Alisher Sadullaev
249K subscribers
2.28K photos
607 videos
31 files
1.6K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №7: Prezident granti

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.

Bu bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlarimiz uchun katta imkoniyatdir, nazarimda. Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imkoniyatabituriyentlikdan tortib to magistraturagacha boʻlgan tizim.

Sababi o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot.

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №8

Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat bor.

Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 mln. so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №9

Har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘m) subsidiya ajratiladi. 2022-yil 1-avgustdan boshlab ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha 3 ta yangi imkoniyat ishga tushgan.

Barchasi elektronlashgan:

1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish.

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №10

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

2022-yilning 1-oktabr kuni holatiga ko‘ra, mazkur imkoniyatdan 8 008 nafar yoshlar foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Xorazm viloyatiga (1 182 nafar), Farg‘ona viloyatiga (887 nafar) va Qashqadaryo viloyatlariga (805 nafar) to‘g‘ri kelmoqda. Imkoniyatdan foydalanish uchun onlayn ariza yuborish lozim 👉 https://bit.ly/3U7ym3O

@alisher_sadullaev
Yoshlar uchun #imkoniyat №11

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha (hozirda 12 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.

Bugungacha mazkur imkoniyatdan 19 886 nafar yoshlar foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Samarqand viloyatiga (4 613 nafar), Buxoro viloyatiga (2 533 nafar) va Farg‘ona viloyatlariga (1 869 nafar) to‘g‘ri kelmoqda. Imkoniyatdan foydalanish uchun 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

@alisher_sadullaev
Yoshlar uchun #imkoniyat №12

Ijtimoiy
himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijara kompensatsiyasi uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda (hozirda 900 ming so‘m) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi. Imkoniyatdan foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №13

Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashishlari uchun yashash va transport xarajatlarini qoplashga BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari (ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlari) uchun esa BHMning 40 baravarigacha (hozirda 12 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.

Imkoniyatdan foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №14

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.

Bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4 (hozirda 1,2 mln), 8 (hozirda 2,4 mln), 12 (3,6 mln) baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.

Imkoniyatdan foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №15

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor
yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi (hozirda 7,5 mln so‘m) qoplab beriladi.

Masalan, tadbirkorlik qilib, o‘quv markaz ochsa yoki sartaroshxona ochib, o‘zini o‘zi band qilsa, u foydalanib turgan binoning ijara xarajatlarini qoplashda ko‘mak beriladi. Imkoniyatdan foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №16

Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga hamda fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘m) miqdorda subsidiya beriladi.

Bunda nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qiyotgan jami fuqarolarning eng kamida beshdan bir qismi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lsa, o‘quv markaziga ushbu imkoniyatdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Masalan, yosh tadbirkor fanlarni o‘qitishga qaratilgan (yoki yuqoridagi boshqa yo‘nalishlarda) o‘quv markaz ochsa, unda aytaylik, jami 10 nafar yosh o‘qiyotgan bo‘lsa va shundan 2 nafari (1/5 qismi) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, yosh tadbirkor mazkur imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

@alisher_sadullaev