Alisher Qodirov
10.1K subscribers
662 photos
303 videos
1 file
314 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonimiz 🇺🇿 uchun faol bo’lishimiz kerak!


@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men ham ishtirok etaman.

Siz ham O’zbekistonimiz kelajagiga befarq bo’lmang!

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonimizning go’zal bayrog’idan foydalanishni sezilarli erkinlashtirgan va unga nisbatan hurmatsizlikka jazoni aniq belgilagan qonun kuchga kirdi.

Fikrimcha, lavhada bayrog’imizning eng to’g’ri ranglari keltirilgan, shu ranglar o’zgarmasligi kerak.

@alisherQodir
Vatanim taraqqiyoti va xalqim farovonligi uchun ovoz berdim.

Davlatim, millatim, ko’p millatli O’zbekiston xalqi va partiya, shubhasiz to’g’ri yo’lda deb hisoblayman.

@alisherQodir
Prezident saylovida 15,6 mln. kishi, yaʼni saylovchilarning 79 % ovoz berdi.

Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 13 mln. 625 mingdan ortiq, 87,05% ovoz olib, g‘olib bo‘ldi — Markaziy saylov komissiyasi.
Erkinlik hayvonlarda imkoniyati, insonlarda axloqi chegarasida to’xtaydi.

E’tiqodni tahqirlash - axloqsizlikdir!

Axloqsizlikni erkinlik sifatida qabul qilinishi, kamida, og’ir ijtimoiy inqirozning alomati bo’lishi mumkin.

@alisherQodir
Fikrimcha, singapurcha tejash emas, inglizcha hisobni o’rganishimiz kerak.

BMT hisob-kitobiga ko’ra, dunyoda qarzi eng ko‘p davlat Singapur ekan. Qarz kishi boshiga 117,4 ming AQSH dollaridan to‘g‘ri kelayapti. Yalpi ichki mahsuloti esa, kishi boshiga 67,3 ming AQSH dollaridan tushmoqda.

Bu ko‘rsatkich AQSHda 93 - 62,8, Yaponiyada 88,4 - 49,3, Kanadada 58,9 - 44,9, Buyuk Britaniyada 46,6 - 55,8 …

Qo‘shnilardan, Xitoy 9,9 - 12, Rossiya 2,9 - 10, Qozog‘iston 2,2 - 11,2, Hindiston 2 - 2,4, Qirg‘iziston 0,82 - 1,2…

O‘zbekiston 0,78 - 3,4…

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” fondi stipendiatlari muvaffaqiyat bilan diplomlarini himoya qilishmoqda.

Ulardan biri Yoshlar parlamentining umidli aʼzosi, partiyadoshim Samandarjon Ismoilov.

Barcha stipendiatlarni samimiy tabriklayman!

Fond umid bilan O‘zbekistonimiz kutayotgan mevalarni bera boshladi.

@alisherQodir
O’zbekistonda kambag’allik yo’q deb uzoq yillar o’zimizni aldab keldik.

7 yil avval, xalqaro mezonlarga ko’ra O’zbekistonda 34 foiz aholi kambag’al edi, 2023 yilda bu ko’rsatkich 14 foizgacha qisqaribdi.

Xalqaro mezonlar o’z yo’liga, kambag’allik - mag’lubiyatga rozilik, deb o’ylayman.

Kim kambag’al bo’ladi? Birinchi navbatda harakati yo’q, ilmi yo’q, hunari yo’q odam kambag’al bo’ladi! Kimdir hayoti davomida imkoniyat izlasa, kimdir aybdor izlaydi.


Menimcha, davlat qancha harakat qilmasin, mag’lublar kambag’al bo’lib qolaveradi!

@alisherQodir
“Hech qachon ahmoqlar bilan tortishmang. Ular o’z darajalarida tajribalari hisobiga sizni ezib tashlaydilar”

Mark Tven.

@alisherQodir
Dima Qayumdan odatdagidek, jaydari, asosli fikr o’qidik.

Bizni bu xulosaga keltirgan asoslar bir xil…

Tanganing har ikki tomonini ko‘rib xulosa chiqaradigan odamlarning ko‘pligi jamiyatda konstruktiv muloqot, pirovardida hammani qiynayotgan muammolarga tezroq yechim topishga muhit yaratadi.

Trollar, provokatorlar, kaltabinlar va doimo norozilar o‘z yo‘liga, tuppa-tuzuk baʼzi fikrlariga quloq tutish mumkin bo‘lgan ayrim faollar ham, o‘pkasi yo‘q heyterlarga aylanib qolgani, albatta achinarli…

Deputatlarni ahmoq bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikr kaltabinlik, qolaversa saylovchiga, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo’shgan va qo’shayotgan amaldagi va sobiq deputatlarga nisbatan hurmatsizlik qilindi.

Fikr egasini bu xulosaga qanday kelganini so’rab ko’rish kerak, chunki uning juda yaqin qarindoshlari ichida o’z davrining fidoiy deputatlari bor. Har holda insonni ahmoq deyish uchun uni juda yaqindan bilish kerak. Shaxsan men bunday deputatlarni bilmayman.

Takror aytaman, inson yaxshi yashashiga xalaqit beradigan muammolarni yengib o‘tishi kerak. Istasa davlatni, istasa ota-onasini, istasa butun dunyoni aybdor deb bilsin: boy berilgan hayot unikidir! Inson qayerda va qanday holatda bo’lishidan qat’iy nazar harakati, bilimi va hunari bilangina maqsadiga erishadi. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlam butun dunyoda davlatning qarmog‘ida bo‘lishi muhokama mavzusi emas!

Xalqimizni teng va bir xil obod hayot taʼminoti haqidagi balandparvoz va yolg’on va’dalar bilan boshini qotirib, yakunda o‘zi ham, g‘oyasi ham yo’q bo‘lib ketgan sovet sotsializmi xulosalar uchun yetarli bo’lishi kerak.

Men O’zbekistonni o’zbek xalqining insonparvar qadriyatlariga sadoqatli boylari ko’p, ijtimoiy davlat sifatida tasavvur qilaman.


@alisherQodir
Xitoy xalq - ozodlik armiyasi tashkil etilganiga 96 yil to‘lishi munosabati bilan Xitoyning mamlakatimizda faoliyatini yangi boshlagan Favqulodda va muxtor elchi janob Szyun Yuyni tabriklash uchun bordik.

Xitoy - qadriyatlarga tayangan taraqqiyotni muvaffaqiyatli namunasi sifatida partiyamiz uchun doimo qiziq.

@alisherQodir
Rozaliya Abdulhakova va Sayyora Azlarovaga katta rahmat, juda foydali fikrlar bildirildi.

Fojiamizni faqat maktabda deb o‘ylash xato, u bog‘chada boshlanayapti.

Bog‘chada ta’minlangan professionallar, qadriyatlarga tayangan uslublar asosida ishlamasa, qumga uy quraveramiz.

@alisherQodir

https://youtu.be/hL7fqUFZIYM
Bugun Хalqlar do‘stligi kuni.

Har bir xalqning qadriyatlari bebahodir.

Insoniyat tarixidagi eng jirkanch ishlar, turli niqoblarda va manfur maqsadlar uchun xalqlarning qadriyatlarini tahqirlash yoki yo‘q qilishga qaratilgan ishlar bo‘lgan va afsus, bugungacha bo‘lib kelmoqda.

@alisherQodir
Blogerlik yaxshigina daromad keltiradigan ish.

Biron sohaga ixtisoslashib, kuzatuvchilarni ko‘paytirish, shuni hisobiga platformalar, saytlar bilan hamkorlikdan, reklamadan yaxshigina daromad topish mumkinligini men aytmasam ham biladiganlar juda ko‘p!

Lekin, negadir bizda blogerlar asosan nonkomformistlar, hokimiyat bilan nizo izlab, yoki komformist-opportunistlar hamkorlik qilib, “daromad” ko’rayotganlardan iborat bo‘lib qolayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda faollik, hokimiyat bilan muloqot boshqa, daromad maqsadida blog yuritish butunlay boshqa ishlar.

Maqsad daromad bo‘lsa, hokimiyatni tinch qo‘yish kerak, maqsad siyosat bo‘lsa, daromadni o’ylamaslik kerak.

Fikrimcha, bizda nafaqat yaxshi siyosatchilar, balki kuchli siyosiy jurnalistika yoki maqsadini tushunadigan blogerlar toifasini shakllanishiga biroz vaqt kerak…

Bu davrdan ham o‘tishimiz kerak.

@alisherQodir
Imtiyoz har qanday shaklda raqobatni to’xtatadi. Raqobatni yo’qligi rivojlanishni!

Kimgadir nima uchundir yordam berish kerakmi, davlatmi, biron boy vatandoshmi, farqi yo’q, raqobatga zarar bermasdan homiylik qilishi mumkin.

@alisherQodir
Prezidentning vakili pedagoglarga munosabatda Prezidentdan o’rnak olishi kerak.

Haqoratga rozi bo’lgan pedagog farzandlarimizni oyoqosti bo’lishga rozilikka o’rgatadi!

Pedagoglarni behurmat qilmang!

@alisherQodir
90 foiz vatandosh tiqir-tiqir ishini qilayapti, oz-ko‘p reja tuzayapti, og‘ir-yengil maqsadiga intilayapti…

Norozilarning shovqini, rozilarning sukuti, beqarorlarning shivir-shiviri…

Bunday bo‘linish barcha jamiyatlarda bor, doimo bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi.

O‘zbekistonni kecha shakllanib qolmagan muammolariga yechimlar bor va ularni samarali bajarish uchun hamma ishlar qilinayapti. Hali yechimi izlanayotgan muammolar ham yetarlicha va ularga ham albatta birgalikda yechim topamiz, topishga majburmiz, boshqa yo’limiz ham yo’q!

Mutlaq xotirjamlik yoki adolat Odam ato yaratilganidan beri bo‘lmagan, qiyomatgacha ham bo‘lmaydi.

Oldindagilarga doim qiyin bo‘lgan, oldindan kutilmagan va orqadan kutilgan zarbalar, eng qiyini shu qo‘llarning o’zidan natijalar uchun qarsaklarga sabr qilish kerak.

Bu dovonlardan hamma o‘tgan, biz ham albatta o‘tamiz!

@alisherQodir
O‘zbekiston huquqiy, demokratik davlat, haqingni kimdir yegan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda poyintar-soyintar ayblovlarni tarqatmasdan sudga murojaat qil va asosla!

Har qanday qonunbuzarlik, jumladan tuhmat va haqorat ham istisnosiz jazoga tortilishi shart!

@alisherQodir