ALGORITM | Rasmiy kanal
1.45K subscribers
2.9K photos
1.73K videos
147 files
2.19K links
Namangan shahridagi eng yirik AyTi markazi.
• Sun'iy intellekt;
• Veb-dasturlash;
• Kiberxavfsizlik;
• IT KIDS - bolalar uchun dasturlash kurslari
• SMM

📞 +998973701818

@Algoritm_qabulxona

📍Manzil: Namangan sh. A.Xo'jayev. DXA binosi, 2-qavat.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#koinot #pluton

Plutonning uchdan bir qismini suv tashkil qiladi.Lekin suv muz shaklida bo'lib, u Yerning barcha okeanlariga qaraganda 3 baravar ko'p hajmga ega. Qolgan uchdan ikki qismi toshli qatlam hisoblanadi.

🛰 @algoritm_edu
#koinot #pluton

Xaron - mitti sayyora Plutonning tabiiy yo'ldoshi.

2006 yilda XAI (Xalqaro Astronomiya Ittifoqi) Bosh Assamleyasining 5-rezolyutsiyasi loyihasiga ko'ra, Xaronga butun boshli sayyora maqomi berilishi kerak bo'lganini hamma ham bilmaydi. Rezolyutsiya loyihasiga ko'ra, bu holda Pluton-Xaron qo'sh sayyora hisoblanishi ko'rsatilgan. Buning sababi, Pluton-Xaron tizimining massa markazi Plutondan tashqarida joylashganligi va tizimning aylanishi o'zaro sinxronlashtirilganligi sababli, Pluton va Xaronni ikkilik sayyoralar tizimi deb hisoblash kerak edi.

Biroq, xuddi shu assambleyada XAI "Sayyora" va "Mitti sayyora" tushunchalarining ta'rifini kiritdi. Kiritilgan ta'riflarga ko'ra, Pluton mitti sayyora sifatida tasniflanadi va Xaron uning tabiiy yo'ldoshidir. Bu qaror kelajakda qayta ko'rib chiqilishi mumkin.‌‌

🛰 @algoritm_edu
#koinot #pluton

Kichkina Pluton Quyosh tizimidagi eng sovuq mitti sayyora (planetoid) hisoblanadi. Uning yuzasi qalin muz qobig'i bilan qoplangan va unda harorat -223 S gacha pasayadi. Plutondagi muz Yerdagidan butunlay boshqacha tuzilishga ega va yuzasi po'latdan bir necha barobar qattiq.

Ko'pgina Kuiper kamar jismlari singari, Pluton ham asosan tosh va muzdan iborat. Uning massasi Oyning massasidan olti baravar, hajmi esa taxminan uch baravar kam. Plutonning maydoni (17,7 million km2) Rossiya hududidan (17,1 million km2) biroz kattaroqdir.

Ma'lumot siz uchun foydali bo'ldimi?

🛰 @algoritm_edu