Alisher Sadullaev
240K subscribers
2.28K photos
607 videos
31 files
1.59K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlardaftari #ulashing

Yoshlar hayotda o‘zining o‘rnini topib ketishi uchun kichik bir turtki bo‘lishi lozim.
Ota-onalarning farzandiga kiritadigan sarmoyasi mana shu turtki vazifasini bajaradi. Biroq hammada ham imkoniyat bir xil bo‘lavermaydi. “Yoshlar daftari” tizimi esa yigit-qizlarimiz uchun mana shunday turtki vazifani va imkoniyat vazifasini bajarmoqda, nazarimda.

“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari. Prezidentimiz tashabbusi bilan endi undagi imkoniyatlar yanada kengaytirilmoqda. Xususan, endilikda 14-17 yosh oralig‘idagi yigit-qizlar ham “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Yoshlar daftari”da nazarda tutilgan imkoniyatlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

“Yoshlar daftari” haqidagi ushbu rolikni ko‘ring, albatta! Sifatli holatda YouTube sahifamizda ham tomosha qilishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.

Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing

Samarqand viloyatiga xizmat safarimiz davomida yoshlar bilan muloqot o’tkazishga, ko’proq qizlarimizning bilim olishlariga va ularga ko’proq imkon yaratishga harakat qildik. Bu safar ham yana bir singlimiz Mashxuraning iqtidorini kashf qila oldik deb o’ylayman. Do’stimiz, Amriddinga esa hayotda o’z o’rnini topa olishida yordam beramiz.

@alisher_sadullaev