Alisher Sadullaev
191K subscribers
2.28K photos
608 videos
31 files
1.6K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #innovation #youth

Qoraqalpog'istonlik Madraimov Rustamjon va Dawletnazarov Jaqsiliq mini quyosh panellari yordamida mutlaqo yonilg'isiz ishlovchi saksovul urug'larini ekish uskunasini ishlab chiqishdi.

Mazkur uskunani nafaqat urug' ekishda balki, poliz ekinlari uchun zararli hashoratlarga qarshi kurashishda, bundan tashqari paxta ekinzorlarida yumshatish ishlarida ham qo'llash mumkin deyishmoqda yigitlar. Ushbu uskunani yasash uchun yoshlar 20 kun vaqt va 2 million 800 ming so'm mablag' sarflashibdi.

Hozir bu loyihaning ustida vazirlik va tegishli tashkilotlar bilan ishlarni boshladik. Loyihani albatta testdan o’tkazib, qo’llab-quvvatlashga harakat qilamiz. Biz ham Kickstarter yoki Indiegogo tezroq yoshlarni ishlarini olib chiqishimiz kerak.

Loyihaga qiziqqan tadbirkorlar yoki hamkorlik qilmoqchi bo’lganlar, telegram orqali @Rustam_Madraimov ga aloqa chiqishingiz mumkin.