Alisher Sadullaev
236K subscribers
2.28K photos
607 videos
31 files
1.59K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
#yashilmakon

16-aprel kuni Sergeli tumanining Xonobod mahallasida Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o'tkaziladi.

Ushbu maskanga pavloniya daraxtlarini ekishni rejalashtirganmiz. Pavloniya daraxti eng tez o'sishi bilan boshqa daraxtlardan ajralib turadi. U manzarali daraxt sifatida qadrlanadi. Bu maskanning yashil bog'ga aylantirish va bu harakatni Toshkent shahridan boshlab, butun respublikamiz bo'ylab amalga oshirish niyatidamiz.

Avvalo, daraxt ekishdan oldin ularni sug'orish tizimi qilinmoqda. Yerning holati daraxt ekishga tayyorlanmoqda. Maqsadimiz — yurtimizning yashilligiga hissamizni qo'shib, uni obod qilish, manzarali va mevali daraxtlarni ko'paytirishdan iborat.

P.S. Yaxshi niyatlar bilan yaqin kelajakda bu maskan salqin va ko'rkam bog'ga aylanishiga umid qilamiz.

@alisher_sadullaev
#yashilmakon

Vatanimizni #YashilMakonga aylantirishda hissa qo’shganlarning barchalariga tashakkur bildiraman.

@alisher_sadullaev
#yashilmakon

Shunday ulugʻ kunlarda «Yashil makon» loyihasi Sergeli tumanida amalga oshirildi. Bu xayrli ishda yosh olimlar, sportchilar, prokuratura organlari xodimlari, zakovatchilar, nogironligi bor shaxslar, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitalari xodimlari — barcha birlashib, loyihada ishtirok etishdi.

Daraxtlarni ekarkanmiz, birinchi oʻrinda shu yerda istiqomat qiladigan insonlarning, mahalla ahlining kayfiyati bilan ham qiziqdik. Albatta, ular bu yerga “dom” yoki qandaydir binoning qurilishi emas, daraxtlar ekilganidan va mahalla koʻkalamzorlashtirilganidan xursandliklarini bildirishdi.

Yillar oʻtib farzandlarimni shu yerga aylantirishga olib kelishni niyat qildim. “Yashil makon” loyihasidan ham maqsad shu: farzandlarimiz bilan aylanishga salqin va koʻrkam maskan yaratish. Hozir va kelajak uchun, yurtimiz salqin va ozoda boʻlishi uchun ham bugun mana shu daraxtlarni ekdik. Sergeli tumani mutasaddilariga minnatdorchilik bildiramiz!

@alisher_sadullaev
#repost #yashilmakon #uzbekistan

⚡️ 4 oy avval “yashil makon” loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shish uchun Sergeli tumani Xonobod mahallasida kichik bog’ yaratishni niyat qilgan edik. O‘shanda ko‘plab faollar kelib, pavloniya daraxtlarini ekishga yordam berishgandi. Bugun daraxtlar yam-yashil bo‘lib, mana shunday ko‘zni quvontiradigan darajaga keldi.

Bizning faoliyatimizda eng muhimi — mehr. Buning natijasini esa rasmda ko‘rishingiz mumkin.

Bosh prokuratura, Ekologiya qo’mitasi va Sergeli tumani hokimligiga alohida tashakkur bildiramiz.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #yashilmakon #uzbekistan

🌳 “Yashil makon”:
4 oy avval va bugun! Mehrimiz bilan bunyod etilgan yam-yashil va moʻjizaviy bogʻimiz.

@alisher_sadullaev