Alisher Qodirov
5.16K subscribers
634 photos
262 videos
1 file
284 links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

https://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zgarishlar - ochiq va ko’p muloqotni talab qiladi. Bugun, eng qulay muloqot maydoni - ijtimoiy tarmoqlar ekanligi, haqiqat.

O’zbek tilida muloqot qilish mumkin bo’lgan kamsonli, samimiy va ochiq podkast “Muvaffaqiyat kalitida” Nazira honim bilan kecha, bugun va erta haqida gaplashdik…

To’liq suhbatni ertaga, quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin👇

https://youtube.com/@102tv
https://t.iss.one/alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Partiyaning tashabbuskor yoshlari doimo faol va fidoyilar…


@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatan ne’mat, unga sadoqat - qudratdir.

Vatan himoyasi uchun jondan kechganlar - qahramon, qochganlar - xoindir.

Biz faqat Vatan himoyachilariga emas, ularni dunyoga keltirib, sog’lom va sardor qilib tarbiya qilgan onalar va otalarga ham ta’zim qilishimiz kerak.

@alisherQodir
Daniyaning “Qattiq yo’l” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Qurʼoni Karimni yoqib yuboribdi.

Partiyani roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida nafaqat gʻayriinsoniy gʻoyasi, balki yetakchilarini ruhan sogʻlom ekanligi ham tekshirilib koʻrilishi kerak.

Daniya eʼtiqod erkinligiga betoqat davlatlar qatoridan oʻrin oldi.

@alisherQodir
Energetika va Tashqi ishlar vazirlari bilan “Gazprom” yoʻl xaritasi tafsilotlarini gaplashdim.

Bu insonlar murakkab davrda mamlakatimiz manfaatlari uchun jiddiy va foydali ishlar qilishmoqda.

Bu ish milliy manfaatlarimizga zarar emas, aksincha yaxshigina foyda keltirmoqda.

Koʻp tomonlama boʻlgan bu kelishuv tugallansa, batafsil axborot beriladi, bu biznes odobi, sir emas!

Soʻz erkinligi birinchi navbatda masʼuliyatdir.

“Yoʻl xaritasi” bilan “shartnoma”ni farqlay olmaydiganlar xalq manfaati uchun kurashayotgan masʼullarni xoinlikda ayblashi, bilib yoki bilmay Oʻzbekiston manfaatiga zid yoʻnalishda ishlashga oʻxshab qolayapti.

Fikrimcha, murakkab sharoitlarda, toʻgʻrisini bilmasdan, xalq bilan hokimiyatni bir biriga qayrash - asli xoinlikdir.

Yaxshi gumonda boʻlamiz!

@alisherQodir
Davlat rahbari tomonidan mamlakat energetika tizimini jiddiy isloh qilish tashabbus qilinmoqda.

Muqobil energiya ishlab chiqarish qoʻllab-quvvatlanadi: quyoshdan energiya olish moslamasini uyingizga joylab, ortiqchasini soting, davlat ikki barobar qimmatga sotib olishga tayyor. Bu juda jozibali taklif!

Yirik korxonalarga ogohlik qoʻngʻirogʻi: muqobil energiya manbalaridan foydalaning, aks holda qiynalasiz.

Muqobil energiya 15 mlrd. kubgacha gazni iqtisod qilish imkonini yaratadi. Bu milliardlab qoʻshimcha qiymat va minglab fuqarolar uchun ish oʻrni degani.

Oʻzbekiston energiya sohasidagi islohotlar, dunyoni yashil energetikaga oʻtish oqimiga uygʻun boshlanmoqda.

Mamlakatimiz tabiatida quyosh, shamol energiyasi va mini GESlar energiyaga boʻlgan ehtiyojini sezilarli qoplashi mumkin.

Lekin, asosiy muammolardan biri isteʼmol madaniyatining pastligida. Energiyani isrofsiz ishlatishni ham oʻrganishimiz kerak.

Nimani xor qilsang, shunga zor boʻlasan, deydi dono oʻzbek xalqi.


Keraksiz yoqiq chiroq, uyda issiqlik asrashni elementar talablariga rioya qilmaslik, havoga gapirib yotgan televizor.. va hokazo.

Deputatlar va jamoatchilik aholiga keng tushuntirish ishlarini olib borish bilan birga, islohotlarni ishonchli nazoratchisi ham boʻlishi kerak.

@alisherQodir
Qardosh Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan vayronkor zilzila oqibatidan chekayotgan iztirobga sherikmiz.

Partiyamiz faollari nomidan vafot etganlarning oilalariga taʼziya izhor qilamiz, zarar koʻrganlarga Yaratgandan shifo va sabr tilaymiz.

@alisherQodir
​​Mustaqil komissiyaning marhum Polat Shamshetov oʻlimiga oid rasmiy bayonoti.

2023 yil 7 fevral kuni Mustaqil komissiya aʼzolari hamda Ombudsmanning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili marhum P. Shamshetovning oʻlimi sabablarini oʻrganish maqsadida, 4-sonli Tergov hibsxonasida bo’ldilar.

Tashrif davomida Mustaqil komissiya aʼzolari 6-mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi markaz boshligʻi podpolkovnik Sh.Radjabov, hibsxona boshligʻi podpolkovnik U.Asadov va hibsxona tibbiyot boʻlimi boshligʻi mayor N.Pulatov, shuningdek, marhum P. Shamshetov vafot etgan kuni hibsxonada navbatchilikda boʻlgan tibbiyot boʻlimi feldsheri katta serjant D.Temirov hamda tartibot va qoʻriqlash boʻlimi korpus kattasi safdor R.Jumayevlar bilan holat yuzasidan suhbatlashdi.

Shuningdek, qayd etish hujjatlari hamda hibsxonada saqlanayotgan shaxslar va xizmat olib borayotgan xodimlar harakatini nazorat qilish maqsadida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari yozuvlarini oʻrganishdi.

Shundan soʻng, Komissiya aʼzolari marhum P. Shamshetov bilan hibsxonaning kamerasida birga saqlangan shaxslar S.Sh. va M.B. bilan holat yuzasidan alohida suhbatlashdilar.

Ular marhum P. Shamshetovga nisbatan ruhiy yoki jismoniy tazyiqlar oʻtkazilmagani, bu haqda marhumning oʻzi ham biror marta shikoyat qilmaganini qayd etishdi.

Maʼlum boʻlishicha, marhum P. Shamshetov vafot etgach, hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshligʻi, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari, Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili, marhum P. Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlari va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Olingan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhum P. Shamshetov oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Oʻrganish ishlari davom etmoqda.

@alisherQodir
Yulo Voglaydning “Vatandoshlik dasturi” dan iqtibos:

“Inson oʻzini subʼekt sifatida tutishi uchun muhokamalar, qarorlar va natijalarni baholashda qatnashishi, ongli ravishda ishtirok etish uchun yetarli bilim, maʼlumot va tajribaga ega boʻlishi zarur”.

Tarjimon Hamid Sodiqdan birinchilar qatorida kitob sovgʻa olganim uchun birinchilardan boʻlib oʻqib chiqdim.

Erkinlik - maʼlumotsiz va bilimsizlar tomonidan manfaat quroliga aylantirib olingan jamiyatda, eng katta xavf - erkinlikning oʻzi boʻlib qolaveradi.

@alisherQodir
AQSH Prezidenti Jo Bayden Prezident Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi. Davlatlar orasidagi konstruktiv va ishonchli muloqot juda yaxshi.

Fikrimcha, bugungi murakkab davrda maktubning mazmunidan koʻra koʻproq yuborilgan vaqti ahamiyatliroq…

Davlatlarning hududiy yaxlitligi masalasida qarashlarimiz ochiq-oydin bayon qilindi.

Shu bilan birga, bugungi geosiyosiy silkinishlar davrida biz uchun asosiy va yagona maqsad Oʻzbekiston manfaatlari bo’lishi kerak.

@alisherQodir
Urush faylasufi Sun Tzindan deyarli uch ming yillik tavsiya:

“Kuchli bo’lsang vaqtini top va maqsadingga yet. Aksincha, ko’p shovqin qil, lekin, zinhor urush boshlama”.

Bir insonni o’qib, birini eshitayapman.

@alisherQodir
Haqiqat uzoqdan aniqroq koʻrinadi.

Bir yil avval ayni sanada, minglab umrlarga zomin boʻlib, millionlarni darbadar qilgan inqiroz boshlandi va davom etmoqda.

Yirik davlatlar manfaatlari uchun koʻzini yummay qon to’kayotgan bir davrda, Oʻzbekiston kabi muammolar tirbandidan taraqqiyotning ona yoʻliga chiqib olish uchun intilayotgan davlatlar juda ogʻir va murakkab qarorlar qabul qilishmoqda.

Bugungi kunlar Oʻzbekiston uchun qanchalar murakkab va xatarlarga toʻla boʻlgani kelajak avlodlarga koʻproq ko’rinadi.

Aniq-ki, har qanday inqiroz oʻzgarishlarni olib keladi: vazminlik bilan toʻgʻrisini topganlarga yangi marralar, tarqoqlar uchun yangi muammolar…

Sokin ko’ringani bilan bo’hronlarda silkinayotgan bu kunlarda fitnalarga aldanmay, bir-birimizga ishonib, hamjihatlikda harakat qilsak, qanchalar har xil qarashlarga ega bo’lmaylik, yagona boʻlgan maqsadimiz - O’zbekistonimizni o’zgarishiga albatta erishamiz.

@alisherQodir
Prezident partiyalarning parlamentdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif berdi:

1) Qonunchilikni bugungi realliklarga uygʻunligini ta’minlash.

Masalan, davlat klasterlarni oyoqqa turishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi. Tan olish kerak, klasterlar qisqa vaqt ichida oyoqqa turdi va eng quyigacha sanoatni olib kirishga erishmoqda. Bu oʻxshashi boʻlmagan, oʻziga xos yangi tajriba.

Jiddiy daromad koʻrayotgan klasterlarga davlat tomonidan ijtimoiy masʼuliyatni boʻlishish taklifi juda oʻrinli.

Klasterlar istaganicha boy boʻlsin, lekin joylashgan tumanida muhtojlik va ishsizlikni bartaraf etishda zimmasiga masʼuliyat olsin.

Ushbu masʼuliyatni qonunda aks ettirish taklifini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman;

2) Prezident vazirlarni tayinlash vakolatini Parlament bilan boʻlishib, bu masalada xalq fikriga ustuvorlik berdi.

Vazirni tasdiqlash uchun ovoz berish yetarli emas, uning faoliyat samaradorligini tahlil va nazorat qilish, salbiy natijalar uchun esa xalq oldida masʼuliyatni ham zimmasiga olishi kerak.

Bu masʼuliyat partiyalarni “tanqid qilish uchun tanqid qilish” kayfiyatidan qaytarib, natija uchun hamkorlikda harakat qilishga, muammolarni bartaraf etishdan umumiy manfaatdorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ushbu muhim takliflarni barcha partiya fraksiyalari bilan amalga oshirish yoʻllarini muhokama qilishni boshlaymiz.

@alisherQodir
Energoresurslardan xufyona foydalanishni oʻgʻrilikka tenglashtirish va jazosini kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini maʼqullab, senatga yubordik.

Oʻgʻrilikni oʻgʻrilik deb tan olishni boshladikmi, demak oʻzgarayapmiz.

Lekin muhimi hali oldinda: meni hayotimni qanday boʻlishi faqat meni tafakkurim va harakatimga bogʻliq, degan haqiqatni ham tan olishni boshlasak…

@alisherQodir
Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish emas, yangi Konstitutsiya haqida gap ketmoqda. Yangi 27 ta modda va 159 ta norma qoʻshilayapti. Amaldagi Konstitutsiya 65 foizga oʻzgarmoqda.

Birgina modda haqida…

47-moddada, maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir, degan norma kiritildi. Avvalgi Konstitutsiyaviy normada faqat maktab ishlari davlat nazoratida edi.

Bu yosh avlodni 18 yoshgacha, yaʼni bogʻcha va maktab davri davlatning kafolatli nazoratida boʻlishini anglatadi.

Oila, bogʻcha va maktabda tarbiya va taʼlim masalasida qarash va amal uygʻunligi taʼminlansa, aqlli, erkin tafakkurli, oʻziga va atrofiga masʼuliyatli yangi avlodni shakllanishi uzoq kuttirmaydi.

52-moddada oʻqituvchining shaʼni va qadr-qimmatini, ularni ijtimoiy va moddiy farovonligini himoya qilish toʻgʻrisida norma kiritilmoqda.

Bu juda toʻgʻri norma, faqat maqsad va amal uygʻunligiga erishish uchun normani 47-moddaning maqsadiga uygʻunlashtirish, yaʼni “oʻqituvchi” soʻzini “tarbiyachi va oʻqituvchilar” so’ziga oʻzgartirib, gʻamxoʻr munosabatni bogʻcha tarbiyachilariga ham koʻrsatish kerak.

Zamonaviy pedagogik xulosaga koʻra, 7 yoshgacha bola umri davomida ustuvorlik beradigan qarashlarining 65-70 foizini shakllantirib boʻlishini hisobga olsak, bogʻchada yoʻl qoʻyilgan xatolarni maktab tuzata olmasligi mumkin.

Oʻzbekistonni kelajagi soʻzsiz maʼnan barkamol va vatanparvar yoshlarimizga bogʻliq!

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar bir kun emas, har kuni qadrlanishi kerak.

Qadrimiz, qadriyatlarimiz va qadrlilarimizni asrashni o’rganaylik.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Partiyalarni samarali faollashtirish uchun berilgan taklifga Davlat rahbari tomonidan tizimli yechim taklif qilindi.

Nomzodga emas partiyaga ovoz beradigan proporsional shakldagi saylov tizimi sohalardan umidli mutaxassislarni qonun ijodkorligi malakasi, qonun ustuvorligi koʻnikmasi va siyosiy tafakkurini shakllantirib ijro hokimiyatiga oʻtkazib boradi.

Xalq qoʻllab-quvvatlagan partiyaning gʻoyalari bosqichma-bosqich ijroga koʻchadi.

Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni shu vaqtgacha erishilmagan barqaror, samarali va albatta xalqchil boshqaruv tizimini shakllanishiga olib kelishi kerak.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manfaatlarimizning ustuvorligini baland ovozda aytadigan davrlarga ham keldik.

Kim bilan boʻlishidan qatʼiy nazar, davlatlararo munosabatlar doimo teng, oʻzaro manfaatli, xalqlarning qadriyatlari yoki davlatlarning suverenitetiga xavf yaratmasligi kerak.

@alisherQodir
Konstitutsiya va qonunlarni anglash, amal qilish va qabul qilish jarayonida faol bo’lish fuqarolik mas’uliyatimizdir.

O’zgarayotgan O’zbekiston uchun muhim bo’lgan
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining matni bilan meningkonstitutsiyam.uz saytida tanishib chiqing.

Qonun loyihasi "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida ham eʼlon qilindi.

Siz o’zgarmasangiz jamiyat o’zgarmaydi.

@alisherQodir
Yangi Toshkent juda bahavo, ikki daryo oralig’ida barpo etilmoqda. Eng zamonaviy arxitektura, insonparvar va tabiatga do’st infratuzilma…

Qonunchilik palatasi deputatlari bilan, 1 millionlik Yangi Toshkent atrofida barpo etiladigan 420 gektarlik yashil belbog’da kichikkina hissamiz bo’ldi.

@alisherQodir