Alisher Sadullaev
129K subscribers
2.27K photos
605 videos
31 files
1.59K links
Bugun kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев бугун Ўзбекистон ёшлари форумида иштирок этади.
Давлатимиз раҳбари форумда нутқ сўзлайди ва ёшлар билан мулоқот қилади. Тадбирнинг ўзида 3 минг 300 нафардан зиёд, шунингдек, ҳудудлардаги студияларда 26 минг нафар йигит-қиз қатнашиши кутилмоқда.
Ушбу йирик тадбирни ташкил этиш ташаббуси давлатимиз раҳбари томонидан шу йил 20 ноябрь куни илгари сурилган эди.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в Форуме молодежи Узбекистана.
Глава государства выступит с речью и пообщается с молодежью. Ожидается, что на мероприятии будут присутствовать более 3,3 тысячи юношей и девушек, еще 26 тысяч молодых людей подключатся из студий на местах.
Инициатива проведения крупного молодежного события была выдвинута главой государства 20 ноября этого года.

#Mirziyoyev #forum #yoshlar #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yoshlar #muloqot

Odatda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoamiz va menga yoshlardan minglab murojaatlar kelib tushadi. Ba’zan kuniga ham shuncha murojaatlar bo’lib turadi. Biz bu jarayonni albatta raqamlashtirish va tez-tez uchraydigan murojaatlarni tahlil qilgan holda, yoshlar bilan muloqotni samaraliroq tashkil etishga harakat qilamiz. Kuzatuvlarim shuni ko’rsatmoqdaki, aksariyat murojaatchilar rasmiy veb-sayt yoki platformalar orqali emas, ijtimoiy tarmoqlar orqali izohlarda yoki shaxsiyda murojaat qoldirishadi. Bu esa har bir murojaat bilan individual ishlash, ularga tezkorlik bilan sifatli javob berish vazifasini taqozo etadi. Biz ham 24 soatlik ish rejimiga o’tib javob bermasak, bir uyum murojaat va e’tirozlar do’lining tagida qolamiz. Shu sababli jamoani bosimga chidamli va muloqot uchun ochiq bo’lgan kadrlardan saralashga harakat qilamiz, shunda ham tushunmovchiliklar bo’lib turadi. Buni tan olmaslik ilojsiz. Hozirning o’zida ham bir nechta murojaatlar kelib tushdi… Ba’zida yarim tunda kelgan murojaatlar meni o’ta xursand qilsada, ba’zida chuqur o’yga toldirib, g’am-tashvishga ko’madi. Bir yoshning hayotdagi muammolari bilan yashashga va to’g’ri yo’lni topishda izlanishga majbur qiladi. Bu esa katta mas’uliyat va kuch talab qiladi. Ushbu tahlillarimdan maqsad shuki endilikda murojaatlar tizimi va undagi yutuq kamchiliklar hamda meni hayron qoldiradigan murojaatlar bilan sizlarni ham tanishtirib bormoqchiman.

Albatta, qo’llab-quvvatlasangizlar?!

@alisher_sadullaev
⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati badalini qoplash yuzasidan ayni paytda muloqot o‘tkazyapmiz.

Mazkur muloqotimiz Facebook sahifamizda to‘g‘ridan to‘g‘i translyatsiya qilinmoqda. Tomosha qilish uchun: https://fb.watch/eEtPE88BTz/

#Qoraqalpogʻiston #muloqot

@alisher_sadullaev
⚡️Sirdaryo viloyatida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati badalini qoplash yuzasidan ayni paytda muloqot o‘tkazyapmiz.

Mazkur muloqotimiz Facebook sahifamizda to‘g‘ridan to‘g‘i translyatsiya qilinmoqda. Tomosha qilish uchun: https://fb.watch/eEOYR_4Sot/

#Sirdaryo #muloqot

@alisher_sadullaev
⚡️Buxoro viloyatida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati badalini qoplash yuzasidan ayni paytda muloqot o‘tkazyapmiz.

Mazkur muloqotimiz Facebook sahifamizda to‘g‘ridan to‘g‘i translyatsiya qilinmoqda. Tomosha qilish uchun: https://fb.watch/eX9O2T0PKs/

#Buxoro #muloqot

@alisher_sadullaev
​​#Prezident #yoshlar #muloqot #repost

Bugun Prezidentimiz va yoshlar o‘rtasidagi navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, bu safar Navoiy viloyati yoshlari bilan. Samimiylik, tezkorlik va samaradorlik navoiylik yoshlar bilan muloqotning eng esda qolarli jihatlari bo‘ldi.

Misol uchun, yosh tadbirkor Shaxzod Bahodirov ko‘pchilik bitiruvchilar kasb egallashda qiynalayotgani, ayniqsa, chekka hudud yoshlarini zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish ehtijoyini qondirish maqsadida davlat xususiy sektor kuchiga tayanishi va tanlov asosida o‘quv markazlarga vaucher ajratish taklifini berdi. Bu loyiha Navoiyda tajribadan o‘tadigan va alohida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.

Yoshlar yetakchisi Maftuna Samandarova bilimga chanqoq navoiylik yoshlar uchun viloyatda markaziy kutubxona yo‘qligi va bunga ehtiyoj o‘ta zarurligini bildirdi. Natijada Prezidentimiz bir yil ichida zamonaviy va qulay kutubxona tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Nurotalik tadbirkor Gulhayo Ravshanova kashtachilikda bo‘z va ip mahsuloti yetishmovchiligi, uni boshqa hududlardan olib kelish qo‘shimcha xarajat ekanligini bildirdi. Taklif sifatida mahsulotlarini mahalliylashtirish va bu orqali yuzlab qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish mumkinligini Prezidentga ma’lum qildi. Yechim sifatida Nurota salohiyati o‘rganilib, keyinchalik xomashyo mahalliylashtirilishi va qo‘chimchasiga yoshlar sanoat zonasi ham qurilishi ma’lum qilindi.

Yosh muhandis, robototexnik Suxrob Xaydarov Navoiyda milliy robototexnika laboratoriyasini tashkil etish, Azamat Kushkarbayev yosh cho‘ponlarga qo‘shimcha yaylov ajratish, kikboks bo‘yicha murabbiy Yusufjon Ergashov sport klublarini qo‘llab-quvvatlash, Malika Xudoyberdiyeva kasb-hunar egalari o‘rtasida respublika tanlovlarini o‘tkazish takliflarini berdi.

Qisqacha qilib aytganda, qariyb bir soat ichida sakkizta katta masala muhokama qilindi, o‘nlab qo‘shimcha takliflar olindi va ularni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu tarzdagi Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti boshqa hududlardagi yoshlarga ham o‘zgacha impuls berishiga ishonchim komil. Umid qilmanki, bunday muloqotlar, albatta, davomli bo‘ladi.

Barchasi uchun rahmat, hurmatli Prezident!

@alisher_sadullaev