Alisher Sadullaev
175K subscribers
2.41K photos
636 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Download Telegram
Bugundan Samarqandda bo’lib o’tayotgan jahon chempionatida Rapid yo’nalishi bahslari 15:00 dan boshlanadi.

⚡️ Oldinda bizni juda qiziqarli shaxmat matchlari kutib turibdi. Jahon chempionatini jonli efir orqali kuzatib boring!

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/LXFBLzhBYCA?si=Cxt4R4S7hC3qYi4U
👍174🔥3424
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍346🔥6660
⚡️Shaxmat bo'yicha jahon chempionatidagi eng tezkor yangiliklar @uzchesss kanalida berib borilmoqda. Shuningdek, ushbu kanalda har kunlik onlayn strimni ham kuzatib borishiningiz mumkin.

👉 @uzchesss
👍16621🔥15
⚡️ Yangi yil bayrami munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to’liq faoliyat ko’rsatishi vaqti davomida barcha yo’lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

@alisher_sadullaev
👍351🔥4934
⚡️Dahshat, jahon chempionati rapid yo'nalishi bo'yicha kulminatsiyasi, turnir yakunlanishidan bir tur oldin 12-turda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Bu dahshatli jang bo'ladi.

Bugun O'zbekistonlik shaxmatchilar uchun sinov va hayajonli kun.

Jonli efirni kuzatib boramiz: https://www.youtube.com/live/1YvaSxBcOyM?si=ztfIXkDS2X2m-wZn
🔥323👍17843
#Blitz

⚡️Blitz bo'yicha jahon chempionatining 2-turida Jahongir Vohidov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Sensatsiya qila olamizmi?

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/aT0xK8mk82Y?si=x07e4twlopi91tXj
🔥172👍10231
#Blitz

⚡️Blitz bo'yicha jahon chempionatining 6-turida Shamsiddin Vohidov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Magnus hali O'zbekistonlik shaxmatchilarni yuta olgani yo'q. Qanday natija bo'lar ekan?

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/aT0xK8mk82Y?si=x07e4twlopi91tXj
👍249🔥4523
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kirib kelayotgan yangi 2024-yil muborak bo'lsin, aziz yoshlar!

Yangi yil yangi imkoniyat va g'alabalarga boy bo'lsin!

@alisher_sadullaev
👍57591🔥76
2024-yil O‘zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilindi

Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Yangi yil muborak!
👍786🔥124110
⚡️2024-yildagi bitta katta maqsadingizni yozib qoldiring.

1-izohda kamina variantini yozib qoldiraman.

@alisher_sadullaev
👍597🔥6861
⚡️Dam olish kunlarida uyda bo'lganimdan kichkina qizim Hamida qanchalik tezlik bilan ulg'ayotganini qattiq his qildim. Yaratgandan qizimizga ikki dunyo saodatini so'rab qolaman.

Farzand ne'mati va uni qadrlashni hammamizga tilab qolaman.

@alisher_sadullaev
1.35K👍572🔥123
⚡️Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, ularning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ibrat Academy” mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda mobil ilova orqali xorijiy tillarni o‘rganayotganlar 369 178 nafarni tashkil etmoqda, shundan 1 752 nafari maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritishgan.

❗️Tahlilga ko’ra, ba’zi hududlarda ko’proq yoshlar maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo’lsa, ayrimlarida esa, natija aksincha.

💫Yoshlardan “Ibrat Academy” mobil ilovasi orqali xorijiy tillarni o‘rganishda faol bo‘lishini so‘raymiz.

📚Faol va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag’batlantirilib boriladi.

@alisher_sadullaev
👍451🔥7162
Xalqaro imtihon tizimlari: IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan 70% dan yuqori (7 va undan yuqori) ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilmoqda


Oldinroq IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi haqida yozgan edik.

Tahlillarimizga ko'ra, 2021-yilda 2 833 nafar yoshlarga 5.5 mlrd so'm, 2022-yilda 7 744 nafar yoshlarga 13,4 mlrd so'm, 2023-yilda esa, 12 359 nafar yoshlarga 21,7 mlrd so'm yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilgan.

Hududlar kesimida esa, Toshkent shahrida 8 787 nafar (16,1 mlrd), Buxoroda 2 011 nafar (3,43mlrd), Farg’ona viloyatida esa 1 787 nafar (2,98 mlrd) yoshlarni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.

Yuklab oling: iOS | Android

@alisher_sadullaev
👍28549🔥48
⚡️Qadrli yoshlar!

2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da qanday yangiliklar kutmoqdasiz?

Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etib, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni tanlashingizni so'raymiz.

P.S. So’rovnomada ishtirokingiz muhim ahamiyatga ega.

So'rovnomada ishtirok etish:
👉 https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
👍253🔥3635
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Samarqand shahri mezbonlik qilgan FIDE rapid va blitz boʻyicha jahon chempionatida mamlakatimiz yoshlari uchun ham sezilarli natijalar olib keldi.

25-30-dekabr kunlari “Silk Road Samarkand” majmuasida oʻtgan jahon chempionati 324 nafar (Blitz “Open” guruhida 206 nafar, blitz ayollar guruhida 118 nafar, rapid “open” guruhida 202 nafar va rapid ayollar guruhida 117 nafar) shaxmatchilar oʻzaro bahs olib borishdi.

Rapid bahslarida ishtirok etgan Muhiddin Madaminov 40.70, Ortiq Nigmatov 74.60, Muhammadzohid Suyarov 66.80, Almas Rahmatullayev 70.80, Muhammadali Abdurahmonov 93.80, Humoyun Begmuratov 121.60, Daler Vahidov 39.00 va katta salohiyat bilan yetishib kelayotgan FIDE ustasi Asrorjon Omonov 50.00 reyting qoʻshishga muvaffaq boʻldi.

Shaxmatchi qizlarimiz Afruza Hamdamova rapid bahslarida 144,80, Sarvinoz Qurbonboyeva 38.40, Marjona Malikova 58.00, Zilola Aktamova 122.00 va Guldona Karimova 144.40 reyting qoʻshishni uddasidan chiqdi.

Chess-results.com maʼlumotlariga koʻra, Saidakbar Saydaliyev 80.00, Humoyun Begmuratov 94.40, Almas Rahmatullayev 260.00, Muhammadali Abdurahmonov 167.20, Bahrom Bahrillayev 250.80, Abdumajid Botiraliyev 251,60 va eng yuqori natija koʻrsatgan Asrorjon Omonov 376.00 reyting ball qoʻshishga muvaffaq boʻldi.

Blitz bahslarida qatnashgan qizlarimiz Marjona Malikova 74.20, Maftuna Bobomurodova 228.00, Zilola Aktamova 179.60 va Guldona Karimova 214.40 reyting ballarini qoʻshib olishdi.

Dunyoning 300 nafardan ortiq nomdor shaxmatchilariga ingliz tilida ma'ruza qilib, o'zbek tilida ham o'z fikrlarimni bayon etdim.

@alisher_sadullaev
👍28933🔥29
Avval xabar berganimizdek, ko'plab iste'dodli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun hujjatlar topshirishgan edi.

2023-yilning 2-mavsumini o'zida 345 nafar talabgorlar saralab olingan edi. Hozirda avvalgi bosqichlarda AQSh va Buyuk Britaniya davlatlaridagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda o'qib, bitirib qaytib kelgan bir guruh stipendiat yoshlarimiz mamlakatimizdagi qator respublika davlat tashkilotlarida o'z faoliyatlarini boshlamoqda.

Stipendiat yoshlarimizning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev
👍29536🔥33
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Srechka Katanes tarkibga 26 nafar futbolchini jalb qildi. Eldor Shomurodov jarohati sabab musobaqani o’tkazib yuboradi.

Uchrashuv 13-yanvar soat 22:30 da start oladi.

@alisher_sadullaev
👍183🔥1812
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi bo'lib o'tadi

@alisher_sadullaev
👍292🔥3517
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Qatar maydonlarida boshlangan Osiyo kubogidagi B guruhi 1-turda ilk o‘yinini o‘tkazadi. Qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida jamoamiz yurtimiz sharafini himoya qilishga kirishadi.

Uzbekistan's Club jamoatchilik faollari bilan birgalikda milliy jamoamizga bo‘lgan mehr-muhabbati va qo‘llovini mashhur “O‘zbekistonlik” qo‘shig‘iga ishlangan maxsus videoklip orqali izhor etishga qaror qildi. Bu qo‘shiq barchamizni birlashtiradi. U g‘alaba haqida!

O’yin 13-yanvar soat 22:30 sa “Jassim bin Hamad” stadionida bo’lib o’tadi. O’yinni “Sport” TV telekanalida jonli tomosha qilishingiz mumkin.

Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sen bilan!

@alisher_sadullaev
👍341🔥5836