro savdoda bir davlatning muvaffaqiyati boshqa davlatning mag‘lubiyatini anglatadimi?
Ushbu savollarning javobini "Yalang‘och iqtisodiyot" kitobidan topasiz. Bu kitob sodda insonlar uchun iqtisodiyotni o‘rgatuvchi kitob emas. Aksincha, u iqtisodiyotni hech qachon o‘qib o‘rganmagan aqlli kishilarga atalgan.
👉@rashidtojiboev👈

Sun'iy intellekt masalasida xavotirlarni prognoz qilishganda bir narsada adashishdi.
Necha yildan beri sun'iy intellekt ish o'rinlarini olib qo'yishi haqida xavotirlar yangraydi. Bu xavotirlar asosan eng oddiy ishchilar eng birinchi o'z ishlarini yo'qotishlarini aytishadi. Amalda, bugun butunlay boshqa holatni ko'rmoqdamiz. Sun'iy intellekt kuzatuv, ma'lumotlar yig'ish va tavsiya evaziga hamshiradan ko'ra shifokorning ishini olib qo'yishi ehtimoli ko'proq bo'lmoqda. Unga ma'lumotlarni kiritsa, u to'g'ri tashxis qo'yib, dori yozib berishini tizimlashtirish osonroq. Lekin, inson tomiriga igna suqish sun'iy intellekt qilishi qiyin bo'lgan ish.
Xuddi shunaqa, sun'iy intellekt qishlog'imizdagi sartarosh Qo'ldosh akaning emas, Tokio markazidagi stilistning o'rnini olib qo'yish ehtimoli kattaroq bo'lib qolmoqda. Chunki oddiy dasturiy ta'minot yuz va bosh o'lchamlari, soch va terining rangidan, modadan kelib chiqib, sizga mos turmakni stilistdan yaxshiroq tanlab berish ehtimoli oshib bormoqda.
Sun'iy intellekt musiqa bastalashi oddiy darajaga tushib qoldi. Natijada, sun'iy intellekt konservatoriyada dars beradigan professor bastakorning o'rnini egallashi ehtimoli to'ylardagi "Shurik doiradast"ning o'rnini olib qo'yish ehtimolidan katta. Shunchaki, Shurik aka sun'iy intellekt bastalagan musiqani dumirlatib cholaveradi to'yda.
Xullas, yaqin 30-40 yilda demografiya maummosidan qiynalayotgan birinchi dunyoga xizmatlar sohasida juda katta hajmda kadrlar kerak bo'ladi. Til biladigan, tolerant, jamiyat va davlat qonunlarini hurmat qiladigan, boshqalarga muammo yaratmaydigan migrant oltinga teng bo'ladi.
Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz.