#koinot #news
11-dekabr kuni diametri 330 m bo‘lgan asteroid Yerga yaqinlashadi, deb xabar beradi Milliy Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) reaktiv harakat laboratoriyasi.
4660 Nereus nomli samoviy jism Yerga taxminan 4 million km uzoqlikda uchib o'tadi.
NASA tomonidan taqdim etilgan hisobotlarga ko'ra, 4660 Nereus Yer uchun potentsial xavfli ob'ekt hisoblanadi. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, bu asteroid 664 kun ichida Quyosh atrofida to‘ĺiq bir marta aylanib chiqadi.Shu bilan birga shakli tuxumga o‘xshaydi.
Asteroid aniq shakli, o'lchami va Quyosh atrofidagi harakati tufayli kosmik missiya uchun nishon sifatida bir necha bor taklif qilingan.
Avvalroq, avgust oyida potentsial xavfli 2016 AJ193 asteroidi Yerdan 3,4 million km masofada uchib o‘tgan edi. Bu ob'ektning bir necha o'n yilliklardagi eng yaqin yaqinlashuvi bo'ldi.
🛰 @algoritm_edu

#oy #koinot
Oyga jami 12 kishi tashrif buyurgan. Birgalikda ular Oy yuzasida taxminan 80 soat "yurishgan".
Foto: Astronavt Xarrison Shmitt Amerika bayrog‘i yonida, orqa fonda rover bilan suratga tushmoqda.

#koinot #uran
Uran diametri bo'yicha uchinchi va massasi bo'yicha Quyosh tizimida to'rtinchi, Quyoshdan masofa bo'yicha yettinchi sayyoradir. U "muz gigantlari" toifasiga kiradi.
⌛️Uranda bir kun 17 yer soatiga, bir yil esa 84 yer yiliga teng.
Uran atmosferasi asosan vodorod va geliydan iborat bo'lib, metan mavjudligi unga o'ziga xos ko'k-yashil rang beradi.
Olimlarning fikricha, sayyorada hayot bo'lishi mumkin emas: sayyora yuzasida o'rtacha harorat -212 ° C 🥶
Venera singari, Uran ham retrograd aylanishga ega, ya'ni sharqdan g'arbga aylanadi. Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan farqli o'laroq, Uran o'z o'qi atrofida yonboshlab aylanadi. Ushbu anomal egilish sayyoraning shakllanishining dastlabki bosqichida katta samoviy jism bilan to'qnashuvi bilan izohlanadi.
Uranda 13 ta siyrak halqa tizimi mavjud.

#koinot
Parker Solar Probe tezligi va Quyoshga yaqinligi bo‘yicha rekordlarni yangilashda davom etmoqda.
29-noyabr kuni 586 000 km/soat (163 km/s) dan yuqori tezlikda zond yulduzga taxminan 8 500 000 km masofada yaqinlashdi. Bu texnogen kosmik kema uchun rekord ko'rsatkichdir.
Parker Solar Probe quyoshga yaqinlashganda haddan tashqari issiq haroratga duch keladi. U uglerod ko'pikli yadroli noyob issiqlik qalqoni va uni himoya qilish uchun maxsus aks ettiruvchi bo'yoq bilan qoplangan uglerodli kompozit panelga ega.

Merkuriy loyihasi
Merkuriy loyhasi
NASAning 1958-yildan 1963- yilgacha bo'lgan kosmik missiyasi edi. Ushbu besh yil davomida amalga oshirilgan barcha kosmik parvozlarda astronavtlar orbitaga yuborildi va muvaffaqiyatli qaytarildi. Oxirgi parvoz 1963-yilning 15-mayida boʻlib oʻtgan. Unda kosmonavt Gordon Kuper Merkuriy loyihasining eng yosh kosmonavti boʻldi. Uning soʻzlariga koʻra,u Yerga qaytib kelishda u oʻzining kosmik kemasi oldida gʻayrioddiy bir narsani, yashil rangli jismni uchib ketayotganini koʻrgnini aytib o‘tgan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#koinot #yulduz
💥 Betelgeyze yulduzining portlashini Yerdan turib kuzatganda taxminan mana shunday ko'rinadi.
Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu

#koinot #yer
Olimlar dastlabki Yer atmosferasi hozirgi Venera atmosferasiga o'xshash degan xulosaga kelishdi.
Olimlar sayyoramizda 4,5 milliard yil avval mavjud bo'lgan va mantiya tipidagi erigan silikat jinslaridan tashkil topgan magma okeanini modellashtirish jarayonida shunday xulosaga kelishdi.
Ammo Venera sayyorasidan farqli o‘laroq, Yerning massasi, tektonikasi va Quyoshdan uzoqligi suvning sayyora yuzasida uzoqroq vaqt davomida qolishiga imkon berdi. Bu esa pirovardida Yerda hayotning rivojlanishi uchun qulay muhitga olib keldi.
🛰 @algoritm_edu
Olimlar dastlabki Yer atmosferasi hozirgi Venera atmosferasiga o'xshash degan xulosaga kelishdi.
Olimlar sayyoramizda 4,5 milliard yil avval mavjud bo'lgan va mantiya tipidagi erigan silikat jinslaridan tashkil topgan magma okeanini modellashtirish jarayonida shunday xulosaga kelishdi.
Ammo Venera sayyorasidan farqli o‘laroq, Yerning massasi, tektonikasi va Quyoshdan uzoqligi suvning sayyora yuzasida uzoqroq vaqt davomida qolishiga imkon berdi. Bu esa pirovardida Yerda hayotning rivojlanishi uchun qulay muhitga olib keldi.
🛰 @algoritm_edu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#koinot #mars
Marsdagi shamollar tovushi InSight zondi, videotasvirni esa Curiosity roveri tomonidan suratga olingan.

#koinot #texnologiya
NASAning Parker Quyosh zondi Quyoshga minimal dararajada yaqinlashib to'g'ridan-to'g'ri quyosh plazmasi oqimlari oldidan o'tib buni videotasvirga oldi.

#koinot #pluton
Kichkina Pluton Quyosh tizimidagi eng sovuq mitti sayyora (planetoid) hisoblanadi. Uning yuzasi qalin muz qobig'i bilan qoplangan va unda harorat -223 S gacha pasayadi. Plutondagi muz Yerdagidan butunlay boshqacha tuzilishga ega va yuzasi po'latdan bir necha barobar qattiq.
Ko'pgina Kuiper kamar jismlari singari, Pluton ham asosan tosh va muzdan iborat. Uning massasi Oyning massasidan olti baravar, hajmi esa taxminan uch baravar kam. Plutonning maydoni (17,7 million km2) Rossiya hududidan (17,1 million km2) biroz kattaroqdir.
➕Ma'lumot siz uchun foydali bo'ldimi?

#koinot #qiziq
Marsning ikkita tabiiy yo'ldoshi mavjudligi tasodifan ular kashf etilishidan 150 yil oldin bashorat qilingan.
Jonatan Svift o'zining "Gulliverning sayohati" romanida (birinchi nashri 1726- yilda nashr etilgan) sayyoradan 3 va 5 Mars diametrlari masofalarida joylashgan Marsning ikkita tabiiy yo'ldoshini tasvirlaydi va ularning aylanish davri 10 va 21,5 ni tashkil qiladi.
Keyinchalik 1877- yilda astronom Asaf Xoll qizil sayyora yaqinida Fobos va Deymos deb nomlangan ikkita tabiiy yo'ldoshni topdi. Ular sayyora markazidan Mars diametridan 1,4 va 3,5 barobar uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ularning aylanish davrlari 7,6 va 30,3 soatni tashkil qiladi.

#koinot #sayyoralar
Quyosh sistemasi sayyoralarining aylanish tezligi va aylanish o‘qi burchagi