Alisher Qodirov
10.3K subscribers
656 photos
294 videos
1 file
307 links
Download Telegram
Bugun partiyada juda qiziqarli suhbat bo’ladi.

O’z qarashlari va qanoatlarida mustahkam bo’lgan, jamoatchilik e’tirof etayotgan hurmatli ekspertlar bilan uzoq vaqtlardan buyon bizni qiynab kelayotgan masalani muhokama qilamiz.

Tavsiya va taklif qilaman.

@alisherQodir
Juda muhim masala sababli, barcha ekspertlar bilan kelishgan holda suhbatimizni ertaga, 16 dekabr soat 15:00 ga qoldirdik.

Uzrimizni qabul qiling! 🙏

@alisherQodir
Energetikada ham, ish o’rinlari yaratishda ham yolg’onga toqat qolmadi!

Joriy yilda 2 millionga yaqin ish o’rinlari yaratilgan. Bu hamma ish bilan ta’minlandi degani emas, “men ishsizman” deb, natijani yolg’onga chiqarishga shoshilmang.

Prezident fuqarolarni ish bilan ta’minlash uchun eng noan’anaviy yechimlarni ham o’ylab ko’rishga chaqirdi. Qo’lidan keladiganga yer ham beriladi.

Xususiy mehnat agentliklariga kengroq sharoit yaratish kerak degan fikr keldi menga, tahlil qilib taklif beramiz.

Hokimlar faoliyatiga “Ishsizlar bo’lmagan hudud”lar soniga qarab baho berilishi belgilandi.


Energetika sohasida ham islohotlar boshlandi.

30 foizgacha aholiga davlat ko’mak beradi.

Alternativ energetika va daromadi ko’plarning ko’makka muhtojlarga yordami rag’batlantiriladi.

Hokimlarga statistika kerakdir, partiyalarga kerakmas! Natijalar asossiz tasdiqlanmaydi.

Barcha sohalarda ham yetishmayotgan yagona narsa - qadriyatlarga tayangan bozor munosabatlaridir. Buni tezroq anglash va qabul qilishdan boshqa yo’limiz yo’q.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muammolarni hech kim osmondan tushib hal qilib bermaydi, tortishamiz, munozara, muhokama qilamiz va yechimlar topamiz.

Vatan shunday bizniki va biz Vatanniki bo’lamiz.

@alisherQodir
Davlat xizmat koʻrsatishi emas, xizmat koʻrsatadiganlarga qoidalarni belgilab berishi kerak.

Jamiyat davlatni yagona manbasi sifatida, qoidalarni nafaqat belgilanishida, balki, ijrosini taʼminlanishida ham asosiy kuch boʻlishi lozim.

Oddiy qilib aytganda, odamlar huquqini talab qilishni va majburiyatlariga amal qilishni bilishi kerak.

Shunda odamlar svet oʻchsa davlatdan emas, elektr yetkazib beruvchidan norozi boʻladi. Prezidentga shikoyat yozmasdan isteʼmolchi sifatida huquqini talab qilib, sudga murojaat qiladi.

Sud davlat emas, majburiyatini bajarmaganni sud qilsa erkin hukm chiqarishi osonlashadi.

Mehnatga munosabat ham o’zgaradi. Davlat uchun xodim fidoyi boʻlishi kerak, koʻrsatkich 24/7 faoliyat! Biznesda esa, Stiv Jobs aytganidek: “24 soat ishlash emas, aqlni ishlashi daromad keltiradi”.

Barcha sohalarda qadriyatlarga tayangan bozor munosabatlari yetishmayapti.

Nega qadriyatlarga tayangan?

Tabaqalanish baribir boʻladi, lekin, daromadi koʻplar insoniylikni unutmasa, daromadi kamlar insofini unutmaydi.

@alisherQodir
O’zbekiston bayrog’idagi moviyni noto’g’ri ishlatishga chek qo’yish kerak!

Tayyorlanayotgan “O’zbekiston davlat bayrog’i haqida”gi qonun loyihasiga ranglarni kodlash masalasini taklif qilayapmiz.

@alisherQodir
Oʻzbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati mustabid SSSR jinoyatchiga chiqarib, joniga zomin boʻlgan 173 nafar taraqqiyparvar ajdodlarimizni oqladi.

Bizning vazifamiz - ularni nima uchun qatl etilganliklarini, ularni tanimaydigan boʻlib qolgan yoshlarimizga yetkazishdir.

@alisherQodir
“Milliy oʻzligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi boʻlgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi.

Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”

Majlis yakunlangach, Davlatimiz rahbariga partiyaning tayanch g’oyalaridan biriga ustuvorlik berilgani uchun partiya elektorati nomidan rahmat aytdim.

@alisherQodir
Prezident, Oliy Majlis palatalari va Oʻzbekiston xalqiga murojaati bilan ikki ogʻir yildan keyin islohotlarga yangi toʻlqin berdi.

Oʻtgan yillarda qanchalar ogʻir boʻlmasin, mamlakat yalpi ichki mahsuloti, tarixda birinchi marta 80 mlrd. dollarga, eksportchi korxonalar soni 2 mingga ortib, eksport hajmi 19 mlrd. dollarga yetdi.

Yutuqlar yaxshi, lekin maqsad uzoq.

Prezident asosiy koʻrsatkich aholini jon boshiga daromadi ekanligini alohida taʼkidladi.

Xalq farovonligi iqtisodiy taraqqiyotga bogʻliq. Taraqqiyot esa, mashaqqatli mehnat bilangina amalga oshadi.

Quyidagi muhim qarorlarni alohida taʼkidlamoqchiman:

- Davlat boshqaruvi 30-35 foizgacha ixchamlashadi, 61 ta idoradan 28 tasi qoladi;

- Maktab tubdan isloh qilinadi. Yaqin kelajakda 1000 tagacha xususiy maktab quriladi;

- Davlat tiliga munosabat tubdan oʻzgaradi;

- Texnikumlarda zamonaviy bozor talablariga uygʻun kasbga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi;

- Alohida muhandislik maktablari tashkil etiladi;

- Barcha maktablarda bolalar bepul ovqatlanishi uchun 2,5 trln.soʻm mablagʻ ajratiladi;

- Oliy taʼlimda korrupsiyaga qarshi keskin kurash boshlanadi;

- Har bir mahallada kutubxona va sport maydonchasi tashkil qilinadi;

- Tintuv, suhbatni maxfiy tinglash va mulkni xatlash prokurordan sudga olib beriladi;

- 100 ming gektar yer odamlarga boʻlib beriladi;

- Energetika sohasida islohotlar bosqichma-bosqich boshlanadi. Aholini koʻmakka muhtoj qatlamiga subsidiya ajratiladi;

- Yirik korxonalar muqobil energiya manbalaridan foydalanishga oʻtadi;

- Yer qa'rida 6 km. pastdan gaz qazib olish boshlanadi. Bu masalada dunyoning eng yirik va ishonchli kompaniyalar bilan hamkorlik qilinadi. Avvalgi shartnomalar qayta koʻrib chiqiladi;

- Mingta davlat korxonasi xususiylashtiriladi. Yirik jamiyatlarni jozibali aksiyalari xalqimizga ham sotiladi;

- Hududlar 5 ta toifaga boʻlinadi. Toifasiga qarab soliq yuki va imtiyozlar belgilanadi;

- Qoʻshimcha qiymat soligʻi 15% dan 12 %ga kamayadi. Tadbirkorlarda 14 trln. soʻm qoʻshimcha mablagʻ paydo boʻladi.

Bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish xalq va hokimiyatni birdam va samarali harakatiga bog’liq.

Aniq bo’lgan narsa shuki - orqaga yo’l yo’q!

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma millat o’z tilini saqlab qolish uchun birinchi navbatda, bolalarni ona tilida savodi chiqishiga erishishi kerak.

Har qanday xorijiy tilni 1 yilda o’rgatish mumkin, lekin ona tili bilan singadigan milliy o’zlikni o’rgatib bo’lmaydi.

@alisherQodir
Bugun energetiklar kuni.

Islohotchilarga doimo qiyin bo’lgan.

Mamlakatimizda og’ir va mas’uliyatli energetik islohotlar davrida fidoyi mehnat qilayotgan barcha energetiklarimizni samimiy tabriklayman.

@alisherQodir
Parlament - partiyalarning gʻoya va maqsadlarini roʻyobga chiqarish uchun kurashadigan maydon boʻlishi kerak.

Bunga erishish uchun, Oʻzbekistonda vakillik organlariga saylov tizimi nomzodlarga emas, partiyalarga ovoz beradigan shaklga oʻzgartirilishi lozim.

Partiya hokimiyatga kelsa nima qilishini aytishi, xalq ishonchiga erishishi va vaʼdasini bajarishiga qarab, keyingi ishonchni olishi yoki olmasligi mumkin.

Va’da bajarilmasa muddatidan avval ham saylov bo’lishi mumkin.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo’llarda tezlikni cheklashdan maqsad yo’l harakati хavfsizligini ta’minlash ekanligi unutib qo’yilmoqda.

Jarima daromad manbai bo’lib qolmasligi kerak.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshitish va oʻylab koʻrish juda muhim ko‘nikma.

Bu ko‘nikma boʻlmasa, 2 ta fitnachi oqni qora, qorani oq qilib olomonni istagan joyiga olib ketaveradi. Hatto 11 yil maktabda fizikani oʻqitgan boʻlsak ham…

Maktab birinchi navbatda tahlilga oʻrgatishi kerak.

@alisherQodir
Bog’chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqtini qisqartirish juda yaxshi, lekin bu masalaning yarmi…

Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak.

Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o’zgaradi.

Qolaversa, natija ko’p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi.

@alisherQodir
Oilali ayol xodimlarga ikki soatlik imtiyoz haqidagi taklif, ish beruvchilar va ayol faollar tomonidan "mehnat bozorida ayollarni kamsitilishiga sabab bo’ladi", deb tanqid qilindi.

Ish beruvchi - xodimning kamroq ishlashiga moslashadi, lekin oila onasizlikka moslasha olmayapdi.

Yangi Mehnat kodeksi ish vaqtini moslashtirish uchun imkon beradi. Ayollar oilasi uchun bu imkoniyatdan foydalanishi kerak.

Aks holda, yaqin kelajakda insonning aniq qiymatini belgilashni taklif qiladigan, onasi qadrlamagan ish beruvchilar paydo bo’lishiga tayyor turing.

Taraqqiyot - qadriyatlarga tayanishi kerak! Bormoqchi bo’lgan manzilimizni aniq bilib olaylik.

@alisherQodir