Alisher Sadullaev
175K subscribers
2.41K photos
636 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Download Telegram
"Jasorat" loyihasi ustida ish boshladik. Loyihadan qanday maqsadlar ko'zlangan?

@alisher_sadullaev
👍344🔥4523
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

Bugungi tinch va osoyishta kun va tunda sarhadlarimizni himoya qilayotgan, tinchlik uchun jonini fido etayotgan har jabhadagi himoyachilarimizning bugungi bayrami muborak bo’lsin!

Sizlardek, vatan himoyachilari bor ekan, yurtimizdagi har bir inson xotirjam, hayotimiz osoyishta, tinchligimiz bardavomdir.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, omad, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman!


@alisher_sadullaev
👍293🔥3228
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy Ziyo Maskani ochildi

"Ijod" kitob do‘koni yoshlar uchun ma'naviy va intellektual rivojlanish markaziga aylanishi kutilmoqda. Negaki, ushbu manzil 400 xildan ortiq, jami 12 000 dan ziyod kitoblarni oʻz ichiga olgan. Barcha kitoblar sotuvda.

"Fayz books", "Yangi asr avlodi" nashriyotlari va "Asaxiy Books" bilan hamkorlikda sifatli adabiyotlarni yoshlarga taqdim etmoqda.

"Ijod" kitob doʻkonining ochilishi, yoshlarni kitob oʻqishi uchun ragʻbatlantirish va ularning maʼnaviy dunyosini boyitishda muhim qadam hisoblanadi.

@alisher_sadullaev
🔥164👍15044
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 18-yanvar Toshkent vaqti bilan 19:30 da “Ahmad bin Ali” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Yigitlarga, bugungi uchrashuvda omad tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev
👍356🔥5625
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gooooolllll

Abbosbek Fayzullayev Hindiston terma jamoasi darvozasiga ilk golni kiritdi.

Olg’a yigitlar!

@alisher_sadullaev
🔥428👍19440
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gooooolllll

Sergeyev Hindiston terma jamoasi darvozasiga ikkinchi golni ham kiritdi.

O’zbekiston 2:0 Hindiston

Omad tilaymiz yigitlar!

@alisher_sadullaev
👍527🔥10445
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gooooolllll

Sherzod Nasrullayev Hindiston terma jamoasi darvozasiga uchinchi golni kiritdi. Yigitlarimiz, raqib darvozasiga ketma-ket gol kiritib bormoqda. O’yin davom etmoqda

O’zbekiston 3:0 Hindiston

Omad tilaymiz yigitlar!

@alisher_sadullaev
👍697🔥12647
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos

Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan.

▶️ Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.

📌“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi.


❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

@alisher_sadullaev
👍332🔥5837
“Salohiyatli kadrlar rezervi"ga kiritilgan yoshlar yetakchilariga malaka oshirganlik to‘g‘risida sertifikat topshirildi

4 kun davomida Davlat boshqaruvi akademiyasida "Salohiyatli kadrlar rezervi"ga kiritilgan 100 nafar yoshlar yetakchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshiriish, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda vazirlik va idoralarning rahbarlari bilan amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muloqot tashkil etildi. Yoshlarning shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.

O‘quv yakunida test sinovi, ijtimoiy-psixologik diagnostika va suhbat o‘tkazildi. Kadrlarning natijalari tahlil qilinib, reytingi shakllantirildi.

Seminarning yopilish marosimida yoshlar yetakchilariga shaxsiy rivojlanishlariga alohida e’tibor qaratish, mahallalardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlash, muntazam kitob mutolaasi bilan shug‘ullanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Maxsus o‘quv-amaliy seminar yakuni bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan yoshlar yetakchilari endilikda tuman (shahar) va hudud darajasidagi rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib boriladi.


@alisher_sadullaev
👍223🔥2826
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijodkorlar Ravshan Norboyev va Valisher Sultonovlar insonlarning korrupsiya oqibatida orzulariga erisha olmasligi, umidlari so'nishini ko'rsatib beradigan kreativ, ijtimoiy rolik tayyorlashibdi. Bunday ijtimoiy rolik va kinolar, korrupsiyaning kamayishi va oqibatlarini tushunishga kichik bo'lsa ham hissa qo'sha olsa, loyihadan ko'zlangan maqsad amalga oshgan bo'ladi.

Siz korrupsiyaga yo'l bersangiz,
Korrupsiya sizning yo'lingizni
to'sadi


#fikrqil

@alisher_sadullaev
👍229🔥3526
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Давай, короче va crush so’zlari o’rniga o’zbekcha so’zlardan foydalaning!

Aynan qaysi so’zlardan foydalanishni esa quyidagi video orqali bilib oling!


@ibratfarzandlari loyihasidan yana bir kreativ kontent

📝 Chetdan kirib kelgan qaysi so’zlarni ko’p ishlatasiz?

@alisher_sadullaev
🔥193👍14029
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 23-yanvar Toshkent vaqti bilan 16:30 da “Al Janub” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Olg’a yigitlar, omad tilaymiz!

@alisher_sadullaev
👍345🔥5030
2-bo'limda birvarkayiga Avstraliya futbolchilarini, hakamni va golsiz seriyalarimizni to'xtatishimiz kerak. Juda muhim bo'lim.

@alisher_sadullaev
👍425🔥9543
Dahshaaaaat! Mana senga gol-u, ana senga VAR! Birinchi gol muborak, keti uzilmasin😅

1:1


@alisher_sadullaev
🔥665👍29274
🇺🇿 Keyingi bosqichga chiqish uchun boshqa jamoalarning gollarini va o’yinlarini hisoblamaslik ham bir baxt. Rahmat, yigitlar!

Nimchorak finalda Saudiyami, Tailandmi, O’monmi, faqat omad!

@alisher_sadullaev
👍514🔥9732
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hududlar bo‘ylab, yoshlar bilan muloqotlarimiz chog‘ida samarqandlik yosh tadbirkorlar faoliyatini kuzatdik. Prezidentimizning tashabbuslari bilan endilikda ular tadbirkorligini yanada kengaytirishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar paydo bo'ldi.

Bundan biroz vaqt avval Oqdaryo tumanidagi Yangiqishloq mahallasida futbol maydonchasi qurib berishga va‘da bergan edik. Bugun bu yerda mahalla yoshlarining vaqti mazmunli o‘tayotganini ko‘rib quvondik.

Shuningdek, tumandagi istiqbolli loyiha va yoshlarning takliflariga doimo ochiqmiz.

Shijoatli yoshlar olg‘a

@alisher_sadullaev
👍373🔥14030
🏆 Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan "Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Tanlovda muhojirlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan 500 dan ortiq startaplar qatnashdi.

Mohirdev oʻz taqdimotida:
— minglab yoshlar hayotining oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan Mohirdev Praktikum onlayn IT kurslar platformasini;
— 500 mingdan ortiq insonlarga chet tillarini oʻrgatayotgan Ibrat Farzandlari;
— ish beruvchilar va ish qidiruvchilarni bogʻlaydigan yangi Mohirlar loyihalarini namoyish qildi.

Hozirgi kunda Mohirdev taʼlim platformasida 50 000 dan ortiq insonlar, jumladan 9 000 dan ziyod muhojirlar zamonaviy kasblarni oʻrganib kelayotgani ham alohida eʼtirof etildi.

@alisher_sadullaev
👍394🔥6944
⚡️ Tabriklaymiz, Nodirbekdan dramatik g'alaba!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining oʻninchi turi boʻlib oʻtdi. Unda Nodirbek Abdusattorovga niderlandiyalik Maks Varmerdam raqiblik qildi.

Quvonarlisi, Nodirbek deyarli yetti soat davom etgan bahsda qora donalarda kambek qilib, ishonchli tarzda gʻalaba qozondi. Bu hamyurtimizning turnir davomida yutgan uchinchi niderlandiyalik raqibi edi.

Ushbu gʻalaba orqali Abdusattorov ochkolari sonini 6,5 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

👉 To'liq o'yinni ko'rish: https://www.youtube.com/live/9AgyLkTI0aY?si=nJJGLAMxEtBUGLXK

@alisher_sadullaev
👍461🔥7947
Chet tillari bilimdonlari uchun yana bir imkoniyat!

Londonga ta’lim sayohati hamda 100 million so’m sovrin jamg’armasi g’oliblaridan biriga aylaning.

Eng muhimi imtihonlar birinchi marta sun’iy idrok va maxsus IELTS natijasiga bog’liq! Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, bilimdonlar.

Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang!

➡️ Havola — IOS
➡️ Havola — Android

🕓 Marafon uchun ro'yxatga olish BUGUNOQ, ya'ni, 25-yanvarda boshlanib, 31-yanvar kuni soat 23.59 gacha davom etadi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23023🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbeklarning bu dunyoga aytar gaplari ko‘p hali,
Jadidlarning yoqqan chiroqlari o‘chgani yo‘q hali!

Millat oydinlari - jadid bobolarimiz haqida Jahongir Poziljonov - Jadidlarim bor mening qo’shig’i

@alisher_sadullaev
🔥284👍14546