Alisher Sadullaev
249K subscribers
2.28K photos
607 videos
31 files
1.6K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
⚡️Xorijiy tillarni o‘rganing, imtihon pulini esa onlayn qaytarib oling — yoshlar uchun #qulaylik

Xorijiy tillar bo‘yicha jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilishi haqida avval ma’lumot bergandim (1, 2). Hujjat topshirish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi. Endi Xalq banki bilan hamkorlikda yoshlar uchun yana bir qulaylik ishga tushirildi.

Imtihon xarajatlari kompensatsiyasi uchun tasdiqnoma olgan yoshlar endi Xazna mobil ilovasi orqali imtihon pullarini onlayn qaytarib olishi mumkin. Buning uchun hech qayerga borish shart emas, ovoragarchilikka esa hojat yo‘q — barchasi onlayn. Xalq bankiga tashabbus uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yuklab oling: iOS | Android

Xorijiy tillarni esa “Ibrat farzandlari” orqali mutlaqo bepul o‘rganing!

@alisher_sadullaev