Ongli ravişda öz tili, madaniyati va qadriyatlarini kamsitadigan, ulardan or qiladigan asorat qatlamining jamiyat birdamligi uçun karralarga xavfliroq ekanini unutmaslik kerak.
Har qanday inson, millat, davlat, ming yillab şakllangan ustun qadriyatlaridan keçib röşnolik topmagan.
@alisherQodir

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Partiya yoşlari özbek tilini töğri va samarali işlatiş böyiça qator tadbirlar taşabbus qilişmoqda.
@alisherQodir
@alisherQodir
Erkinlik, xalq irodasi, boşqaruvning adolatliligi va umuman adolat tuşunçasi turli xalqlarning minglab yillar davomida şakllangan qadriyatlari asosida turliça mezonlar bilan ölçanadi.
Britaniyaning Ekonomist jurnalini ğarb mezonlariga tayangan erkinlik ölçovlari reytingni ğarb tomonidan körinişini beradi xolos.
Taraqqiyot doimo qadriyatlarga uyğun bölişi lozim.

nonews.co
Рейтинг стран по уровню демократии
Составлением рейтинга стран мира по уровню демократии занимается исследовательская компания The Economist Intelligence Unit (аналитическое подразделение британского журнала Economist)....
Sovet mafkurasidan qolgan zararli illat - qahramon böliş uçun öliş…
Avvalroq inson qadri va qahramonlik masalasida yozgandim.
☝️☝️☝️
@alisherQodir
Avvalroq inson qadri va qahramonlik masalasida yozgandim.
☝️☝️☝️
@alisherQodir
Öz’A tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlarda partiya a’zolari soni kam körinayotganligi bevosita partiya Markaziy kengaşida qabul qilingan ikkita qaror bilan boğliq:
Birinçi, 2019 yilda boşlangan, barça partiyalar a’zolarini yagona elektron platformaga qayd etadigan tizim joriy etilgaç, a’zolarimizni tahlil qilib oliş imkoniyati yuzaga keldi. Yangi a’zolarda masala yöq, lekin avvalgi a’zolar platformaga şoşilmasdan, tahlil qilib kiritilmoqda. “Özi bilmasdan a’zo bölib qolgan” a’zolarni platformaga qayta kiritmoqçi emasmiz.
Partiyaga a’zolik masalasida qaraşimiz qat’iy: safimizda ğoyalarimizga xayrixoh va ularni amalga oşişiga hissa qöşiş niyati bölganlar bölişi kerak;
Birinçi masala ikkinçisiga sabab böldi. A’zolikni asl maqsadini unutib, statistikaga moslaşib qolgan tuman partiya taşkilotlarining iş falsafasi qayta körib çiqildi.
Tuman bölinmalariga iş haqi va saqlaş harajatlari uçun ajratilayotgan mablağlarni partiyaning yuqori böğimlarida kamayib ketgan iş haqini oşiriş va eskirib ketgan moddiy-texnik bazani yangilaş uçun yönaltirişga qaror qilindi. Tuman bölinmalarimizda esa iş haqi a’zolik badalining miqdoriga boğlandi, ya’ni, köp badal - köp iş haqi.
Soxta a’zo badal tölamaydi-ku, töğrimi?! Partiyaning xayrixoh a’zosi esa maoşidan 5-6 ming söm a’zolik badalidan qoçmaydi.
Xarajatga nisbatan samara körsatkiçi 5 foizga ham bormaydigan tuman partiya taşkilotiga raislik qilayotgan xodim har oyda 1,5 million sömga rozi bölib ötirganidan köra, tumanida 2 ming faol a’zosi bölsa 6 million sömgaça maoş olişi mumkin.
Bu işga munosabatni ham, manfaatdorlik va yakuniy natijadorlikni ham jiddiy özgartiradi, deb umid qilayapmiz.
Partiya a’zolikka jalb qiliş va badal tölaş tizimini qulaylaştirdi.
Dunyoning istagan burçagidan partiyaga a’zo bölişingiz mumkin. Buning uçun saytimizning partiyaga a’zolik bölimida a’zolik jarayonini boşlaşingiz kerak.
A’zolik badallari, qonunga zid bölmagan xayriya yoki homiylik mablağlari Payme ilovasi orqali qulay ötkazilişi mumkin.
A’zolikni yana ham qulayroq bölişi uçun telegramda @MT_azolikbot botimiz işga tuşirildi. Pasportingiz nusxasi, har qanday şakldagi rasmingiz va telefon raqamingizni yuborsangiz, partiyaga a’zo böldim deb hisoblaşingiz mumkin. Qolgan işlarni partiya xodimlari oldingizga borib yoki telefonda yakunlab qöyadilar.
Milliy tiklaniş partiyasining yagona maqsadi minglab yillik qadriyatlarimizga tayangan holda, davlatimizni qudratli va xalqimizni farovon qilişga hissa qöşişdir.
Bu maqsadga faqat birgalikda harakat qilsak erişişimiz mumkin.

Telegram
UzA | Tezkor xabarlar
#REYTING
⚡️O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zolari soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi
O‘zbekistonda ayni paytda 5 ta partiya faoliyat yuritadi. Reytingda O‘zLiDeP yetakchilik qilmoqda. Tashkil etilganiga endi 5 yil to‘lgan O‘zbekiston Ekologik…

Özbeklar, qozoqlar, qirğiz, turkman va tojiklardan iborat Turkiston tarixidagi qonli kunlar, ayniqsa Qöqon genotsidi unutilmaydi.
Qaçonlardir ruslarning ham Villi Branti çiqişi kerak.
@alisherQodir
Qaçonlardir ruslarning ham Villi Branti çiqişi kerak.
@alisherQodir
YouTube
Qo‘qonni qonga botirishda kimyoviy quroldan foydalanilganmi?
Bundan roppa-rosa 106 yil muqaddam Qo‘qonda odamlar tiriklayin yoqilgan, o‘ldirilgan, zo‘rlangan va hatto go‘daklar ham shafqatsizlarcha qatl etilgan edi. Turkiston muxtoriyati tuzilishi va barbod qilinishiga oid siz eshitmagan ma’lumotlarni bugun olimlarimiz…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun zöravonlik körgan bola ertaga zöravonlik qiladigan ota, ona, öqituvçi, tarbiyaçi va hokazo…
Bugungi zöravon esa hayotini ona suti bilan boşlamagan, bolaligida ota-onasi, tarbiyaçi yoki öqituvçisidan agressiv munosabat körgan inson.
Bolaga qanday munosabatda bölsak, unga qanday tarbiya bersak şunday kelajak yaşaymiz.
Bolalarni zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan juda muhim qonun loyihasini birinçi öqişda tasdiqladik.
İkkinçi öqişda qonunni ta’sirçanligi va samaradorligini ta’minlaşga qaratilgan köp takliflarimiz bor.

Bolalar va yoşlarni faqat zöravonlikdan emas, axloqsizlikning zararli ta’sirlaridan ham himoya qilişimiz kerak.
Pornografik mahsulot tarqatiş yoki reklama qiliş Jinoyat kodeksining 130-moddasida BHMning 400 dan 600 baravarigaça jarima yöki 360 soat majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça ahloq tuzatiş işlari belgilaşga sabab böladi.
İjtimoiy tarmoqlarda ahloqsizlikni tarğib qilayotganlarni bu modda bilan jazolaş uçun Jinoyat kodeksida berilgan “pornografik mahsulot” tuşunçasini kengaytiriş, unda fahşga tarğib qilişning har qanday şaklini qamrab oliş zarur.
Bu masalada maslahatlaşuvlarni boşlaymiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbari tomonidan hukumat oldiga qöyilgan vazifalar joylarda qanday ijro qilinmoqda…
Parlamentning nazorat vakolatidan foydalanib, Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaş deputatlari Surxondaryoda bir qator masalalarni tahlil qilişni boşladik.
Bugun Termiz şahrining 37 ta mahallasida tizimli taşkil qilingan kommunal xizmatlarni örgandik, ertaga Angor tumanida qişloq xöjaligi, investitsiya va eksport masalalarini örganmoqçimiz.

Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
“Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ko‘magida O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingini tuzdi.
Reytingga mamlakat axborot makonida fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga, milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritildi.
Reytingga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari soni 20 mlndan ziyod (unikal foydalanuvchilar 7-7,5 mln), e’lon qilgan materiallarining oylik qamrovi 45 milliondan oshadi.
👉 Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/654
YUKSALISH HARAKATI

Surhondaryoda ikki kundan beri baraka qor tinmayapdi.
Dehqonlar xursand. Toğlarda qor yiğilayotgani suv muammosini bartaraf qiladi deyişmoqda.
Bugun Angor tumanida işladik.
Eksportga işlayotgan va daromadi bilan dunyoqaraşi ham özgarayotgan dehqonlarimizni fikrlarini tingladik.
Masalalarni mahalliy kengaşlarda muhokama qilamiz.
@alisherQodir
Dehqonlar xursand. Toğlarda qor yiğilayotgani suv muammosini bartaraf qiladi deyişmoqda.
Bugun Angor tumanida işladik.
Eksportga işlayotgan va daromadi bilan dunyoqaraşi ham özgarayotgan dehqonlarimizni fikrlarini tingladik.
Masalalarni mahalliy kengaşlarda muhokama qilamiz.
@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Albatta, til bilgan el biladi. El bilgan daromad uçun keng imkoniyatlarga ega böladi.
Özlikni anglaydigan va qadrlaydigan, öz tiliga özga tillardan ustun qaraydigan köp tilli aholi, milliy taraqqiyot uçun juda muhim, şubhasiz.
Lekin, siyosatda tilni qurol, yumşoq kuç sifatida işlatiş tajribasi paydo böldi.
Davlatlararo munosabatlarda bosim quroliga aylangan til qançalar foydali bölmasin jozibasini yöqotib, milliy taraqqiyot uçun xavf va tahdidga aylanadi.
@alisherQodir
Özlikni anglaydigan va qadrlaydigan, öz tiliga özga tillardan ustun qaraydigan köp tilli aholi, milliy taraqqiyot uçun juda muhim, şubhasiz.
Lekin, siyosatda tilni qurol, yumşoq kuç sifatida işlatiş tajribasi paydo böldi.
Davlatlararo munosabatlarda bosim quroliga aylangan til qançalar foydali bölmasin jozibasini yöqotib, milliy taraqqiyot uçun xavf va tahdidga aylanadi.
@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimiz va viloyat markazlarida taşqi yozuvlar, statistika, bank, soliq va notarial hujjat aylanmalarida boşqa tillarni işlatiş tartibining buzilayotgani hokimliklar, idoralar va nazorat uçun vakolatli Raqobat qömitasining nafaqat qonunlarimiz, balki milliy ustunimiz - ona tilimizga bölgan munosabati deb baholanişi kerak.
Bundan buyon uşbu mavzu, qonun talablari bajarilmaguniça partiya kun tartibidan tuşmaydi.
@alisherQodir
Bundan buyon uşbu mavzu, qonun talablari bajarilmaguniça partiya kun tartibidan tuşmaydi.
@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mendan rusafob yasaşga intilmang, ruslar ham bizdek sovet zöravonligidan aziyat çekkan, tinçliksevar bir xalq. Millat yomon bölmaydi, uni yomonlari bölişi mumkin.
Men har qanday şaklda sovet ittifoqini tiklaş haqidagi qaraşlarga qarşiman.
Sovet ittifoqi loyihasi butun turkiy xalqlar, jumladan özbeklarni öğirlagan va tahqirlagan deb hisoblayman.
Öğrilangan va öldirilgan qiymat va qadriyat bizdan söralmagan, tiqiştirilganlarni esa biz söramaganmiz.
Kimnidir, qayergadir, qandaydir qaytariş haqida gaplar biz uchun ahamiyatsiz, lekin ozod turkiy davlatlarni qudratli taraqqiyot yöliga qaytişi zaruratga aylangani aniq!
Bu qaytiş quruvçi-hamkorlik qaytişi bölişi kerak, aloqalar va çegaralarni buzadigan, döstlarni duşmanga aylantiradigan qaytiş emas!

Majburiy ijro byurosi (MİB) elektr va gazdan qarzdorlarni sudga berişdan avval uni tarmoqdan uzilganini tasdiqlovçi hujjatni şart qiladigan qonun loyihasini kiritdi.
MİB asosi, sud qarorini ijro qilişga borilganida energosotiş taşkilotlarining xato hisobi va şikoyati bilan sud xato qaror çiqargan bölib qolyapti, çunki fuqaro heç qaçon qarzdor bölmaganini isbotlab beryapti.
Haq bölgan fuqaro haq ekanligini isbotlab beradi va albatta xonadonini tizimdan uzişga yöl qöymaydi, natijada behuda şikoyatning oldi olinadi.
Qonunni qöllab-quvvatladik.
Milliy tiklaniş partiyasining fraksiyasi masalani boşqa tomoni bilan qiziqmoqda: nega hanuzgaça elektr va gaz sotiş tizimi aqlli hisoblagiçlar bilan töliq qamrab olinmagan? Nega aqlli hisoblagiçlar yetarli emas va ularga xizmat körsatiş tizimi yölga qöyilmayapdi?
Parlament nazorati doirasida tegişli qömita tahlillarni boşladi.

Milliy tiklaniş partiyasida azaliy qadriyatimiz haşar ötkazilmoqda.
Inson atrofini ham uyidagidek, atrofidagilarni ham yaqinlaridek qabul qilişni örgana olsa, hayot bu qadar inqirozlarga töla bölmas edi.
Qadriyatlar taraqqiyotning tayançi bölişi kerak.